Eksperemental psixologiyaning rivojlanishiga hissa




Download 452.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana12.05.2023
Hajmi452.49 Kb.
#58976
1   2   3
Bog'liq
Eksperemental psixologiya
kurs ishi (9), Salomatova Nasiba B1 sertifikat, ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо (1), 8-mavzu. Bosim datchiklari., algoritmlar va ularning murakkabligi, o-zbekiston-hududida-amal-qiluvchi-tarif-rejalari
3.Eksperemental psixologiyaning rivojlanishiga hissa 
qo'shgan olimlar
Psixologik diagnoz tadqiqot sharoitida inson xulq-atvorini xarakterlaydigan 
material asosida tushuntirilishi kerak. Sinaluv-chining shaxsiy hayot va psixik 
faoliyati haqida eksperimental tadqiqot yo’li bilan ma’lumotlar asosida psixologik 
diagnoz qo’yiladi. Tadqiqotchi psixik faoliyat natijalari haqida ma’lumot olish 
uchun turli psixodiagnostik metodlardan foydalanadi (N.A.Menchinskaya, 1966; 
Z.I.Kalmikova. 1968; S.Y.Rubinshteyn, 1970; B.V.Zeygarnik, 1976; 
V.M.BIeyxer, 1976; L.F.Burlachuk, 1979; M.K.Gurevich, 1984 va boshqalar). 
Respublikamizda 
psixodiagnostikaning 
rivojlanishiga 
M.G.Davletshin, 
B.R.Qodirov, G’.B.Shoumarov, E.G’.G’oziev, V.A.Tokareva, R.Z.Gaynutdinov, 
V.M.Karimova, R.I.Sunnatova, Sh.R.Baratov, A.Jabborov, Z.T. Nishanova, 
Sh.A.Do’stmuham- medova, E.N.Sattorov, G.To’laganova kabi olimlar o’z 
hissalarini qo’shganlar (Umumiy psixologiya fani) 
Ushbu kursni o‘rganish mutaxassisning psixolog sifatida shakllanishi uchun 
muhim ahamiyat kasb etadi. Ayrim tadqiqotlarga nazar tashlaganda, 
izlanuvchilarning noilmiy, soxta ilmiy fikr yuritish va xulosalar 
qilayotganligi ko‘zga tashlanadi. Noilmiy va soxta ilmiy fikrlash va xulosalar 
psixologik bilimlarning cheklanishiga va psixologik hodisalarning mohiyatini 
anglashga hamda ularning qonuniyatlarini aniqlash imkoniyatini cheklaydi. 
Demak, eksperimental psixologiya kursini o‘rganish nima uchun kerak? 
Psixologik tadqiqot metodlari to‘g‘risidagi kursni o‘zlashtirmasdan turib, aniq va 
etarlicha ilmiy asoslangan dalillar ustida mulohaza yurita olinmaydi. SHuningdek, 
tadqiqot metodikalari to‘g‘risidagi ushbu kursni o‘rganish esa psixologiya 
sohalarini (sotsial psixologiya, kognitiv psixologiya, taraqqiyot psixologiyasi, 
pedagogik va yosh psixologiyasi, yuridiik psixologiya va boshqalarni) chuqur va 
mustahkam o‘rganish uchun ham asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Amerika psixologiya assotsiatsiyasi 1984 yil dekabr Prinston universitetida har 
yili o‘tkaziladigan uchinchi kengashi 22 ishtirokchisining asosiy faoliyati 
tashkilotning birinchi Konstitutsiyasini tasdiqlashdan iborat bo‘lgan. Bu kichik 


hajmli hisobot tarzidagi etti maqoladan iborat hujjat edi. Birinchi maqola 
psixologiya fanining shakllanishiga doir asosiy masalalarni qamrab olganligi 
bilan diqqatga sazovor. Bunda assotsiatsiyaning maqsadi, ya’ni qay tarzda 
“psixologiyaning fan sifatida rivojlanganligi, a’zolikka huquqi bo‘lgan shaxslar 
bu ishga jalb qilingan”ligi tavsiflashdan iborat bo‘lgan (Kettell, 1895, 150 b). 
YAngi rivojlanayotgan bu sohaning ilmiy maqom olishi yashirin bo‘lgan emas. 
Haqiqatan ham XIX asr oxiri va XX asr boshlarida psixologiya maqomi asosiy 
masalalardan biri bo‘lgan. Ba’zilar psixologiya har doim falsafa tarkibida bo‘ladi 
deb qat’iy turishsa, ba’zilar uni fiziologiya tarkibiga kiritishni uqtirar edi. 
Psixologiya borasidagi turli qarashlarni 1980 yil boshlarida Prinston psixologi 
Jeyms Mark Bolduin misolida yaqqol tasvirlash mumkin. U Aleksandr Beynning 
ikki tomli mashhur psixologiya asarini buyurtma qildi va Bolduinga qarshi chiqdi. 
Hukumatning rasmiy javobida bu kitob “hech qanday ilmiy nufuzga ega 
emas”ligi mutaxassislar tomonidan belgilanganligi yozilgan edi (O’Donnell, 
1985, 132 b). 


Boshqalarni ishontirishning (balki, hatto hukumat “ekspertlari”ni ham) bir yo‘li 
– bu ilmiy maydonda tan olingan ilmiy metodlarni qo‘llash va psixologlar 
birinchi qilgan ishi fiziologlar metodologiyasini o‘zlashtirish (masalan, 
psixofizika va vaqt reaksiyasi) yoki yangi strategiyalar (masalan, psixik testlar va 
labirintlar)ni yaratishni o‘z ichiga oladi. Mazkur maqolaning maqsadi ong va 
xulq-atvor haqidagi bilim izlanishlarida ilmiy metodologiyaning evolyusiyasini 
o‘rganish hisoblanadi. Men bu bobni Tadqiqot metodologiyasining 4 kategoriyasi 
asosida shakllantirdim, bularning barchasi XIX asrda o‘z ildiziga ega edi. Bu 
kategoriyalar quyidagilar: 
Aql o‘lchagichi – jezdan yasalgan psixologik o‘lchov asbobi; 
Ichkariga boqib – o‘z-o‘zini tahlil qilish “anketasi”va davri; 
SHaxsiy farqlar bahosi – psixik test o‘tkazish tartibi; 
Xulq-atvorni kuzatish – qiyosiy psixologiya merosi. 
Bu kategoriyalar bilan bog‘liq bo‘lgan har bir metodning tavsifidan so‘ng, 
dastlabki psixologlar qay tarzda psixolog olim bo‘lib etishganliklarining qisqacha 
tavsifi bilan bobni tugataman. 
Mashhur ingliz olimi F.Gal’ton 1884 –1885 yillar davomida bir necha 
seriyalardan tajribalar o‘tkazdi. Bunda 5 dan 80 yoshgacha bo‘lgan hoxlovchilar 
arzimagan haq evaziga laboratoriyada o‘z kuchi, reaktsiya tezligi; organizmning 
xislatlarini 17 ko‘rsatkich bo‘yicha tekshirishlari edi. Bu ko‘rsatkichlar qatoriga 
shuningdek, bo‘yi, oqirlik, opkaning triklik siqimi, kalt va musht kuchi, harflarni 
eslab qolish qobiliyati, ko‘rish o‘tktrligi, rangni farqlash kabi ko‘rsatkichlar ham 
kiritildi. To‘liq dastur bo‘yicha hammasi bo‘lib 9337 kishi tekshirilib chiqildi. 
F.Gal’tonning fikriga ko‘ra, testni o‘kazish eksperimentni talab etadi. SHunday 
qilib, eksperiment fanning haqiqiy asosi, poydevori deb qarala boshlandi. Bu 
haqida Dj. Kettell ham ta’kidlab o‘tgan: qachonki asosidan eksperiment va 
o‘lchash, aniqlash tashkil qilar ekan, shundagina psixologiya xaqiqiy va aniq fan 
bo‘lishi mumkin. 1890 yilda nashr qilingan ilmiy ishida u 50 turdagi laborotoriya 
testlarining ro‘yxatini keltiradi. Hozirgi kunda ularni testdan ko‘ra ko‘proq 
topshiriqlar deb atash to‘g‘riroq bo‘ladi. bu topshiriqlar testlarga qo‘yiladigan 


talablardan faqat ikkitasiga ega edi: uni qo‘llash ko‘rsatmasi mavjud hamda 
tadqiqotning (laborotor) ilmiy xarakteri ta’kidlangan edi. Bu talablarga ko‘ra 
laborotoriya yaxshi jixozlanishi; testni o‘tkazish vaqtida begonalar bo‘lmasligi; 
barcha teshiruvchilarga bir xilda ko‘rsatma berilishi, ya’ni ular nima qilishlari 
kerakligini yaxshi o‘zlashtirib olishlari lozim edi. 
F.Gal’ton va Dj.Kettell dastlabki asarlari nashr etilgach, test metodi g‘oyasi turli 
mamlakat olimlarining diqqatini o‘ziga tortdi. SHu tariqa uning tarafdorlari va 
qarshi bo‘lgan olimlar paydo bo‘la boshladi. Bu metodni qo‘llash tarafdorlariga 
quyidagilarni kiritish mumkin: Germaniyada – G.Myunsterberg, S.Krepilin, 
V.Onri, Frantsiyada – A.Bine, AЈSHda – Dj.Gilberd va boshqalar. Bu 
tadqiqotchilar yangi turdagi, ya’ni psixologiyani amaliyot extiyojlari bilan 
bog‘lashga uringan olimlar edilar. Biroq amaliy tadqiqotlarga intilish 
psixologiyada fandan yiroqlashish deb baholanadi. Dj. Kettellning ta’kidlashicha, 
u o‘zining dastlabki testlarini laborotoriya tadqiqotlarida individual farqlarni 
aniqlash maqsadida 1885 yilda qo‘llangan, ammo V. Vundtning qarshiligi tufayli 
ularni nashrdan chiqara olmadi. 


Yangi metodlar yaratilishi bilan birga birlashtirilgan testlar qo‘llanila boshlandi. 
Masalan, aqlni o‘rganish metodlari orasida amerikalik psixolog D.Veksler (1939, 
1955) ning subtestlari keng tarqaldi. YAngi proektiv metodlar ham yaratilib, 
keng qo‘llanila boshlandi (amaerikalik psixolog G. Myurre (1935, 1943) ning 
tematik appertseptsion testi ( TAT), nemis psixologi S. Rozents Veygning 
frustratsiyaga bo‘lgan reaktsiyani o‘rganish testi va boshqalar ). 
Rus psixologiyasida diagnostik metodlaridan foydalanish o‘z tarixiga ega. Bunda 
psixodiagnostika rivojlanishining ikki bosqichini ajratib ko‘rsatish mumkin. 
Birinchi bosqich 20-yillarning boshidan 30-yillarning o‘rtasigacha bo‘lgan davrni 
o‘z ichiga oladi. Bu davrda pedagogika va psixotexnikada test metodlari keng 
tarqaldi. Bu davrda psixologik diagnostikaning rivojlanishida M.S. Bernshteyn, 
L.S. Vigotskiy, P.P. Blonskiy, S.G. Gellershteyn, N.D. Levitov, G.I. Rossalimo, 
P.I. SHpil’reyn va boshqalar katta hissa qo‘shdilar. Olimlar tomonidan ilgari 
surilgan qator ilg‘or fikrlar keyinchalik rivojlantirilmadi, chunki 1936 yildan 
keyin bu sohadagi barcha tadqiqotlar to‘xtatildi va psixodiagnostikaning keyingi 
rivojlanishiga jiddiy to‘siq vujudga keldi. 
Psixodiagnostika rivojlanishidagi ikki bosqich 50-60 yillarga to‘g‘ri keladi. Bu 
davrda aqliy taraqqiyotni o‘rganishga katta e’tibor beriladi. 
Rus psizxologi tomonidan ishlab chiqilgan aqliy taraqqiyotni sifatiy tahlil qilish 
tamoyili qatolr vazifalarni hal qilishda o‘z mahsuldorligini namoyon qildi va 
ko‘pgina tadqiqotlarda o‘z aksini topdi. 
Respublikamizda psixodiagnostikaning rivojlanishiga M.G. Davletshin, B.R. 
Qodirov, G‘.B. SHoumarov, E.G‘. G‘oziev, V.A. Tokareva, R.Z. Gaynuttdinov 
kabi olimlar o‘z hissalarini qo‘shganlar. 
Ma’lumki, XIX asr fizika, biologiya, fiziologiya, ximiya va boshqa tabiat 
fanlarning gurillab o‘sishi bilan xarakterlanadi. Fanda paydo bo‘lgan 
eksperimental metodning keng qo‘llanilishi fanning bunday o‘sishiga yordam 
berdi. XVIII asrning oxiri XIX asrning boshlaridayoq psixologlar o‘rtasida psixik 
xodisalarni o‘rganishda eksperimentni tadbiq qilish mumkin emasmikan degan 
masala maydonga chiqdi.Bu masala buyicha filosof I.Kant o‘z fikrini aytdi. 


Uning fikricha, psixologiyada eksperimentning bo‘lishi mumkin emas, ularga 
matematikani tadbiq qilish mumkin emas. Psixik xodisalarni o‘lchashning 
mumkinligi, binobarin, psixologiyada eksperimetning bo‘lishi mumkinligi xaqida 
nemis psixologi I. Gerbart (1776-1841 y.) ijobiy fikr aytgan. U «psixologiyada 
matematikani tadbiq etish mumkin va zarurligi xakida» shunday degan: «Mening 
tekshirishlarim amalda faqat psixologiyaning o‘zi bilan cheklanib qolmasdan, 
balki fizikaga va umuman tabiat fanlariga ham qisman aloqadordir». 
Gerbartning fikricha, asosiy psixik element tasavvurdir, qolgan barcha processlar 
– xissiyot, iroda, tasavvurlar kombinaciyasidan va munosabatlaridan iboratdir. 
Ruxiy xolatlar doimo o‘zgarish processida bo‘ladi. Tasavvurlarning bu doimiy 
o‘zgarish va almashish processida ma’lum darajada doimiylik, qonuniyat bor. Bu 
doimiylikning miqdor tomonini o‘lchash mumkin. SHuning uchun ham , 
Gerbartning fikricha, psixologiyaga matematikani tadbiq qilish mumkin. 
Gerbart, garchan psixologiyada eksperimentdan foydalanishning zarurligi va 
foydaliligini isbotlagan bo‘lsa ham, lekin uning o‘zi bu metoddan foydalanmagan. 
Psixologiyada eksperimentni tatbiq qilish buyicha dastlabki ishlarni fiziolog 
Veber (1796-1878 y.) va fizik Fexner (1801-1887 y.)lar amalga oshirdilar. Veber 
va Fexnerlarning maqsadi tashqi ta’sirotlar (fizik omillar) va ularning muvofiqi – 
sezgilarning o‘zaro munosabatlari soxasidagi qonuniyatlarni topishdan iborat edi. 
Fexner eksperimental metodlar asosida sezgilarning ortib borishi bilan ularni 
kuzgatuvchi ta’sirotlar o‘rtasidagi qiyosiy munosabatni aniqlab, sezgi 
qo‘zg‘atkich logarifmasiga proporcionaldir degan psixo-fizik qonunni kashf etdi. 
Veber va Fexnerlar o‘tkazgan tajribalar «Psixofizika» degan aloxida fanning 
paydo bulishiga olib keldi. 
Veber va Fexner ishlarining aham iyati, asosan, shundan iboratki, ular birinchi 
bo‘lib psixologiyani, tabiat fanlari singari, eksperimental fanga aylantirish 
mumkin ekanligini isbotladilar. SHu vaqtgacha faqat kuzatish, asosan, o‘z-o‘zini 
kuzatishdan foydalanib kelinayotgan psixologiya endi aniq fanlardagi ob’ektiv 
metoddan foydalana boshlaydi. 
3.V.Vundtning eksperimental psixologiya va yunalishiga doir, amaliy 
izlanishlarning mohiyati 


Vunt eksperimental psixologiya taraqqiyotida ayniqsa nemis fiziologi va 
psixologi Vilgelm Vundt (1832-1920 y.)ning ishlari katta aham iyatga ega bo‘ldi. 
Vundtgacha faqat ichki tajribadan va oz-o‘zini kuzatishdan foydalanib kelgan 
psixologiya faqatgina tasviriy fan edi. Vundt eksperiment va o‘lchash metodlarini 
zarur deb topib, psixologiyani izohli fanga aylantirishni maqsad qilib quydi. 
Vundt psixologiya uchun klassik metodlar bo‘lib qolgan bir qancha metodlarni, 
ya’ni kuzgatish metodi, ifodalash metodi va reakciya metodlarini kashf etdi ham 
da rivojlantirdi. Vundt 1879 yili Leypsigda birinchi eksperimental psixologiya 
laboratoriyasini tashkil qildi. Oradan kup vaqt o‘tmasdan (1881 y.) u Berlin 
universiteti xuzurida eksperimental psixologiya institutini tashkil qildi. 
Vundt shug‘ullangan masalalardan biri usha vaqtda astronomlar tomonidan 
ochilgan diqqatni bir vaqtda ikkita xar xil kuzgatkichga to‘plash mumkin 
emasligi xaqidagi masala edi. Bu xodisani aniqlash uchun Vundt (laboratoriya 
tashkil qilingunga qadar) 1861 yilda aloxida mayatnik ish uylab chiqardi (Vundt 
mayatnigi). Bu mayatnik graduslarga bo‘lingan yoy atrofida xarakatlanadi va xar 
bir ma’lum vaqtdan keyin shingirlaydi. Bu psixologik elementlar uchun kashf 
etilgan birinchi asbob edi. Ilmiy (izoxli) psixologiyani oyoqqa turgizish uchun 
Vundt qo‘shimcha vosita sifatida yondosh fanlar, ayniqsa fiziologiya, 
astronomiya, etnografiya, tarix, mifologiya va boshqa fanlardan olingan 
ma’lumotlardan foydalanish zaruriyatini ilgari surdi. Leypcig laboratoriyasi va 
institutidan namuna olib, Germaniyaning boshqa universitetli shaxarlarida ham , 
shuningdek boshqa mamlakatlarda ham , jumladan Franciya, Angliya va 
Amerikada laboratoriya ham da institutlar tashkil qilindi. XIX asrning oxirida 
Rossiyada ham bir qancha eksperimental psixologiya laboratoriyalari tashkil 
qilindi: Moskvada Tokarskiy, Qozonda Bexterev, Odessada N.N.Langerlar 
tomonidan shunday laboratoriyalar ochildi. 1911 yil Moskva universiteti 
xuzurida, mahsus qurilgan binoda professor CHelpanov rahbarligida 
eksperimental psixologiya instituti tashkil qilindi. Xozirgi vaqtda bu institut RF 
Pedagogika fanlari akademiyasi sistemasiga kiradi. Professor A. F. Lazurskiy 


(1874-1917 y.) tomonidan eksperimental metodning aloxida turi – tabiiy 
eksperimental ishlab chiqarilgan. 
Eksperimentning bu turidan bizda bolalar psixologiyasini o‘rganishda, 
pedagogika masalalarini, ayniqsa, ta’lim psixologiyasi masalalarini ishlab 
chiqarishda keng va unumli foydalanilmoqda. 
Eksperimental metodning tatbiq qilinishi psixologiya fani taraqqiyotiga juda 
unumli ta’sir ko‘rsatdi. Bu metod yordamida oddiy kuzatish yoki o‘z-o‘zini 
kuzatish yo‘li bilan aniqlash qiyin bo‘lgan yoki butunlay mumkin bulmagan ko‘p 
ma’lumotlar aniqlandi, ayrim psixik xodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishlar 
aniqlangan, psixik processlardagi, ayniqsa, sezgilar, diqqat, idrok, xotira 
soxasidagi ba’zi bir qonuniyatlar ochilgan. 
Eksperimental analiz yo‘li bilan murakkab psixik processlar (idrok, xotira, 
tafakkur)ning aloxida komponentlari tarkibiy qismlari ajratilgan, psixik 
processlarning fiziologik xodisalar bilan, shuningdek, tashqi fizik muxit hamda 
ijtimoiy muxit bilan bo‘lgan bog‘lanishlari ochilgan. 
Eksperimental tekshirishlarning yakunlari, shuningdek, eksperimental metodning 
usullaridan foydalanish praktik faoliyatning turli soxalarida – o‘quv tarbiya 
ishlarida, medicinada, mexnatni tashkil qilish va ratsionalizatsiyalashtirishda, sud 
ishlarida, san’atda juda ko‘p foyda keltiradi. XIX va ayniqsa XX asrlarda 
psixologiya faqat empirik (tajribaga asoslangan) fan sifatida taraqqiy etadi. Bu 
davrda uning predmeti, ya’ni urganadigan vokelik soxasi kuchli ravishda 
kengaydi, bu fanning aloxida yangi soxalari paydo bo‘ladi va shakllanadi, yangi, 
yanada samaraliroq tekshirish metodlari kashf qilinadi. Psixologiyaning bergan 
ma’lumotlaridan amaliy faoliyatning turli soxalarida foydalanila boshlaydi. Ayni 
vaqtda, XIX va XX asrlarda idealizm bilan materializm o‘rtasidagi kurash yanada 
chuqurlashadi. 
Vundt labaratoriyasi original izlanishlarni olib borgunga qadar, psixofizika 
metodologiyasi esa ilk bor Fexner tomonidan standartlashtirilib, 20 yildan buyon 
qo‘llanilib kelinardi va psixofizika (masalan, Ernest Veber)dagi dastlabki 
qarashlarni o‘rganish undan ham oldin boshlangan edi. Fexnerning daholigi 
shundaki, 1880-yillarning o‘rtalaridayoq u fizik stimullar orqali sezgining sifat 


holatini miqdor holati bilan aloqadorligini o‘lchab, undagi o‘zgarishlarni 
aniqlashga yo‘l topdi (masalan, sezilarli farqlarning psixologik tengligi). Bu 
metodlar orqali u psixofizikadagi 2 asosiy muammoni har tomonlama 
o‘rganishda foydalandi: fosh etish muammosi va tafovut muammosi. 
Dastlabki muammo qancha stimullarning hozirda juda kam sezilishi muammosi 
bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi muammo ikki stimuldagi sezilmas tafovutlarning 
qanday farqlanishi muammosi bilan bog‘lanadi. 
XIX asr so‘nggida psixofizik izlanishlar Fexnerning metodologiyalarini 
takomillashtirishni maqsad qildi va bu metodlar sezgi sifatlari klassifikatsiyasi 
yoki Veber qonunidek tajribaga oid aloqalardagi cheklanishlar testini aniqlash 
uchun xizmat qildi. Masalan, Fullerton va Kettell (1892) maktabiga ko‘ra, oddiy 
psixofizik masala sinovdan o‘tkazildi – ikki obekt og‘irligining o‘zaro bog‘liqligi 
haqida xulosalar chiqarish va o‘zgarmas stimulli psixofizik metodda ijobiy 
tomonga o‘zgarish beruvchi kichik o‘zgarishlarni taklif qildi. Fullerton va Kettell 
shuni aniqlashdiki, odamlar ikki narsa og‘irligini solishtirishda ular “og‘irroq” va 
“yorqinroq” kabi xulosalardan ko‘ra “teng” degan xulosa chiqarishni ma’qul 
topganlar. Tadqiqotchilar ular dastlab bergan xulosalari, ya’ni “teng” xulosalarini 
berishgach, ularning fikrlarini o‘zgartirishga, ya’ni narsalarning qaysi biri 
yaxshiroq ekanligini aniqlashga undaganlar. Bu undash orqali og‘irlikni 
solishtirishda o‘zgarmas stimulli metodda aniqlanganda ishtirokchilar faqat 
“yorqinroq” yoki “og‘irroq” degan xulosaga kelishlari zarur deb tavsiya 
berishgan, shu tariqa, “teng” deb xulosa chiqarish kamayadi. 
1890 yillar davomida Kornell laboratoriyasida E.B.Titchener tomonidan 
psixofizika metodologiyasidan foydalanib, belgining sifati muhim faoliyat 
ekanligi aytildi. Titchener millati Britaniya, biroq nemis temperamenti vakili, 
insonlar ongli tafakkur tajribasiga asosan asosiy elementlar aynanlashtiriladi, deb 
o‘zining fikrini asoslaydi. Har qanday vaqtda 2 stimuldagi o‘zgarmas farqliklar 
aniqlanadi va u ongda aynanlashtiriladi, degan fikriga ishonadi. Bunda ranglarni 
farqlashni tajriba qiladi, masalan, Titchener ishtirokchilardan (yoki 
kuzatuvchilardan) eng kichik ranglar orasidagi turli diapazondagi o‘zgarishlar, 


to‘q rangga, och rangga kirayotgani haqidagi xulosalarni so‘raydi. Bu jarayonda 
Titchener (1896) minglab yaqqol namoyon bo‘luvchi sensor sifatlarni hisobladi. 

Download 452.49 Kb.
1   2   3




Download 452.49 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Eksperemental psixologiyaning rivojlanishiga hissa

Download 452.49 Kb.
Pdf ko'rish