Mеtodik printsiplarga umumiy xaraktеristika




Download 29.05 Kb.
bet2/6
Sana29.10.2022
Hajmi29.05 Kb.
#28498
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MUNTAZAMLIK PRINSIPI
O\'ZBEKISTONNING O\'ZIGA XOS ISTIQLOL TARAQQIYOT YO\'LI, amaliy
Mеtodik printsiplarga umumiy xaraktеristika.

Jismoniy madaniyat nazariyasi va amaliyotida prinsiplarning xilma-xil guruxlari mavjud. Jismoniy madaniyat tizimining umumiy va metodik prinsiplari, jismoniy madaniyatning ayrim ko`rinishlari xususiyat larini ifodalovchi (masalan, sport trenirovkasi, kosmonavtlar, ut uchi ruvchilar trenirovkasi va xokazo) prinsiplari mavjud. Ular bir-biri bilan o`zviy bog`liq bo`lib, prinsiplarning yagona tizimini tashqil eta di. Eng avvalo, biz jismoniy madaniyat nazariyasining umumiy prinsiplari bilan tanishib chiqaylik. Ular kuyidagilardan iborat: a) jismoniy madaniyatning mehnat va harbiy amaliyot bilan bog`liqligi; b) shaxsni har tomonlama rivojlantirish; v) jismoniy madaniyatning sog`lomlashtirishga yunaltirish prinsipi.
Jismoniy madaniyat jarayonida nazariy prinsiplar, bir tomondan, nizom vazifasini utasa, ikkinchi tomondan, jismoniy madaniyat jarayonida o`qituvchini nazariy va metodik jixatdan ma`lum ramka(kolip)ga, yunalishga soladi. Pedagogik jarayon va amaliy faoliyatda prinsip majburiyat, qonun tarzida ahamiyat kasb etishi mumkin. Ayrim holatlarda: prinsipga jismoniy madaniyatdagi ma`lum bilimlarning bir kiyem i, yoki faoliyatga yurikch i(ko`rsatma beruvchi), yokiturli xil alohida vazifani bajarish uchun umumiy asos deb qaraymiz.
1.Jismoniy madaniyatning mehnat va harbiy amaliyot bilan bog`liqligi prinsipi.
Bu prinsip kishilarni harakat faoliyatiga yoki mehnatga tayyorlashda jismoniy madaniyat jarayoning asosiy sotsial qonuniyatini va uning xizmat funksiyasini ifodalaydi. Barcha tizimlarda bu qonuniyat o`zining maxsus ifodasini topadi. Ayrim olimlar guruxi jismoniy madaniyat va sport nish xizmat funksiyasiga hozirgi davr turmushidagi hayotidagi zichlikni, taranglikni yumshatishdan iborat deb qaraydilar. Ular hozirgi zamon ishlab chiqarishi mexanikasi, avtomatikasi, industriyasi vujudga keltirgan psixik va jismoniy muvozanatni saqlash uchun sportni asosiy vosita qilib olmoqchilar.
To`g`ri, velosipedda yurish malakasi, granata uloktirish va boshqalar aynan amaliy hayotiy ahamiyatga ega. Lekin bu bilan jismoniy madaniyatning hayotiy zaruriyati xali aytarli cheklanmaydi. Agar cheklansa, biz futbol va boshqa sport uyinlari, gimnastika, shtanga bilan bajariladigan jismoniy madaniyat jarayonidagi eng muhim mashqlar, asosiy omillar, hayotiy ahamiyatga ega emas, degan xulosaga kelishimiz mumkin. Asli da esa bizning jismoniy madaniyat tizimimiz bu mashqlarni "hayot uchun zarur" deb o`zining pedagogik jarayoni tarkibidan chiqarmaydi. Tushunar liki, futbolchi mexnatda yoki mudofaa sharoitnda kuchini tejab sarflab, tupni aniq nishonga urishiga extiyoj yo`q. Mehnatda yoki muofaada undan fonda yo`q. Birok futbol uyini mashg`ulotlarida egallangan chaqqonlik, chidamlilik, tezkor lik, qisqa vaqt ichida xal qiluvchi karor kabul qila olish, dadil aniq bajariladigan harakat sifatlarini rivojlantirishga erishish hayotiy zaruriyatdir.
Jismoniy madaniyatning maqsadi mehnatga va mudofaaga to`g`ridan-to`g`ri yunaltirilsagina, unda madaniyat orqali egallangan malaka va kunikmalar zaxirasi ko`p bo`lsa, kishi notanish sharoitga - ishlab chiqarish dami, armiyadami qisqa vaqt ichida tez moslashadi va lozim bo`lgan mehnat fao liyati harakat texnikasini tez egallaydi.
Ma`lumki, chaqqon, kuchli, chidamli, tezkor va egiluvchan kishi yangi harakat malakasini egallashda qiyinchilikka nisbatan kam uchramaydi. Amalda sog`lom bo`lsa-da, harakat zaxirasi kam bo`lsa, u kishi lozim bo`lgan harakat texnikasini sekin uelashtiradi.
Gimnastika mashqlari hayotiymi? Albatta! Oddiy misol: ish bosh lanishidan oldingi bajariladigan gimnastika tolikishning, charchash ning oldini oladi, organizmning yuqori ish qobiliyatini taminlaydi. So`zish muvozanat saqlash aparati (miyacha) funksiyasini yaxshilaydi gan eng yaxshi vosita deb isbotlangan. Gimnastika jixozi - "Kon"dagi xil ma-xil mashqlar vaznsizlik sharoitida, parashyut bilan sakrash, suvosti ishlariga oson moslashtiradi. Tashki ko`rinishidan bu mashqlar hayotiy-amaliy emasdek tuyulsa-da, aslida... . Yana misol, ma`lumki, samolyot va kosmik kemaning uchish tezligi juda yuqoridir. Ularning boshqaruvchila ri organizmida kutilmaganda xilma-xil o`zgarishlar ruy beradi – ma`lum vaqt ichida miyaga birdaniga kon bormay koladi yoki oz boradi. Sababi bo simning yuqori yoki kamligi, tezlikning uta yuqoriligidir.
Bu ta`sirdan tez kutulishni esa yaxshi rivojlangan tana muskullarigina uddalaydi, tana muskullari esa jismoniy mashqlar bilan shug`ullanish orqali rivojlantiriladi. Demak, jismoniy madaniyat hayotiy va zaruriy. Vaznsizlik gavdani boshqarishni talab qiladi. Batuta, Loping va boshqalar dat mashqlar kosmonavtlar trenirovka mashg`ulotlarining asosini tash kil qiladi.
Ulug Vatan urushi va hozirgi zamon harbiy o`quv mashg`ulotlari tajribasi, maksimal avtomatlashgan harbiy texnika, tez manyovr qilish uchun soldat va ofitserda yuqori jismoniy tayyorgarlikka ega bo`lish talabini ilgari surmoqda. Bunga esa harbiy hayotda jismoniy mashqlar bilan sistemali shug`ullanish, mashq qilish orqaligina erishish mumkinligiga amalda guvoxmiz.
Yuqori darajada uyushtirilgan ishlab chiqarish mehnati fabrika ishchisidan bir tomonlama rivojlanishni emas, undan universallikni talab qiladi. U o`z navbatida yuqori darajadagi jismoniy tayyorgarlik sifatlari yoki ko`rsatkichlariga ega bo`lishlikni taqazo etadi. Shuning uchun ham mehnatni uyushtirishning yuqori darajasi tako millashgan mehnat ishlab chiqarishi "har tomonlama rivojlangan shaxs madaniyatsi" muammosining paydo bo`lishiga olib kelishi tabiiydir.
2. Shaxsni har tomonlama rivojlantirish prinsipi.
Ma`lumki, mavjud jamiyatda yashaydigan har bir shaxs har tomonlama rivojlangan bo`lishi lozim, afsuski, kishilar o`zida ruxiy, ma`naviy va jismoniy sifatlarni mujassamlashtirgan xolda tugilmaydilar.
Bu sifatlarni kamol topishi, usha ijtimoiy sharoitga va mavjud madaniyat tizimiga bog`liq. Jismoniy madaniyat esa madaniyatning boshqa tomonlari ichida muhimlaridan biridir. Ijtimoiy muhit har tomonlama garmonik rivojlanishni, inson or ganlari va sistemalarining biologik rivojini har doim va har yerda ichki talab tarzida ifodalaydi.
Shuning uchun ham inson madaniyatsida qo`llaniladigan har qanday tar biyaning turli shakllari jismoniy madaniyat jarayoni bilan ilojsiz boglangandir. Busiz har tomonlama garmonik madaniyat amalga oshmaydi. Jismoniy madaniyatning boshqa madaniyat turlari bilan bog`liqligini dialek tik materialistik falsafa va tabiiy - ilmiy fanlarning ochiq munozara si fandagi usha eski baxsni hozir ham davom ettirishga urinuvchilar mavjud bo`lib, odam tanasining tashqi ko`rinishi va uning funksiyasiga tashqi ta`sir bilan o`zgartirish kiritish mumkin emas deb, madaniyatning rolini inkor etadilar.
Jismoniy madaniyat jarayoni qonuniyatlaridagina har tomonlama jis monan garmonik rivojlanishini yulga kuya olishni mumkunligi ilmiy asoslangan. Kishining ruxiy, ma`naviy qobiliyatini usishga eng avval usha ijti moiy sharoit, so`ngra esa insonni o`zning muhitni o`zgartirish yoki uni o`z gartirish uchun olib borilgan faoliyati rol uynashligini I.M. Sechenov va I.P. Pavlovlarnig tabiiy fanlardagi dunyoqarashi allaqachon lar ilmiy va amaliy isbotlangan. Inson organizmining tashqi muhit bilan aloqasida shartli reflekslarning moxiyati katta ekanligini, jismoniy ham psixik faoliyat, bosh miya pustlok qismiida sodir bo`ladi gan vaqtli aloqa orqali sodir bo`lishligining amaliy shoxidimiz. Ular ta`lim va madaniyat jarayonini kishilarda qator "uzun shartli reflekslarni xosil qilish" deb tushuntirdilar.
Jamiyat talabiga muvofiq ravishda, shartli refleks aloqalarini yaratish shaxsnig faqat ma`naviy shakllanishigagina emas, balki jismoniy jixatdan fiziologik poydevor bo`lishi mumkin ekanligini isbotladilar.
Shaxsni har tomonlama rivojlantirish prinsipining asosiy talablari:
1.Madaniyatning barcha tomonlarini bir butunligiga erishish. Jismoniy madaniyat orqali erishilgan yuqori natijaning o`zi shaxsni har tomonlama rivojlanagnligini belgilaydi, deb bo`lmaydi. Jismoniy sifatlarga qo`shib aqliy, axloqiy, ruxiy, etetik, va ma`naviy sifatlar ham qo`shib madaniyatlansin. Shaxs ushandagina mehnat va Vatan ximoyasiga tayyor
bo`ladi. Bunga rioya qilinganda, bizning jismoniy madaniyatchi larimiz xal qiluvchi vaqtda, mehnat vaxtasidami, mudofadami, qonuniy demoqratik davlatni barpo etishdek sharafli ishlarda oldinda bo`ladilar.
2.Keng va umumiy jismoniy tayyorgarlikka egabo`lish. Jamiyat a`zolarining barcha ishlari aniq ma`nodagi mutaxas sislikka yunaltirilgan xolda bo`ladi. Bunga ayniqsa mehnat va harbiy faoliyat davomida duch kelamiz. U yoki bu faoliyatdagi yutuk jismoniy tayyorgarlikka bog`liq. Armiya safida yoki mehnat frontida umumjismoniy tayyorgarligi suyet bo`lganlar hayotda qator qiyinchiliklarga duch keladilar. Jismoniy sifatlar insonda qanchalik yaxshi rivojlangan, hayot uchun keraqli zarur bo`lgan harakat va mehnat malakalari yetarli bo`lsa, boshqa faoliyatni oson va tez o`zlashtiradi. Jismoniy tayyorgarlikni yulga quyish uchun olib borilgan rejali faoliyat har tomoilama garmonik rivojlantirishning omilidir.
3. Jismoniy madaniyatning sogomlaip nripi a yunaltirish prinsipi
Jismoniy madaniyatning sog`lomlashtirishga yunaltirilganligi prinsipi shug`ullanuvchilarning jismoniy mashqlar bilan mashgul bo`lishida ularni sogligiga javob berish ma`suliyatini e`tiborga olishni takazo etadi. Jismoniy madaniyat tashqilotchilari, trenerlar, davlat, xalk oldida shug`ullanuvchilarning sogligiga javob beribgina qolmay, uni mus taxkamlashga ham javob beradilar.
Vrach va pedagog nazorati ostida jismoniy mashqlardan to`g`ri foydalanilsagina, u ijobiy effekt beradi. Noto`g`ri foydalanish esa sogligiga salbiy ta`sir etishi mumkin. shuiing uchun biologik xususiyatlari - yoshi, jinsi, sogligini xisobga olish, sistemali vrach va pedagogik nazorat madaniyat jarayonida yetakchi omildir. Amalda rejasiz ishlash uta salbiy okibatlarga olib keladi. Tanlangan uslublar, mashqlarning me`yori, bajarish intensivlngi, yo`qlamainng umumiy mikdorini tanlashdagi pedagogning arzimas xatosi shugul lanuvchi uchun uta kimmatga tushishi mumkin.
Jismoniy madaniyatni sog`lomlashtirish bilan boglab olib borish prinsipi vrach, pedagog va shug`ullanuvchining kunlik muntazam muloko tini talab qiladi. Jismoniy madaniyat prinsiplari bir-biri bilan o`zaro o`zviy bog`liq likni takazo etadi. Shundagina ular ahamiyatini saqlab koladi.
Jismoniy madaniyatning mehnat va harbiy amaliyot bilan bog`liqligi uning yetakchi prinsipidir. Shu prinsipgina mamlakatimizda jismoniy madaniyatning asosiy qonuniyatini ifodalaydi, Uning ahamiyati jamiyatimiz a`zolarini ijodiy mehnatga va Vatan mudofaasiga tayyorlashdir. Faqat shunday yul bilangina aqliy, axloqiy, ruxiy, estetik va mex nat madaniyatsini jismoniy madaniyat jarayonida yulga quyish mumkin.
Shaxsni har tomonlama rivojlantirish prinsipi ijtimoiy hayotga - ishlab chiqarish va harbiy ishini amalga oshiradigan har tomonlama rivojlangan shaxsga talabni oshiradi. Bunday har tomonlama jismoniy, ma`naviy rivojlanganlarni madaniyatlash mamlakat iktisodiyoti va mudofaasini ta`minlashda muhim rol uynaydi.
Bobokalonimiz Abu Ali Ibn Sino "Jismoniy mashqlar haqida kis kacha so`z"ida salomatlikni saqlash rejimining asosiy omillaridan biri jismoniy mashqlar bilan shug`ullanish ekanligini ta`kidlaydi. Ovkatlanish, uyku, dam olish rejimining kun tartibida sistemali jismoniy mashqlar bilan shug`ullanish mashg`ulotlardan keyingi uringa kuyadi. Maromli, meyorida erkin harakatlar qilish - ya`ni jismoniy mashqlar bilan shug`ullanish kasallikni yo`qotish uchun xech qanday davolanishga zaruriyatning vujudga keltirmasligini aytib utadi. Erkin, me`yoridagi maromli harakat o`zluksiz chukur nafas olishni yulga kuyadi. Bu degani, organizm muskullari va tukimalariga yetarli darajada ta`minlaydi. Mashq qilgan, mashq kurgan organizm o`zidagi "ortik"chaning vujudga kelishi , uning chiqarib tashlanishiga ortikcha energiya sarflamaydi.
Ta`lim jarayonida mashq qilishning me`yorini topish va uning salo matlik uchun ta`sirini aniqlay olish, madaniyat jarayonining muhim kur satmasiga, kerak bo`lsa, nizomiga aylanishi lozim. Jismoniy madaniyatning yuqorida qayd qilingan prinsiplari qatori sog`lomlashtirishga yunal tirishning amaliy samarasi kattadir.
Shuning uchun jismoniy madaniyat tizimining umumiy prinsiplariga rioya qilish jismoniy madaniyatni amalga oshirayotgan mutaxassisdan shugul lanuvchilar sogligini e`tiborga olishni muhim ahamiyati borligini takidlaydi.
Bundan kelib chiqadiki, pedagok jarayon davomida uchala prinsipga o`z vaqtida rioya qilinsa, qo`yilgan talablari mukammal bajarilsa, jismoniy madaniyat jarayonining samaradorligi ortadi.
Albatta aldamchilar ham bo’ladi, ularni qiziqtirish kеrak, to’garaklarga jalb qilish, ota-onalari bilan suqbat o’tkazish, vazifalar bеrish (mashqulot joyini tayyorlash, sport buyumlarini tarqatish) maqsadga muvofiqdir. O’quvchilar ko’proq sport formasi yo’qlikdan uyaladi. Shu boisdan mashqlarni bajarishda ham uyalib bajaradi. Bu albatta bajarish tеxnik darajasi pastligidir.


Download 29.05 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 29.05 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mеtodik printsiplarga umumiy xaraktеristika

Download 29.05 Kb.