Mustaqil ish Mavzu: O'zbekiton taraqiyotida eletron tijoratning tutgan o‘rni Bajardi: Nizomova Xulkar Toshkent 2024




Download 92.26 Kb.
Sana09.03.2024
Hajmi92.26 Kb.
#169372
Bog'liq
Xulkar
ASHUROXUNOVA IRODA TMI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


Mustaqil ish
Mavzu: O'zbekiton taraqiyotida eletron tijoratning tutgan o‘rni

Bajardi: Nizomova Xulkar
Toshkent 2024
Reja:


  1. Elektron bozorni tashkil etish

  2. Eletron bozorning davlat iqtisodiyotiga tasiri

  3. Elektron bozorni rivojlangan bir qator katta davlatlardagi tutgan o‘rni

  4. Xulosa

  5. Foydalanilgan adabiyotlar

Elektron bozordagi aniq bir pozitsiyaning mavjud emasligi – kompaniya barcha narsani va hoziroq qilishga urinishi, bunga albatta iste’molchlarning ko’pchiligi ham, xamkorlr ham tayyor bo’lmaydilar. Mufaffaqiyatga bo’lgan ishonchni juda erta yo’qotish va tushkunlikka tushish. Infratuzilmani tashkil etishda xatolarga yo’l qo’yish – texnologik platformaning hajmi kamchilligi, xosting hizmatlariga bog’liqlik, infratuzilma uchun to’lovlarning kechitirilishi va bu bilan bog’liq bo‘lgan moliyaviy muammolar. Masalan, foydalanuvchilarning rasmlarini saqlash hizmatini taklif qiladigan Everpix kompaniyasining muvaffaqiyatsizlikka uchrashi uning Amazon Web Services kompaniyasining xosting bo’yicha xizmatlari uchun o’z vaqtida to’lov qila olamaganligi bo’lgan. Chunki xuddi shu sababli kompaniya foydalanuvchilarning 400 million fotosini yo’qotib qo’ygan. Foydalanilayotgan informatsion tizimlarning ishonchli emasligi - bunda gap texnik muammolar, shaxsiy ma’lumotlarni yo’qotish, firibgarlar xujumiga uchrash, xakerlar xujumi va shunga o’xshash sabablar xaqida ketadi. Katta kompaniyalarga hizmat ko’rsatish uchun B2B segmentini tanlash – kompaniya nima bilan shug’ullanishidan qat’i-nazar, agar u 70-80% foyda keltiradigan katta kompaniyaga bog’liq bolsa, qandaydir vaqtda katta mijozning o’zi xuddi shunday servisga ega bo’lish haqida qaror qabul qilishi mumkin. Masalan, Aviation kompaniyasi General Electric, Honeywell, Boeing va boshqa katta kompaniyalarga hizmat ko’rsatishga yo’naltirilgan edi. Lekin on-layn bozorda katta tarmoq kompaniyalari tomonidan tashkil etilgan elektron savdo maydonlari paydo bo‘lganidan so’ng, kompaniya inqirozga uchradi. Chunki bu ishni aiakompaniyalarning sadvo-sotiq ishlari bilan shug’ullanishga mo’ljallangan Aerospan va Trade Air elektron savdo maydonlari bajara boshladi. Kompaniya asoschilari, direktorlar kengashi va yetakchi menejerlar orasida kelishmovchiliklarning yuzaga chiqishi, kompaniya uchun muhim bo’lgan eng asosiy shaxslarning biznesni tark etishi, kompniyaning bir qancha sabablarga ko’ra bo‘laklarga ajrab ketishi va boshqalar.


Faoliyat olib borilayotgan bozorning aloxida hususiyatlari ham biznesning rivojlanishiga to‘siq bo‘lib qolishi mumkin. Masalan, firibgarlar va tovlamachilarning kopligi, logistikaning talab darajasida emasligi, malakali kadrlarning yetishmasligi, injener-texnik xodimlar kamchilligi va boshqalar. Barcha startaplarning boshlang’ich g’oyaning yuzaga kelishi va tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan barcha bopsqichlarida bir xildagi muammo va masalalar hal qilinadi: G’oyalar bilan qanday qilib ishlash lozim, Qanday qilib komandani tanlash mumkin, O’z g’oyasini qanday qilib himoya qilinadi, Qanday qilib kompaniyani moliyalashtirish mumkin, Bu ishni qilish muvaffaqiyatga olib keladimi, Qachon investorga murojaat qilish kerak, Qanday qilib mahsulotni yaratish va uni mukammalashtirish mumkin, Bugungi kunda qanday yangi turdagi mahsulot va hizmatlarini iste’molchilarga taklif qilish mumkin? Bu masalalarni hal qilishda mahalliy va halqaro raqamli elektron bozorni har tomonlama o’rganishdan boshqa chora yo’q albatta.
Bu esa internetdagi adabiyotlar, yangiliklar va manba’lar bilan muttasil ishlashni, o’rganishni hamda eng yangi mahsulot va xizmatlarni bevosita sinab ko’rishni talab qiladi. O’z mahalliy bozoringizdagi hozircha qondirilmagan talablarni har tomonlama o’rganish ham biror bir yangi innovatsion g’oyaga olib kelishi mumkin. Shunday qilib, innovatsion raqamli biznesning eng asosiy elementlari iste’molchilar uchun qandaydir yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratish, uning ahamiyatini ko’rsatish, usabilityning oliy darajasiga erishish, mijozga yo’naltirlgan yondoshuv va individual talablarni maksimal darajada qondirishdir. O’zbekistonda va jahonda elektron tijoratning rivojlanishtendentsiyalari Xitoydagi eng yirik kompaniyalardan biri – Alibaba Group ning asoschisi va direktorlar kengashi raisi Djek Maning ta’kidlashicha, «Taxminan 30 yillardan so’ng, biznesning 80% dan ortigi internet orqali amalga oshiriladi . Agar bu paytga kelib, ertangi kun uchun qandaydir yechimingiz bo’lmasa, bu yechim kimdadir albatta bo’ladi».
Xaqiqatan xam, bugungi kunda informatsion va kommunikatsion texnologtyalar xayotimizning barcha soxalariga shiddat bilan kirib kelmoqda. Insonning kundalik xayotini ancha yengillashtiradigan va ma’lumot uzatilishini xamda uning qayta ishlanishini tezlashtiradigan texnologiyalarning va internetning bunday tezkorlik bilan rivojlanishi industrial jamiyatdan axborotlashgan jamiyatga o’tishining o’ziga xos katalizatori sifatida namoyon bo’la boshladi. Bunday jarayonlarning natijasida an’anaviy jamiyat raqamli jamiyatga aylana boshladi. Internet Live Stats ning ma’lumotlariga ko’ra, xar kuni Google tizimiga uch milliarddan ziyod so’rovlar bo’lar ekan. Undan tashqari, internet foydalanuvchilar orasida internet orqali telefon va video qo’ngiroqlar, ijtimoiy tarmoqlarda ishlash xam borgan sari ommaviy bo’lib bormoqda. Oxirgi besh yilda internet foydalanuvchilari soni 29% dan 39% gacha ortdi, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchilar soni esa 53% dan 64% gacha ortdi. Bu ma’lumotlar internetdan foydalanish ko’pchilik mamlakatlardagi insonlar uchun oddiy bir xolat bo’lib qolganini ko’rsatadi. Yoshlar va bolalar esa qandaydir darajada raqamli qurilmalar va ijtimoiy saytlarga bog’lik bo’lib xam qoldilar. Raqamli texnologiyalarning misli ko’rilmagan imkoniyatlari tufayli ko’pchilik tashkilot va korxonalar raqamli muxitga ulanib, mijozlar bilan onlayn muloqot qilgan xolda o’z bizneslarini elektron usulda tashkil etmoqdalar. Turli darajalardagi faoliyat turlarining integratsiyasi yangidan-yangi imkoniyatlar yaratib, konkret biznes modellarning rentabelliligini oshirayapti. Xuddi shuning uchun xam ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat turlarini raqamlashtirish avvalgidan xam ko’ra ko’proq dolzarb bo’lib bormoqda. Chunki bu amal iste’molchilarning afzalliklaridan tortib, to yangi biznes modellargacha bo’lgan jaxon iqtisodiyotining bir qancha aspektlarini o’zgartirib yuboradi. Bu esa o’z navbatida iqtisodiy munosabatlarnig tubdan o’zgarishiga va raqamli iqtisodiyot tushunchasining paydo bulishiga olib keladi.
O’tgan asrning 90 yillarida AQSH iqtisodiyotining rivojlanishi ancha tezlashdi va bu xolat iqtisodiyotga zamonaviy raqamli informatsion texnologiyalarning tezkorlik bilan kirib kelishiga sabab bo’ldi.
Olimlar bu fenomenni ko’rib chiqib, AQSH da ishlab chiqarishning o’sishi hamda informatsion texnologiyalar soxasiga bo’lgan investitsiyalar orasida kuchli korrelyasiya borligini topishdi. Dunyo bo’yicha kompaniyalar xamda uy xo’jaliklariri faoliyatiga shaxsiy kompyuterlarning kirib borishi borgan sari kupayib borayotgan bir vaqtda, amerika kompaniyalari internetni “fuqarolik dasturlari” uchun (ma’lumotlarni uzatish va ko’plab sondagi insonlarga jo’natishni amalga oshiradigan ommaviy internetmuxit yaratish maqsadida) moslashtirishga qaror qildilar. Smartfonlar bilan to’yinib borayotgan internet tizimi iste’mol va ishlab chiqarishning yangi usullarini yaratdi. Bu esa zamonaviy to’lov va ish yuritish tizimlarini xosil qilgan xolda iqtisodiyotning yangidan-yangi raqamli sektorlarining xosil bo’lishi va rivojlanishiga olib keldi. Xuddi shu tariqa internet-iqtisodiyot, veb-iqtisodiyot va raqamli iqtisodiyot tushunchalari paydo bo’ldi. Ilmiy adabiyotda raqamli iqtisodiyotning turli-tuman aniqlanuvlari keltiriladi va ular vaqt o’tishi bilan xamda texnologiyalar rivojlanishi bilan o’zgarib turadi. Oxirgi paytlarda raqamli iqtisodiyotning aniqlanuvlari mobil (mobile technologies) va sensor tarmoqlarini (sensitive technologies), bulutli texnologiyalarni (cloud technologies) va katta ma’lumotlarni (big data) o’z ichiga ola boshladi. Amerikalik mutaxassis Tarskottning fikriga ko’ra, raqamli iqtisodiyot ikki segmentga bo’linadi: tarmoq texnologiyalari va «inson va texnika» ning o’zaro muloqoti. Demak, raqamli iqtisodiyot nafaqat tarmoq texnologiyalari, aqlli mashinalar va texnologik rivojlanishni, balki inson faktorini, ya’ni, boyliklar xosil qilish va ijtimoiy rivojlanish uchun kerakli bo’lgan intellektni, bilimlarni va ijodni xam o’z ichiga qamrab oladi. Keyinchalik Evropalik olim Margerino raqamli iqtisodiyotning aniqroq tushuntirib, iqtisodiy o’sishga ta’sir kiladigan to’rtta faktorni ajratib ko’rsatdi:
Internetdan va tarmoq texnologiyalaridan foydalanish;
Korxonalar orasidagi elektron savdoning amalga oshishi;
Maxsulot va xizmatlarning raqamli usulda yetkazilib berilishi;
Internet orqali moddiy tovarlar bilan chakana savdo amalga oshirilishi.

Margerinoning ishini davom ettirgan xolda, boshqa olimlar ham raqamli iqtisodiyotning eng muxim xususiyatlarini aniqlab berdilar va raqamli iqtisodiy jarayonlar tarmoqlarining quyidagi tashkil etuvchilarini tasniflab berdilar:


Yuqori sifatli raqamli maxsulot va xizmatlarning raqamli tarqatilishi – ya’ni, raqamli ko’rinishdagi maxsulot va xizmatlarni material tashuvchisiz tarqatish. Misol sifatida onlayn ta’lim, onlayn informatsion xizmatlar, onlayn o’yinlarni sotib olish hamda sotish va boshqalar (Facebook, Instagram, Google, Yandex)
Material tovarlar realizatsiyasi uchun raqamli xizmatlar – bunday xizmatlarga mexmonxonalardagi nomerlarni onlayn bron qilish, tovarlar marketingi, maxsulotlarni kiritish mumkin (kiyim, oziq-ovqat, kitoblar va x.k. - Amazon, eBay, Alibaba ….)
Tovarlar ishlab chiqarishdagi informatsion xizmatlar yoki informatsion texnologiya xizmatlari – informatsion texnologiyalarga kritik ravishda bog’liq bo’lgan servislar va ishlab chiqarishlar. Masalan, kompyuterlashtirilgan usullarda avtomobillar ishlab chiqarish, ishlab chiqarishni rejalashtirish va boshqarishning rejalashtirilishi hamda nazorat qilish tizimlari va boshqalar (MyTaxi, Airbnb, Uber, YandexTaxi …)
Informatsion texnologiyalar industriyasi – raqamli iqtisodiyotning yuqorida eslatib o’tilgan uchta segmentini qo’llab-quvvatlaydigan IT-industriyaning mahsulotlari va hizmatlari (komp’yuter tarmoqlari industriyasi, shaxsiy komp’yuterlar ishlab chiqarish va kommunikatsion xizmatlar) - (Apple, Microsoft, 3D-va 4D-pechat ….)
Bulardan shuni hulosa qilish mumkinki, raqamli iqtisodiyot o’z tarkibiga tarqatilishi raqamli texnologiyalarga to’liq bog’liq bo’lgan tovarlar, hizmatlar, ishlab chiqarish va sotuvni qamrab oladi.
Shuning tufayli E.Maletski va B.Moristlarning fikrlariga ko’ra, raqamli iqtisod bu – information texnologiyalarning apparat ta’minoti, dasturiy ta’minoti, telekommunikatsiyalar va ilovalarni iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida, shu jumladan, tashkilotning ichki operatsiyalari (tijorat, davlat va notijorat) yo’nalishlarida ham faol ravishda ishlatishdir. Bunga tashkilotlararo aloqalar ham, iste’molchi, fuqaro yoki korxonalar bilan munosabatlar ham kiradi. Shunday qilib, ta’kidlash mumkinki, raqamli texnologiyalar qandaydir ma’noda raqamli iqtisodiyotning asosi hisoblanadi va internet hamda mobil texnologiyalar vositasida iqtisodiy faoliyatni optimallashtirilgan holda amalga oshirishga yordam beradi.
Elektron tijorat O'zbekistonda o'sayotgan sanoatlar va tijorat sohasini modernizatsiya qilishda katta rola ega bo'lgan innovatsion jarayonlardan biridir. Bu, mamlakatni global tijorat tizimiga integratsiyalashda, yangi xizmatlar va mahsulotlar taklif etishda, va tadbirkorlik va ijtimoiy sohada rivojlantirishda katta o'rin egallaydi. Quyidagi esa O'zbekiston taraqiyotida elektron tijoratning o'rnini aks ettiruvchi essey yozish uchun bir qo'shma mazkur mavzularni o'rganishingiz mumkin:
O'zbekiston taraqiyotida elektron tijorat, mamlakatni iqtisodiy rivojlanishida katta rolini o'ynayapti. Davlatning iqtisodiy strategiyalari va biznesni qo'llab-quvvatlash tadbirlari orqali elektron tijoratni rivojlantirish bilan bir qatorda, tijorat tizimlari yanada sodda va qulayroq holsizlanadi. Bu esa, tadbirkorlar va iste'molchilar uchun yanada samarali tijorat muhitini yaratishda muhim ahamiyatga ega.
Elektron tijoratni rivojlantirishda tijorat tizimlarining modernizatsiyasi katta o'rin egallaydi. Onlayn savdo platformalari, elektron to'lov tizimlari, omborlar va logistika tizimlari, shuningdek, avtomatlashtirilgan xizmatlar, tijorat faoliyatini samarali va tezroq qilishga yordam beradi. Bu esa, tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi va xalqaro savdo bilan aloqada bo'lishni osonlashtiradi.

Elektron to'lov tizimlari va xalqaro pul o'tkazmalari, O'zbekistonning tijoratini yanada sodda va xavfsiz qilishda muhim rol o'ynaydi. Tadbirkorlar uchun, bu tizimlar mahsulotlarini sotib olish va xizmatlarini to'lov qilishda qulayliklar yaratish, hamda xalqaro savdoda o'z ishonchini oshirish imkoniyatlarini beradi.


O'zbekiston o'quv markazlari elektron tijorat sohasida kadrlarni tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Elektron tijoratni o'rganish va boshqarishda yetakchi talabalar tayyorlab, ularga innovatsion texnologiyalarni tushunish va ularni amalga oshirishda yordam bera oladigan o'quv kurslari va dasturlar tashkil etilmoqda.
Davlatning tijorat sohasidagi innovatsiyalarni va yangiliklarni qo'llab-quvvatlashdagi roli ham katta. Xususan, elektron tijoratni rivojlantirishda davlat investitsiyalarni ko'paytirib, tijorat tizimlarini yaxshi amalga oshirish, tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash, xalqaro hamkorliklarni o'zi o'rniga keltirish va tijorat sohasidagi boshqa muammolarga yechim topishda hokimiyatning ro'li katta.

Xulosa
Umimiy xulosa qilib shuni aytishim mumkinki O'zbekiston taraqiyoti elektron tijorat sohasida katta rivojlanishni ko'rsatmoqda. Quyidagi umumiy xulosa O'zbekiston elektron tijoratining tutgan o'rni haqida ma'lumot bera oladi:


O'zbekiston hokimiyati muassasalarni tuzib, yuqori tezlikda internet ulanishlarini kengaytirib borayotgan. Bu, elektron tijorat platformalarining muvofiqlik bilan ishlashiga va mijozlar bilan to'lovlar qabul qilishga imkoniyat yaratadi
Mamlakatda tijorat tizimlari va to'lov usullari yanada rivojlanmoqda. Elektron tijoratga mos keladigan qulayliklar yaratish maqsadida xizmat ko'rsatuvchilari, do'konlar va boshqa tijorat subjektlari o'zlarining onlayn platformalari va tizimlari orqali savdo qilishadi.
O'zbekiston hokimiyati, xalqaro pul o'tkazmalari va to'lov tizimlari bilan hamkorlik qilmoqda. Bu, shaxsiy va korxona to'lovlari, hisob-kitoblarni osonlik bilan boshqarish imkoniyatini oshiradi.
Elektron tijorat O'zbekistondagi tadbirkorlikni oshirishni o'z ichiga olgan. Bunday hamkorliklarni rivojlantirish uchun hokimiyat tadbirkorlarga qo'llab-quvvatlash, onlayn savdo va xizmat ko'rsatishlarini rivojlantirish uchun loyihalar tashkil etishni rag'batlantiradi.
O'zbekistonning o'quv markazlari onlayn tijorat va marketing sohasidagi kadrlarni tayyorlash uchun kurslar va dasturlar tashkil etmoqda. Bu, yangi tijorat texnologiyalarini o'rganish va implementatsiyani tushuntirish uchun yaxshi tayyorlash imkoniyatini yaratadi.

O'zbekiston hokimiyati elektron tijorat rivojlanishini qo'llab-quvvatlash uchun tartibga solishtirilgan qadam-qadamga strategiyalarni amalga oshirmoqda.


Bular bilan birga, O'zbekiston elektron tijorati yanada o'sadi va xavfli muhitda rivojlanmoqda. Bu bosqichlar tijorat sohasini yanada sodda va qulay qilish, tadbirkorlikni oshirish, yangi kasblarni o'rganish va istiqbolga mo'ljallangan tizimni shakllantirishga yo'l qo'ymoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar



1. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi –Т.: O’zbekiston, NMIU, 2017. 
2. Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 23 сентябрдаги 637-сонли 
"Таълим тўғрисида"ги Қонуни. 
3. Ўзбекистон 
Республикасининг “Рақобат тўғрисида”ги Қонуни. 
Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2012 й., 1-сон. 
4. Ўзбекистон Республикаси Президентимизнинг 2019 йил 8 октябрдаги 
“Ўзбекистон Республикаси олий таълим тизимини 2030 йилгача ривожлан
5. Ўзбекистон Республикаси Президентининг “2019 – 2021 йилларда 
Ўзбекистон Республикасининг инновацион ривожлантириш стратегияси 
тўғрисида”ги 2018 йил 21 августдаги ПФ-5544-сон Фармони. Қонун 
ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси. 
6. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 30 октябрдаги ПФ-
5564-сонли “Товар бозорларида савдони янада эркинлаштириш ва рақобатни ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Фармони. -// Халқ сўзи, 2018 
Download 92.26 Kb.




Download 92.26 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mustaqil ish Mavzu: O'zbekiton taraqiyotida eletron tijoratning tutgan o‘rni Bajardi: Nizomova Xulkar Toshkent 2024

Download 92.26 Kb.