• XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI KIRISH M av z un i ng d ol z ar b
  • Musiqa darslari, musiqa savodxonligi jarayonida bastakorlar va xalq hofizlari ijodiyotini o’rganish metodlari




    Download 0.67 Mb.
    bet1/26
    Sana19.12.2022
    Hajmi0.67 Mb.
    #36043
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
    Bog'liq
    Musiqa darslari, musiqa savodxonligi jarayonida bastakorlar va x
    Oltinoy ochiq dars, Mavzu Axborotni fan uchun ahamiyati, xususiyatlarini tushuntiri, 8 (32).2023 Irrigatsiya va Meloratsiya, “Qutadg’u bilig” asari tahlili

    Mavzu: “MUSIQA DARSLARI, MUSIQA SAVODXONLIGI JARAYONIDA BASTAKORLAR VA XALQ HOFIZLARI IJODIYOTINI O’RGANISH METODLARI ”


    R E J A
    KIRISH
    I.BOB.

      1. Musiqa madaniyati darslari jarayonida musiqa savodini o‘rganish yo‘llari.

      2. Musiqa savodini o‘rgatishda interfaol usullar orqali mashg‘ulotlarni tashkil qilish texnologiyasi

      3. Musiqa madaniyati darslarida faoliyatlar ketma-ketligiga amal qilish uslublari.

    II.BOB.

      1. O‘zbek musiqa ijodkorligida bastakorlik uslubining shakllanishi.

      2. O‘zbek kompozitorlarining hayoti va ijodi taraqqiyoti va tarixi.

      3. Musiqa madaniyati darslarida o‘zbek bastakorlari va xalq hofizlari ijodini o‘rganish va tajriba – sinov ishlari

    XULOSA
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

    KIRISH




    Mavzuning dolzarbligi. Muxtaram yurtboshimiz o‘zining ―Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oily saodatdir‖ nomli asarida … Maqsadimiz bolalarimiz jahon san‘t olamiga chuqurroq kelib borsin, uning sir-asrorini, buyuk musiqa ijodkorlarining o‘lmas merosini – bu Betxoven bo‘ladimi, Shopen bo‘ladimi, Motsar bo‘ladimi, har tomonlama anglab yetsin, yuksak madaniyatli insonlar bo‘lib kamol topsin‖ deya bejiz ta‘kidlamaganlar.
    Prezidentimizning bu so‘zlari yosh avlodni mukammal tarbiyalashda, uning ongini va bilimini mustahkamlashda, dunyoqarashini kengaytirishda, kundalik rivoj topishida alohida o‘rinni egallaydi. O‘quvchilarga saboq berish bilan bir qatorda uning madaniy yuksalishiga, san‘at va adabiyotning chambarchast bog‘liqligi vositalari bilan tarbiyalashda, shu bilan bir qatorda san‘atning turli yo‘nalishlari, badiiy adabiyot, musiqa, tasviriy san‘at, televediniya, radio, teatr, kin ova boshqa xalqdagi madaniy yo‘llardagi tarbiya sohalaridan foydalanish lozimdir.
    Respublikamizda ―Ta‘lim haqida‖ qabul qilingan qonun va ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ to‘g‘risidagi chiqarilgan qarorlari zamon talab qilayotgan tub o‘rganishlar bo‘lib jamiyatimiz kelajagi va maqsadlariga javob beradigan davlat hujjatlari hisoblanadi. Shuning uchun, yosh avlodni tarbiyalashda belgilanayotgan islohatlarni hayotga tadbiq qilishda bosqichma-bosqich o‘tkazish nazarda tutilgan.
    Milliy dasturni amalgam oshirishni ma‘nosi, yangi talablarga javob bera oladigan tarbiyachilarni tayyorlash, o‘quv standartlarini yaratish va yangi o‘quv dasturlarida ishlash, umum ta‘lim maktablarini tuzilish jihatidan qayta qurish, uch yillik ta‘lim (o‘rta maxsus kasb-hunar bilim yurtlari, karb kolleji va akademik litsey) tizimiga o‘tish, uzluksiz ta‘lim-tarbiya tizimiga asos soladigan tadbirlarni amalgam oshirish, ishtimoiy himoyani kafolatlash kabi masalalarni hal etish muammolari ko‘zda tutilgan.
    Yuqoridagi muammolarni ko‘zda tutgan holda bitiruv malakaviy ishning mavzusi bo‘lmish ―O‘zbek kompozitorlarining xor asarlarida vatanparvarlik mavzulari‖ hozirgi davrda dolzarb muammolar turkumiga kirib, yosh avlodni har tomonlama yuksalgan shaxs bo‘lib yetishiga ma‘lum darajada foydali deb hisoblanadi.
    O‘zbek musiqa san‘ati asrlar osha o‘zbek xalqi tomonidan ulug‘ ma‘naviy qadriyat sifatida ardoqlab kelingan. U yillar osha og‘zaki uslubda shakllanib, rivojlanib kelgan; xalq orasidan ajoyib bastakorlar, ijrochilar yetishib chiqqan. O‘zbek musiqa ijodkorligi asosan bastakorlik uslubida shakllanib kelgan. Hozirgi davrga kelib esa o‘zbek musiqa san‘atida Yevropa musiqa nazariyasiga asoslangan kompozitorlik uslubi ham keng rivojlandi va bu uslubda o‘zbek kompozitor - bastakorlari ham ko‘plab musiqa durdonalarini yaratmokdalar. Kompozitorlarning asosiy ijod manbai bu xalq musiqasidir. O‘zbek bastakor va kompozitorlari ana shu cheksiz manbadan foydalanib musiqa san‘atining turli janrlarida ijod qilmoqdalar.
    Umumta‘lim maktablarda musiqa darslari - bu o‘quvchilarning dunyoqarashi, yoki haqiqiy insonning shaxsiy mukammallashidir. Ko‘zga ko‘ringan pedagog V.A.Suxomilinskiy o‘zining ―Insonni qanday tarbiyalash kerak‖ nomli kitobida shunday degan edi. Men shunday tushunamankim, maktab shu vaqtda maktab bo‘ladi kim, unda asosiy maqsadodamiygarchilik bo‘lsa va har bir kichik odam uylanishi kerak, men kim man? Bu dunyoda men nima uchun yashamoqchiman?‖
    Baxtli insonlar dunyoda sodir bo‘layotgan har bir voqealarga real ko‘z bilan nazar tashlab-go‘zallik, vatanparvarlik, qahramonlik, haqiqatga to‘g‘ri qarash, o‘z so‘zi ustidan chiqish kabi insoniy xususiyatlarga amal qilishlari lozim.
    Musiqa bu inson qalbi, shuning uchun ham inson musiqasiz, san‘atsiz tarbiya ololmaydi. Mustaqil Respublikamizning vazirlar mahkamasi chiqargan
    ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ da musiqa ta‘lim vositalari bilan yosh avlodni tarbiyalash, o‘tgan davr va hozirgi zamon kompozitorlari asarlari vositalari bilan tariximizni o‘rganish va uni bilib olish imkoniyatidan foydalanish kabi maqsadlar
    qo‘yilgan. Sermazmunlik-bu musiqa san‘atida xos xususiyatdir. Lekin ―Musiqa va hayot‖ mavzusi umumta‘lim maktablardagi musiqa darslarining asosiy negizi hisoblanadi.
    Bu mavzu maktab musiqa soatlarining birinchi sinfigacha asosiy mavzu bo‘lib o‘tishi zarurdir.
    Musiqa – bu hayotdir! Bolalar unga quloq tutib, musiqiy ohanglarning rivojlanishiga e‘tibor berib, oylanib turib, qo‘shiqlarni ijro etib, katta-katta simfonik asarlargacha musiqiy mavzularni tinglab ular nafaqat musiqa ma‘nolarini anglaydilar, balki musiqa sirlarini va qoida-qonunlarini ham o‘rgangan holda hayotiy voqealarni ham tushunadigan bo‘lib tarbiyalanadilar.
    Vatan-arabcha so‘z bo‘lib-ona yurt degani. Kishilarning yashab turgan, ularning avlod-ajdodlari tug‘ilib o‘sgan joyi, hududi, ijtimoiy muhiti, mamlakati, Vatan tushunchasi tarix davomida, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot munosabati bilan o‘rganib, kengayib va rivojlanib kelgan. Ibtidoiy jamoa tizimi sharoitida muayyan qabila yoshargan Vatan hisoblangan. Qabila tuzimining yemirilishi, elatlar, sinflar va davlatlarni paydo bo‘lishi bilan Vatan tushunchasi elat (xalq), davlat tushunchasini o‘z ichida oladi va sinfiy xarakterga ega bo‘ladi. Millatlarning kelib chiqishi bilan milliy chegara, milliy til va madaniyat, milliy an‘analar ham vatan tushunchasiga tarkibiy qism bo‘lib berdi.
    Vatanparvarlik – kishilarning o‘z ona yurtiga, Vatanga sadoqat va muhabbatini ifoda etuvchi tushuncha. Vatanparvarlik – xalq ommasiga xos xislat. Mehnatkash xalq ommasining taqdiri vatan taqdiri bilan, uning mustaqilligi va taraqqiyoti bilan bog‘liq. Vatanparvarlik xalq ommasini chet el bosqinchilariga va ichki dushmanlariga qarshi, o‘z vatannini gullab yashnashi uchun kurashga safarbar qiluvchi buyuk ma‘naviy kuch hisoblanadi.
    O‘zbekiston kompozitorlarining juda ko‘p asarlarida mehnatni, o‘z xalqini, o‘z Vatanini ardoqlash mavzulari tobora kengroq ko‘zga tashlanmoqda. Bu asarlardagi tuyg‘ular maktab o‘quvchilarini har tomonlama yuksaltirib yuqorida aytilgan mavzular vositalari bilan yosh avlodni o‘z mehnatini, xalqiga bo‘lgan hurmatini va vataniga nisbatan sadoqatini e‘zozlashga sababchi bo‘la oladi.

    Download 0.67 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




    Download 0.67 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Musiqa darslari, musiqa savodxonligi jarayonida bastakorlar va xalq hofizlari ijodiyotini o’rganish metodlari

    Download 0.67 Mb.