30
mo‗ljallangan quyosh batareyalarini 36 ta ketma-ket yoki 72
ta aralash
holda ulangan QE hosil qiladi.
2-rasm. Standart 36 ta QE dan tashkil topgan quyosh batareyasi
Parallel va ketma – ket ulash natijasida fotoelektrik plastina (yacheyka)
tezda birlashadi va chiqish quvvati sezilarli darajada oshadi (2-rasm). Agar
bir qancha fotoelement (yoki bir qancha quyosh elementlari parallel)
ulansa ularda chiqish kuchlanishi o‗zgarmaydi, aksincha tok kuchi ortadi.
Yaxlit panelda quyosh batareyasining quvvati 400 Vt gacha bo‗lishi
mumkin.
Quyosh fotoelektrik batareyasining pik quvvati quyidagi ifodadan
topiladi.
Quyosh
elementi
va
quyosh
batareyasining
foydali
ish
koeffitsiyentini (F.I.K.) aniqlash uchun tushayotgan optik nurlanish
energiyasining miqdorini va element yoki batareya ishlab chiqargan elektr
energiyasining miqdorini bilish zarur. F.I.K.ni aniqlash uchun quyida
keltirilgan masalalarni yechish kerak bo‗ladi.
1. Quyosh nurlanishi atmosfera holatiga va uning vaqt davomida tez
o‗zgarishiga
olib kelganligi uchun, uning spektral tarkibini va quvvatini
aniq o‗lchash kerak .
2. Birinchi punktni hisobga olgan holda aniq quyosh xarakteristikasini
qaytara oladigan imitatorlar (quyoshdan tarqalayotgan optik nurlariga
o‗xshash nurlar paydo qila oladigan qurilmalar) yasash ilmiy-texnik
muammo bo‗lib, haligacha to‗liq yechilmagan.
31
3. Imitatorlarda taqqoslash uchun ishlatiladigan
parametrlari vaqt
davomida stabil o‗zgarmaydigan kerakli spektral sezgirlikka va
diapazonga ega bo‗lgan QE ishlab chiqish uchun materialning optik va
elektrofizik xususiyatlarini hisobga olgan holda tanlash lozim.
4. Quyosh elementlari va batareyalarining elektrik parametrlarini
o‗lchash davomida o‗lchov asboblarining ketma-ketlik qarshiligining
ta‘sirini hisobga olish zarur.
QE yoki quyosh batareyasining ishlab chiqarayotgan
nominal quvvati
P
n.
= U
n.
I
n.
hisoblash mumkin, F.I.K.ni η = I
n.
U
n.
100%/E
tush.
S
formuladan aniqlash mumkin (S-QE yuzasi, sm
2
larda olinadi).
3-rasm. Quyosh elementlarini parallel ulash uchun tajriba stendi
Dastlab tajriba stendi quyosh nurlari bilan yoki sun‘iy quyosh
imitatorida yoritiladi. Bitta quyosh elementi tanlab olinib uning
parametrlari (salt yurish kuchlanishi U
c.yu,
, qisqa tutashuv toki I
q.t
, pik
quvvati P
pik.
), yoritilganlik – lyuksmetr yordamida aniqlanadi.
Tajriba
tabiiy ochiq havoda olib borilsa quyosh nurlanishi oqim zichligini
aktinometr yoki etalon quyosh elementlari yordamida aniqlash mumkin.
Masalan: 22 V salt yurish kuchlanishi va 8 A qisqa tutashuv tokiga ega
quyosh batareyalaridan 4 tasi parallel ulansa, 22 V kuchlanish o‗zgarishsiz
qoladi, tok kuchi esa 32 A ni tashkil etadi. Fotoelektrik qurilmaning
bo‗tlovchi jihozlari sifatida 40A, 24 V parametrlarga ega zaryad-razryad
kontrolleri, 12 V, 200 Asoat elektr sig‗imga ega akkumulyator tanlanadi.
Agar bir qancha fotoelement parallel ulansa butun yig‗ilgan zanjirda
chiqish tok kuchi kattalashadi. Agar bitta plastinadagi tok kuchi maksimal
kiymatga ega bo‗lsa, butun zanjirdagi tok kuchiga ekvivalent bo‗ladi yoki
plastinalarda kombinatsiya bo‗lib aylanadi.
Haqiqatan ham, shunday
32
ko‗rinishda quyosh batareyalaridan quvvat olinadi, moduldagi quvvat
miqdori yo‗qotilganda quvvat summasi ham kamroq bo‗ladi. Bir xil
tipdagi modullarni boshqa turdagi modullar bilan xarakterlaymiz. Shuning
uchun quyosh batareyalarida modullarni sinchiklab tanlash muhim, negaki
parametrlari past modul quvvat yo‗qolishini kamaytirishga olib keladi.
Parallel yig‗ishda barcha elementlar parallel yig‗iladi, bir xil tipdagi yo‗l
hosil qiladi.
4-rasm.Quyosh elementlarini parallel yig‗ish