QUYOSH KOLLEKTORLARINING TARIXI




Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/33
Sana27.10.2022
Hajmi1.63 Mb.
#28304
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
Muqobil energiya manbalari
Matematik analiz, Mavzu Tarmoqlararo ekran texnologiyalari Reja (1), KONDENSATORLAR SIG, Datchiklar va ularning asosiy xarakteristikalari, 1-Lab, Тезлик датчиклари, Mavzu № faoliyat xavfsizligini ta’minlashning ergonomika va psi, 2 5202069160623873264, Namuna referat, ПИИ Узбекистан показатели, Перспективы развития и пути совершенствования контейнерных перевозок, Презентация к теме, dffdffddfdffd, sddddww3333222
QUYOSH KOLLEKTORLARINING TARIXI 
Quyosh kollektorlarining texnologiyasi o‗ta yangi deb bo‗lmaydi. 
Quyosh kollektorining birinchi modeli shishadan, yog‗och korobkadan va 
ichki qizuvchi qatlamdan yaratilganligi shvetsariyalik olim Goratsiy 
Sossyur tomonidan 18 asrda yaratilgan. Olim shu vaqtda bu 
konstruksiyaning ―kichik, arzon va oddiy‖ ekanligini ta‘kidlab o‗tgan. 
Amaliyotda birinchi bo‗lib bunday qurilmadan suv isitish uchun 19 asr 
oxirida Janubiy Kaliforniyada foydalanishni boshlashdi. Har xil firmalar 
yog‗och qutiga o‗rnatilgan, suv uchun qora bak ko‗rinishidagi va bir 
tomoni shisha bilan qoplanib quyoshga orientir qilingan sodda quyosh 
kollektorlarini ishlab chiqarishni boshlashdi. Bu holatda suv tun davomida 


53 
sovib qolib, ertangi kunda qizishini kutishga to‗g‗ri kelardi. 1909 yilda 
Kaliforniyada Vilyam Beyl suv uchun bakdan alohida o‗rnatilgan va 
issiqlikni issiqlik almashinuvchi kontur orqali uzatadigan zamonaviy yassi 
kollektorning prototopini yaratdi. Quyosh kollektorlarining industriyasi 
asosan AQSH ning Kaliforniya, Florida shtatlarida 1940 yillarning 
oxirigacha rivojlandi, so‗ngra suv isitishda elektr va gaz narxi kamaydi, 
shu sababli quyosh kollektorlarini ishlab chiqarish to‗xtadi. Quyosh 
kollektorlarining ikkinchi istiqboli 1970 yillarda neft krizisi vaqtida 
narxlar juda yuqoriga ko‗tarildi. Natijada ko‗pgina davlatlarda quyosh 
kollektorlarini massoviy ishlab chiqarish boshlanib, bu ayniqsa AQSH
Yaponiya, Avstraliya va O‗rta Yer dengizi hududlarida davom etdi.
Izroilda 1950 yillardan boshlab energiya tanqisligi sezila boshladi. 
Energiya tanqisligi shundan iborat ediki, kechqurungi, tungi vaqtlarda suv 
isitishga Izroil qonunchiligi tomonidan ta‘qiq bor edi. Bunday vaqtda 
mamlakatda suv isitish quyosh tizimlarini ishlab chiqarish rivojlandi. 1967 
yilga kelib mamlakatning 20% aholisi quyosh kollektorlaridan 
foydalanishga o‗tdi. 1970 yillarda energetika krizisi vaqtida parlament 
qonun chiqardiki, yangi qurilayotgan uylar suv isitish quyosh tizimlari 
bilan ta‘minlanishi zarur. Hozirgi vaqtga kelib natijada Izroilda 85% ga 
yaqin uylarda quyosh kollektorlari xizmat qiladi. Ular tomonidan ishlab 
chiqarilgan energiya mamlakat energiya iste‘molining 3% ni tashkil etadi 
va yiliga 2 mln. barrel neftni tejaydi. 
2000 yillarda energiya resurslarining narxi ko‗tarilishi bilan ishlab 
chiqarishda yangi bosqich boshlandi va quyosh kollektorlaridan 
foydalanish kengaydi. 2010 yil boshlarida sayyoramizda o‗rnatilgan 
quyosh kollektorlarining quvvati 150 GVt ortib ketdi (havo kollektorlari 
va basseynlarni isituvchi quyosh tizimlaridan tashqari). 

Download 1.63 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish