|
Musraqil ish Yuqori texnologik kichik korxonalarni rag’batlantirishning xorij tajribasi Reja
|
Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 29,26 Kb. | | #120513 |
Bog'liq Musraqil ish biznes rejalashtirish
Musraqil ish
Yuqori texnologik kichik korxonalarni rag’batlantirishning xorij tajribasi
Reja:
Kirish
Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish modernizatsiya qilish faoliyati
Innovatsion tajribasi
Investitsiya faoliyatini rag’batlantirishning xorij tajribasi tahlili
Xulosa
Kirish
Yurtimizda iqtisodiy islohotlar borgan sari chuqurlashib, bozor munosabatlariga asoslangan yangi mustaqil milliy iqtisodiyotni barpo etish jarayonlari tezlashmoqda. Bu jarayonlarni tezlashtirishda ishlab chiqarish korxonalarini modernizatsiyalash va raqobatbardoshligini boshqarish o‘rni katta ahamiyatga ega. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, “bugungi kunda ko’plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida yetakchi o’rinlarda turadigan mamlakatlar tajribasi shuni so’zsiz isbotlab bermoqdaki, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan o’zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta’minlash, faoliyat ko’rsatayotgan ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish hisobidan oshirilishi mumkin”.
Respublikamizda ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash va modernizatsiyalash hamda mahsulot raqobatbardoshligini boshqarishni takomillashtirish, rivojlangan mamlakatlar qatori zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlash va mahsulot raqobatbardishligiga erishish uchun uning sifatini oshirish jarayonida qo’l keladigan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqarish mavzuning asosiy maqsadi hisoblanadi. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi:
Rivojlangan chet davlatlarda sug‘urta munosabatlarining tashkil etilish parametrlarini tadqiq qilish.
Ishlab chiqarish korxonalarini diversifikatsiyalash va modernizatsiyalash jarayonini tashkil etishning nazariy asoslari haqida atroflicha ma’lumot to’plash;
Korxonalarda mahsulot raqobatbardoshligini boshqarishning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish;
Korxonalarda ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, modernizatsiyalash va mahsulot sifatini oshirish usullarini tadqiq qilish;
Ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, modernizatsiyalash va mahsulot raqobatbardoshligini oshirishning xorij tajribasini taqqoslash;
Korxonalarni modernizatsiyalash sharoitida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishning ustuvor yo’nalishlarini atroflicha o’rganish;
O‘zbekiston iqtisodiyotini yanada diversifikatsiya qilish hamda uning raqobatbordoshligini mustahkamlash yo‘llari va choralarini tahlil qilish.
Ishlab chiqarish korxonalarini diversifikatsiyalash va modernizatsiyalash jarayonini tashkil etishning nazariy asoslari. Soʻnggi yillarda yurtimizda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini takomillashtirish, ular koʻrsatadigan xizmat sifatini oshirish boʻyicha turli innovatsion yondashuv va yangiliklarga qoʻl urilmoqda. Xorijiy davlatlarning bu boradagi koʻp yillik tajribasi oʻrganilmoqda. Mazkur vebinar shunday intilish va saʼy-harakatlarning mantiqiy davomidir.
2. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash mamlakatni innovatsion rivojlantirishning asosiy va muhim sharti hisoblanadi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida barqarorlashuv hukm surayotgan bir paytda iqtisodiyotning chuqur modernizatsiyalashuviga erishmay turib innovatsiyalar diffuziyasiga, ya’ni yangi g‘oya, ishlanma va texnologiyalar joriy etilishi va jadal tarqalishiga erishish qiyin. Buning uchun esa, avvalo, ta’lim, ilm-fan va sanoat integratsiyasini ta’minlash, shuningdek, innovatsion mahsulotlarga bo‘lgan talabni oshiradigan yangi kompaniyalar tashkil etilishini rag‘batlantiruvchi yangi sanoat tarmoqlarini yaratishga ko‘maklashadigan bir qator aniq texnik yechimlarni joriy qilish talab etiladi. Bugungi kunda milliy iqtisodiyot oldida turgan dolzarb masalalardan biri ham qisqa muddatda mamlakatning innovatsion rivojlanishiga erishishdir. Aks holda, O‘zbekistonning rivojlangan davlatlar qatoridan joy olishi murakkab kechishi aniq. Mazkur masalani ijobiy hal etish uchun keng qamrovli islohotlar olib borish asosiy masallardan biridir. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi mamlakatni innovatsion va ilmiy-texnik rivojlantirish sohasida jamiyat va davlat hayotinihar tomonlama taraqqiy ettirish hamda respublikaning intellektual va texnologik salohiyatini ko‘tarishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi bo‘lib, o‘z faoliyati doirasida yuqorida aytib o‘tilgan dolzarb masalalar yechimi borasida aniq belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. Innovatsion rivojlanish tizimli jarayon bo‘lib, aniq belgilangan chora-tadbirlarni rejaga asosan, ya’ni strategik tarzda amalga oshirishni nazarda tutadi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 sentyabrdagi PF-5544-son farmoni bilan 2019– 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasi, uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”, O‘zbekiston Respublikasini 2030 yilgacha innovatsion rivojlantirish maqsadli ko‘rsatkichlarining tasdiqlanishi ayni muddao bo‘ldi. Strategiyaning bosh maqsadi etib mamlakatning xalqaro maydondagi raqobatbardoshligi darajasi va innovatsion jihatdan taraqqiy etganini belgilovchi asosiy omil sifatida inson kapitalini rivojlantirish ko‘rsatilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining 2030 yilgacha Global innovatsion indeks reytingi bo‘yicha jahonning 50 ta ilg‘or mamlakati qatoriga kirishi esa strategiyaning muhim vazifalaridan biri deb belgilangan“Innovatsiya” atamasi lotincha “novatio”so‘zidan olingan bo‘lib, “yangilanish”(yoki “o‘zgarish”), “in” qo‘shimchasi esa lotinchadan “yo‘nalishida” deb tarjima qilinadi, agar buni yaxlit “Innovatio” ko‘rinishida tarjima qilsak – “o‘zgarishlar yo‘nalishida” deb izohlanadi. Innovation tushunchasi birinchi bo‘lib XIX-asrning ilmiy tadqiqotlarida paydo bo‘ldi. “Innovatsiya” tushunchasi o‘zining yangi hayotini “innovatsion kombinatsiyalar”ni tahlil qilish, iqtisodiy tizimlarning rivojlanishidagi o‘zgarishlar natijasida XX-asrning boshida avstriyalik va amerikalik iqtisodchi Y.Shumpeterning ilmiy ishlarida boshlagan. Shumpeter 1900-yillarda iqtisodda ushbu terminni ilmiy qo‘llashga kiritgan dastlabki olimlardan edi. Innovatsiyaga har qanday turdagi yangilik sifatida emas, balki mavjud tizimning samaradorligini jiddiy ravishda oshiradigan omil sifatida qarashimiz lozim. Innovatsiyalarni yaratish,aniqlash va joriy etishga qaratilgan huquqiy,tashkiliy,iqtisodiy,texnologik shart-sharoitlar,qarorlar,usul va uslublar yig‘indisi hamda ulardan amaliyotda foydalanish esa innovatsion siyosat debataladi. Ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlarda innovatsion siyosatning o‘tkazilishi, eng avvalo, muayyan tarmoqlarda innovatsion salohiyatga ega bo‘lgan mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq. Bunday siyosat, birinchi navbatda, ishlab chiqarishning texnik jihozlanganligini yaxshilash, tarmoqlar, korxonalarning texnologik darajasini ko‘tarish, umuman milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va boshqa shu kabilardan iborat bo‘lgan qo‘shimcha raqobat ustunliklari manbalarini aniqlashga qaratiladi. Ikkinchidan esa, raqobat ustunliklari ko‘pincha bozorning yirik raqobatchilarda keltiradigan daromadining kamligi va o‘zlashtirish vaqtida ko‘lamlarining kichikligi tufayli qiziqish uyg‘otmaydigan bo‘g‘inlarida yaratiladi. Uchinchidan, raqobat ustunliklariga uzluksiz ravishda mablag‘lar sarflashni talab etadigan yangi ishlanmalar muntazam mukammalashib borgan taqdirdagina saqlab qolinadi.
3. Investitsiya faoliyatini tartibga solish, huquqiy nuqtai nazaridan, turli mulkdorlar o’rtasida moddiy va nomoddiy aktivlarni takror ishlab chiqarish xususidagi o’ziga xos, murakkab, ijtimoiy zarur iqtisodiy (investitsiya) munosabatlarini shakllantirish me’yorlarini nazarda tutadi. Investitsiya faoliyatini tartibga solish va rag’batlantirishdagi xalqaro tajribalarni hisobga olish, chet el investorlariga investitsiyalashning barcha turlari va shakllarida milliy tartibotni berish yanada qulay investitsiya muhitini yaratadi va chet el investitsiyalarining kirib kelishini tezlashtiradi. Jahondagi ko’pgina mamlakatlarda soliqlarning investitsiya faoliyatini rag’batlantirishga qaratilgan tartibga solish funktsiyasidan samarali foydalaniladi. Masalan, Yaponiya, Tayvan, Koreyada o’tish davrida soliq protektsionizmidan unumli foydalanilgan. AQShda “buyuk depressiya”ni bartaraf etish davrida ham xuddi shunday bo’lgan. Masalan, Yaponiyada, sanoat kompaniyalari ilg’or texnika va texnologiyaga qilingan investitsiyalarning 7 foiziga teng miqdorda foyda solig’ini qisqartirish huquqiga ega. Kanadada bunday chegirma ilg’or texnikaga qilingan investitsiyalarning 7 dan 20 foizigacha miqdorini tashkil qiladi. Soliq krediti ko’rinishidagi imtiyozlar tadbirkorlikning ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalar (ITTKI) xarajatlariga tatbiqan ham keng qo’llaniladi. Bir qator mamlakatlarda soliq krediti kompaniyalarning foyda solig’idan bu kompaniyalarning o’tgan yil yoki bazis davr uchun o’rtacha yillik me’yorlarga nisbatan ITTKI xarajatlari o’sishining muayyan hissasini chegirish ko’rinishida amal qiladi (AQSh da – 20 foiz, Frantsiyada – 50 foiz, Yaponiyada – 20 foiz, Kanadada 100 foiz va undan yuqori). G’arb mamlakatlarida soliq imtiyozlari, birinchi navbatda investitsiyalar va ilmiy texnika faoliyatini rag’batlantirish, shuningdek ayrim tarmoqlar va mintaqalarni rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash uchun joriy qilinadi. Ularning yordamida ishlab chiqarishni kengaytirish va modernizatsiyalash, texnika bilan qayta jihozlash uchun sharoitlar yaratiladi. Investitsiya, ilmiy-texnika faoliyatini, tadbirkorlikni butun mamlakat doirasida, mintaqa miqyosida va ayrim faoliyat sohalari bo’yicha rag’batlantirishga yo’naltirilgan soliq imtiyozlari eng barqaror imtiyozlar hisoblanadi. Soliq imtiyozlari berish orqali investitsion faoliyatni rag’batlantirish Frantsiya, Italiya, Finlyandiya hamda Gretsiyada qo’llaniladi. Biroq, Evropa Hamjamiyati (EH) ushbu rag’batdan foydalanishni korxonalar o’rtasida raqobat muhitining pasayishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi deb hisoblaydi. Iqtisodiyotda investitsion jarayonni jadallashtirishning muhim jihati, bu bank-moliya tizimining rivojlanishi bilan bog’liq. Ko’pgina moliya institutlari, xususan banklar ichki va tashqi moliya resurslarini akkumulyatsiya qilish va 1 www.worldwide-tax.com. real sektorlarga investitsiyalashda faol qatnashadilar. Kanadaning Prins-Eduard orolida kichik va o’rta korxonalarning investitsion faoliyatini qo’llabquvvatlash ishlarining aksariyatini mahalliy tijorat banklari amalga oshirdi. Prins-Eduard orolidagi kichik va o’rta korxonalar faoliyatini moliyalashtirishning 65 foizi aynan mahalliy tijorat banklari, 9,9 foizi “Korona” korporatsiyasi, 1,3 foizi ko’chmas mulkni garovga qo’yish evaziga moliya-lashtirgan turli fondlar hissasiga to’g’ri keldi2. Shu o’rinda aytish joizki, xorijiy mamlakatlarda O’zbekistondan farqli o’laroq, moliya institutlarining keng qatlami kredit berish huquqiga ega va bu kreditlash jarayonidagi raqobatni kuchaytiradi.
Xulosa
Jahon tajribasini o‘rganib quyidagicha xulosa qilish mumkinki, iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishning investitsion omili ichki raqobatning rivojlanishini kuchaytiradi, mahalliy iste’mol bozorini kengaytiradi, yangi eksportga yo‘naltirilgan tarmoqlarni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish uchun moddiy baza bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekiston sharoitlarida bunday samarali investitsion-innovatsion siyosatni qo‘llash, bizning fikrimizcha, tarmoqlarning eksport salohiyatini kengaytirish va diversifikatsiya qilishga, import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishlarni rivojlantirishga, infrtatuzilmani, transport va aloqa vositalarini kengaytirishga yordam beradi, bu esa o‘z navbatida, mahalliy tovarlar va texnologiyalarni tashqi bozorlarga olib chiqish jarayoni va ishlab chiqarishni tashkil etishning ilg‘or shakllarini o‘zlashtirilishi bilan uzviy bog‘liq. Chet mamlakatlar tajribasi shundan dalolat bermoqdaki, yirik moliya-sanoat birlashmalari qo‘llab-quvvatlash ham innovatsion rivojlanish yo‘nalishlari qatoridan o‘rin olgan. O‘zining iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra, moliya-sanoat birlashmalari yirik moliya va sanoat kapitaliga ega yuridik shaxslarning birlashuvini ifodalaydi. Moliyasanoat birlashmalari iqtisodiyotning innovatsion yo‘lga qadam qo‘yishiga yordam beradi, ilmiy-texnik yutuqlarni amalga oshirish uchun maqbul sharoitlar yaratadi, mamlakat iqtisodiyotiga barqarorlik va boshqaruvchanlik baxsh etadi.
|
| |