Fotoelektrik tizimlar uchun invertorlar




Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/33
Sana27.10.2022
Hajmi1.63 Mb.
#28304
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   33
Bog'liq
Muqobil energiya manbalari
Matematik analiz, Mavzu Tarmoqlararo ekran texnologiyalari Reja (1), KONDENSATORLAR SIG, Datchiklar va ularning asosiy xarakteristikalari, 1-Lab, Тезлик датчиклари, Mavzu № faoliyat xavfsizligini ta’minlashning ergonomika va psi, 2 5202069160623873264, Namuna referat, ПИИ Узбекистан показатели, Перспективы развития и пути совершенствования контейнерных перевозок, Презентация к теме, dffdffddfdffd, sddddww3333222
Fotoelektrik tizimlar uchun invertorlar 
 
Invertorlar AB da doimiy tokni o‗zgaruvchan tokka o‗zgartirish yoki 
quyosh panellarida doimiy tokni markaziy elektr ta‘minoti tarmoqlaridagi 
anolog tok kabi o‗zgartiradi. 
Tarmoq bilan bog‗langan tizimlarda invertorlar (tarmoq invertorlari) 
quyosh panellaridan energiyani qabul qilib ularni o‗zgaruvchan tokka 
aylantiradi, so‗ngra tarmoqqa ham uzatadi.
Ko‗pchilik quyosh panellari doimiy tok ishlab chiqaradi. 
Integratsiyalashgan invertorlar bilan qo‗llaniladigan panellar ham bo‗lib 
ular mikroinvertorli AS panellar deb nomlanadi (8- rasm).


19 
8-rasm. Quyosh panelining orqasida joylashgan mikroinvertor 
Ularning afzalliklari shundaki, oson sozlash, bunday panellarni 
fotoelektrik tizimga oson qo‗shish yo‗li bilan masshtabini kengaytirish 
imkoniyatidir. Bunday invertorlar faqat tarmoq bilan bog‗langan 
tizimlarda ishlatiladi. 
Avtonom tizimlarda standart maishiy qurilmalarni 220 V o‗zgaruvchan 
kuchlanish bilan ta‘minlash uchun AB yoki quyosh panellaridagi tokni 
o‗zgartirish lozim bo‗ladi. 
Shuningdek, rezerv tizimlarda ham ushbu muammo – AB dagi doimiy 
tokni o‗zgartirish va odatiy jihozlarni ta‘minlash. Ko‗pgina invertorlar 
mavjud bo‗lib, ular quvvati va turlari bilan farqlanadi. Ulardan ba‘zilari – 
yuqori samaradorilkka ega. Agar invertor ko‗p hollarda yuklamasiz bo‗lsa, 
kutish rejimida iste‘mol qilinadigan kichik quvvatni berish kerak. Agar u 
ko‗p hollarda yuklamani ta‘minlaydigan bo‗lsa, unda maksimal FIK ga 
ega invertor tanlash kerak bo‗ladi.
Quyosh paneli doimiy tok ishlab chiqaradi, AB esa doimiy tok 
ko‗rinishida energiyani saqlaydi, lekin ko‗pchilik jihozlar 220 V yoki 380 
V o‗zgaruvchan tok kuchlanishini talab qiladi. Invertor domiy tokdagi 
kichik kuchlanishlar 12, 24, 32, 36, 48, 96, 120 V ni yuqori kuchlanish 
220 V ga o‗zgartirib beradi. O‗zgartirish vaqtida energiyaning bir qismi 
yo‗qoladi, ya‘ni 5% dan – 20 % gacha, bu esa uning ish rejimi vaqtida 
sifatining darajasiga bog‗liq bo‗ladi. 
Invertorlar har xil quvvatda bo‗lib ularning turi qo‗llash holatiga qarab 
tanlanadi. Kichik avtonom tizimlarda kamquvvatli invertorlar (100-
1000Vt) televizor, radio, lampochkalar va boshqa jihozlarni ta‘minlash 


20 
uchun foydalaniladi. Bu invertorlarda kirish kuchlanishi 12 V yoki 24 V 
chiqish kuchlanishi esa 220 V bo‗ladi. Katta quvvatli invertorlarda kirish 
kuchlanishi 24 V, 48 V yoki 96 V yoki yuqori bo‗lishi mumkin. Arzon 
iinvertorlar generatsiya vaqtida energiyani bosqichli yoki to‗g‗ri 
to‗rtburchakli shaklda yoki umumiy nom bilan kvazisinusoidal yoki 
modifikatsiyalashgan 
sinusoida 
signal 
shaklida 
o‗zgartiradi. 
Kuchlanishning bunday shakli har doim ham hamma jihozlarga to‗g‗ri 
kelmaydi. Sof sinusoidal invertorlar tarmoqdagi kabi sifatli tok kabi 
istalgan yuklamani muammosiz ta‘minlay oladi. 

Download 1.63 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   33




Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fotoelektrik tizimlar uchun invertorlar

Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish