Reja:
1. Xalq va armiya-bir tan-u bir jon.
2.O’zbekiston Respublikasining qurolli kuchlari tizimida amalga oshirilgan
islohotlar
3. Milliy armiyamiz – Yangi O‘zbekistonning mustahkam qalqoni
Xulosa
Xalq va armiya-bir tan-u bir jon.
Har bir mamlakatda milliy xavfsizlikni ta‘minlash asosiy masala bo’lib, bunda davlat
asosiy rol o’ynaydi.
“Mamlakatimizning konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini
turli tahdidlardan himoya qilish, tinchlik va barqarorlikni yanada mustahkamlash
barcha yutuqlarimizning bosh garovidir” - deb ta‘kidlaydi Prezident.
Shuning uchun, dastlabki yillardan boshlab milliy xavfsizlikni ta‘minlash
konsepsiyasini ishlab chiqish, uning asosini yaratuvchi qonunlarni yaratish ishlari
amalga oshirildi. Milliy xavfsizlik masalasida yagona davlat siyosati bo’lishiga, barcha
siyosiy, iqtisodiy,
tashkiliy, harbiy, huquqiy va boshqa chora-tadbirlarning
uyg‗unlashgan tizimini yaratishga erishish yo’lidan borildi. Milliy xavfsizlik ko’p
jihatdan Vatanimiz mudofaa qudratining asosi - mamlakatning iqtisodiy qudratiga
bog’liq.
Shuning uchun, iqtisodiy qudratni rivojlantirish ishlari to’xtovsiz olib borildi.
Mamlakatimiz xavfsizligini ta‘minlashning asosi yoshlar ekanligiga hamda yoshlarni
vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga alohida e‘tibor berildi. Milliy xavfsizlikni
ta‘minlash maqsadida jahondagi mamlakatlar, xalqaro
tashkilotlar bilan yaqindan
aloqalar o’rnatildi.
Milliy xavfsizlikni ta‘minlash bo’yicha davlat siyosati va uning uzoq yillarga
mo’ljallangan strategiyasi tamoyillari 1995-yil 24-fevralda bo’lib o’tgan Oliy
Majlisning sessiyasida aniq bayon qilib berilgan.
1996-yil 24-apreldagi Oliy Majlis sessiyasida “Milliy xavfsizlik to’g’risida”gi
Qonun muhokamaga qo'yildi. 1997-yilning avgust oyida bo‗lib o‗tgan Oliy Majlis
sessiyasida esa Respublikaning milliy xavfsizlik konsepsiyasi qabul qilindi. Milliy
xavfsizlik endi faqat davlat xavfsizligini ko’zda tutmay, shaxs huquq va erkinliklarini;
jamiyatning moddiy va ma‘naviy boyliklarini; davlatning konstitutsiyaviy tuzumi,
suvereniteti, hududiy yaxlitligini saqlashni ham ko’zda tutadi.
“Demokratik va ijtimoiy-iqtisodiy o‗zgarishlarni
amalga oshirish, ma‘naviy
taraqqiyotga erishish, shuningdek, O’zbekistonning jahon hamjamiyati bilan
hamkorligini kuchaytirishining asosiy sharti va garovi - mamlakatimizning xavfsizligini
ta‘minlash, jamiyatimizda tinchlik, barqarorlik, millatlar va fuqarolar o’rtasida
totuvlikni saqlash va ko’z qorachig’iday asrashdir” - degan so’zlar
mamlakatimiz
xavfsizligining ahamiyatini yanada to’laroq ko’rsatadi.
Mamlakat milliy xavfsizligini saqlashda davlatning olib boradigan tashqi siyosati
ham muhim rol o’ynaydi. Shu tufayli milliy xavfsizlikni saqlash bilan bog’liq
davlatimizning tashqi siyosatining ustuvor yo’nalishlari ekanligi Oliy Majlis
Palatalarining qo’shma majlisida qayd qilinmoqda. Lekin dunyodagi voqealar biror bir
mamlakat xavf-xatardan holi emasligini ko’rsatmoqda. Shuning uchun Sh. Mirziyoyev
“...mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini, Qurolli Kuchlarning jangovar salohiyatini
oshirish, milliy mudofaa sanoati kompleksini shakllantirish,
har qanday xavf-xatarga
qarshi doimo shay turishimiz lozim” - deb ta‘kidlaydi.
Xavfsizlik va uni ta‘minlash usullaridan bo’lgan mudofaa ahamiyati yuqoriligi
e‘tiborga olinib, shu masalalarning asoslari Konstitutsiyaviy tartibda mustahkamlangan.
Amaldagi O’zbekiston Konstitutsiyasida mudofaa va xavfsizlikka alohida - XXVII
bob ajratilgan.
O’zbekistonning davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti
va xavfsizligini himoya qilish konstitutsiyaviy normada o’z ifodasini topgan.
Yangilangan Konstitutsiyaning 152-moddasida O’zbekiston Respublikasi Qurolli
Kuchlari O’zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini,
aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuzilishi shaklidagi
konstitutsiyaviy normada o’z ifodasini topmoqda.
Mamlakat mudofaasi va xavfsizligini ta‘minlash doimo ustuvor masalalardan
bo'lib kelgan.
Bundan ko’rinib
turibdiki, mudofaa va xavfsizlik nafaqat davlat va mamlakat
xavfsizligi, chegaralar daxlsizligi uchun balki, fuqarolarning tinchligi va osoyishtaligi,
normal turmush kechirishini ta‘minlash uchun ham zarur.
«Mudofaa to’g’risida»gi Qonunga asosan, mudofaa yaxlit bir tizim bo’lib
(Qonunning 2-moddasi), u aniq prinsiplar asosida tashkil qilinadi.
Mudofaa sohasidagi O’zbekiston siyosati prinsiplari quyidagilardan iborat:
- boshqa davlatlarga qarshi harbiy kuch ishlatmaslik, tashqi
tajovuzlarning oldini
olish;
- xalqaro huquq normalariga muvofiq ravishda kollektiv xavfsizlik tizimida
ishtirok etish;
- harbiy qurilishning zamonaviy urushlar va qurolli mojarolar xususiyatiga
mosligini ta‘minlash;
- yalpi qirg’in qurollarini ishlab chiqarishni, qayta ishlashni, egallashni, saqlashni,
tarqatishni va joylashtirishni rad etish;
- Qurolli Kuchlarning mamlakatga beriladigan har qanday tajovuzni daf etishga
doimiy tayyor turishi;
- mudofaani yetarli darajada bo’lishi;
- harbiy xizmatni sharafli ekanligini ta‘minlash.
Mamlakatda mudofaa ishlarini tashkil qilish,
xavfsizlik, xavfsizlikni saqlashga
e‘tibor hech vaqt va hech qanday holda susaytirilmasligi kerak.