• ASOSIY QISM Wi-Fi
  • Mustaqil ish Mavzu: simsiz aloqa tarmoqlarida ofdm texnologiyalaridan foydalanish




    Download 393 Kb.
    bet1/4
    Sana13.03.2023
    Hajmi393 Kb.
    #45232
      1   2   3   4
    Bog'liq
    SIMSIZ ALOQA TARMOQLARIDA OFDM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
    UMK ekonometriya 2019-2020, press-reliz-avgust-uzb sanoat, Simsiz a\'loqa tizimlarida ishlatiladigan raqamli modulyatsiyalash usullari, MAKTABGACHA PEDAGOGIKANING ILMIY-TADQIQOD METODLARI kurs ishi, PEDAGOGIK MAHORAT HAQIDA TUSHUNCHA, UNING TARBIYACHI FAOLIYATIDA TUTGAN O`RNI VA AHAMIYATI, QURISH-YASASH VA MATEMATIK MARKAZNI TASHKIL ETISH TEXNOLOGIYASI kurs ishi, Doc1, Uch karrali integrallar, Varaq shakli.doc, S.Sh .S.4-sinf tasviriy san\'at test @sadikov uz, oktyabr, маркетинг, amaliy-ish, 64e666e182c62 23-27 (3)

    Samarqand shahar transport va muhandislik kommunikatsiyalar texnikumi


    Mustaqil ish

    Mavzu: SIMSIZ ALOQA TARMOQLARIDA OFDM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH




    Bajardi: 204-guruh talabasi
    Musurmonova M.

    Qabul qildi: Kilichev J.

    Samarqand – 2022


    SIMSIZ ALOQA TARMOQLARIDA OFDM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
    KIRISH

    Hozirgi kunda axborot texnologiyalari jadal tarzda rivojlanib borayotgan bir vaqtda aloqa, axborot almashinuvi ham juda katta tezlik bilan rivojlanib bormoqda. Aloqalarni qulayligi oshirishda aloqa vositalarini ham o’rni beqiyosdir. Chunki aloqani sifatliligi aloqa vositalariga chambarchas bog’liq. Dastlab aloqalarni faqat sim ulagichlar orqali amalga oshirilar edi. Ushbu simlar foydalanuvchilarni aloqa markazlari orqali bir-biri bilan bo’glagan va shu tariqa shaxarlar, davlatlar orasida aloqa o’rnatilgan. Hozirgi kunda bunday simlarni zamonaviy ko’rishdagi maxsulotlaridan foydalaniladi. Bularga misol qilib optik tolali simlarni keltiramiz. Bun bir qancha qulayliklarga ega. Lekin shunday tolali aloqalar ham zamon talablariga javob bera olmayapti. Chunki bu sim orqali aloqasini o’ziga bog’liq bir qancha noqulayliklari bor. Bularga misol keltirsak, bu simlarni qandaydir aloqa markazlarigacha tortib olib borish, simlarni joylashtirishdagi noqulayliklar va hk.


    Bundan tashqari simlarni tayyorlash uchun ham xom ashyolar sarf bo’lishi kabi moliyaviy noqulayliklari mavjud. Shunday noqulayliklar va moliyaviy zararlardan qochgan holda yangi zamonaviy aloqa simsiz aloqalar ishlab chiqildi. Bunga misollar keltirsak, birinchi navbatda mobil aloqa va eng qulay aloqalardan biri hisoblanayotgan simsiz aloqa tizimidir. Simsiz aloqaga Wi Fi, Wi MAX va shunga o’xshash bir qator aloqa texnologiyalar kiradi.
    ASOSIY QISM


    Wi-Fi. Wi-Fi texnologiyasi hozirgi kunga kelib kompyuter olamida eng perspektiv kompyuter tarmoq tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Wi-Fi (Wireless Fidelity) — ingliz tili so’zlaridan tashkil topgan bo’lib, «simsiz vafolik» ma’nosini anglatadi. Wi-Fi texnologiyasi deb raqamli ma’lumotlarni radiokanallar orqali jo’natish turlaridan biridir. Ushbu texnologiya yaratilishida avvalo korporativ foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan bo’lib, kabelli tarmoqni o’rnini egallashi bashorat qilingandi. Bizga ma’lumki albatta kabelli tarmoqli kompyuter tarmog’ini yaratish uchun bir necha ming kabel tarmog’ini qo’lda o’rnatish hamda maxsus tarmoq topologiyasini o’rnatish talab qilinishini hamma bilishligi aniq. Wi-Fi — radiochastotalarning qisqartirilgan boshqaruv chastotalarida ishlovchi simsiz ma’lumot almashinish standartlashtirilgan texnologiyasi. Odatda Wi-Fi tarmog’i orqali WLAN(Wireless Local Area Network — Simsiz Lokal Tarmoq) tarmoqlar yaratiladi. Ushbu tarmoqda albatta yuqori radioto’lqinlar orqali aloqa tashkil qilinuvchi hamda ma’lumot almashinishini ko’rish mumkin bo’ladi. Bu tizim kabelli tarmoqni kengayishi yoki unga alternativ sifatida bitta ofis, butun bir bino yoki bir maydon territoriyasida ishlatiladi. Wi-Fi texnologiyasi minglab kabel tarmog’ini tushirish kabi mablag’li jarayon uchun mablag’laringizni tejash bilan birga, o’rnatishni oddiyligi esa murakkab texnik o’rnatish jarayonlariga vaqtni iqtisod qilinishini bu tarmoqni boshqa tarmoqlardan ustun qilib qo’yadi. Simsiz tarmoqlar radiochastotalardan foydalanishiga sabab radioto’lqinlar bino yoki umuman ofislardagi devor yoki shunga o’xshagan to’siqlardan ham o’tib ketaveradi va umuman hech narsa unga to’siq bo’la olmaydi(masofadan tashqari albatta!). Simsiz tarmoqlar o’z-o’zidan kabelli tarmoqlardan ishonchliroq hisoblanadi. Ko’pchilik WLAN tarmoqlarini diapazoni yoki qoplash maydoni 160 metrni tashkil qiladi, bu albatta uning yo’lidagi to’siqlarning qanaqaligiga va qanchaligiga bog’liq bo’ladi. Ushbu tarmoqni ishlash tezligi kabelli tarmoq bilan tenglashashi ham mumkin va undan bir necha barobar yuqori ham bo’lishi mumkin. Bu albatta qaysi standartidan foydalanishga ham bo’gliq bo’ladi. Wi-Fi standartlari haqida to’liqroq keyingi bo’limda tanishishingiz mumkin bo’ladi.
    Xuddi oddiy tarmoqlar kabi WLAN tarmog’ida ham ma’lumotlarning o’tkazuvchanlik qobiliyati uning topologiyasidan, yuklanishidan, yuklanish nuqtasining masofasiga va shu kabi parametrlarga bog’liq bo’ladi. Ushbu tarmoqni eng qulay tomonlaridan birinchisi uni oson o’rnatilishida bo’lsa ikkinchisi esa Wi-Fi tarmog’ini kengaytirishdagi muammolarni umuman yo’qligi yoki boshqacha qilib aytganda ushbu tarmoq kengayishi oson bo’lgan eng sodda tarmoq hisoblanadi desam mubolag’a bo’lmasa kerak. Ushbu WLAN tarmo’gini kengaytirish uchun esa amaliy jihatdan yondoshib qaraganda yangi ulanish nuqtalarini yaratishning o’zigina kifoya.

    Wi-Fi qurilmasini yoki razvyortkasini sotib olayotgan foydalanuvchi o’zini bemalol quyidagi imkoniyatlarni egasiligiga deb hisoblashi mumkin:


    1. Ko’pfunksional multiservisli simsiz aloqa bilan birgalikda qo’shimcha qurilmalar bilan ishlovchi maxsus qurilma
    2. Yuqori tezlikda uzoq masofalarga ma’lumot almashinish imkoniyatiga ega bo’lasiz
    3. Tarmoqni kengaytirish uchun deyarli hech qanday ishni amalga oshirishni keragi yo’q:yangi foydalanuvchi tarmoqqa ulanish uchun tarmoqqa ulanish parolini bilishi buning uchun yetarli hisoblanadi.
    4.Ushbu foydalanuvchi internet texnologiyalari hamda telekommunikatsiya sohalarining eng oxirgi yutuqlaridan foydalanayotgan bo’ladi. Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki quyida keltirib o’tilgan barcha ma’lumotlar tashqi tarmoq tegishli albatta achinarli holat hisoblanadi.

    Download 393 Kb.
      1   2   3   4




    Download 393 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mustaqil ish Mavzu: simsiz aloqa tarmoqlarida ofdm texnologiyalaridan foydalanish

    Download 393 Kb.