• Idrok haqida umumiy tushuncha.
  • Idrokning fiziologik asoslari.
  • Mustaqil ishi idrok reja




    Download 9.34 Mb.
    bet1/3
    Sana31.01.2023
    Hajmi9.34 Mb.
    #40383
      1   2   3
    Bog'liq
    Idrok
    gromov-t, Sarvinoz Allayorovna. Die aktuellen Herausforderungen, Munavvar Qori Abdurashidxonovniong pedagogik qarashlari, Mirjalol kurs ishi 1, Academic-Data-304211100769, topshiriqlar, 111111111111, 2022 yil 18-iyunga qadar fanlar, 15 мажбурий, tipik masala, B2-English-test-with-answers, Axmatqulova Muborak, SHAYBONIYLAR VA ASHTARXONIYLAR DAVRIDA MADANIYAT VA ADABIYOT, zaripov, Marketing va uning asosiy vazifalari[1]

    Buxoro Davlat Pedagogika Instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Matematika va informatika ta’lim yo’nalishi “5MI-22”-guruh talabasi Ro’zmetova Zuhraning Umumiy psixologiya fanidan mustaqil ishi
    IDROK Reja:
    • Idrok haqida umumiy tushuncha.
    • Idrokning nerv-fiziologik asosi.
    • Idrokning turlari.
    • Idrok xususiyatlari.

    Idrok haqida umumiy tushuncha.
    Idrok tushunchasi lotin tilida «regserio» qabul qilish, idrok deb nomlanadi, uning yuqori bosqichi esa «appersensiya» (lotincha regseryo idrok, qabul qilish) deyiladi.
    Idrok sezgilarga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon bo‘lib hisoblanganligi sababli barcha ruhiy holatlar, hodisalar, xususiyatlar, xossalar va inson ongining yaxlit mazmuni, egallangan bilimlar, tajribalar, ko‘nikmalar bir davrning o‘zida namoyon bo‘ladi, aks ettirishda ishtirok qiladi. Idrok yoki qabul qilish shaxsning obyektiv reallikdagi voqea-hodisalarning va predmetlarni aks ettirishdagi murakkablik, yaxlitlik va to‘laligi bilan sezgirdan farq qiluvchi ruhiy jarayondir. Sezgilar yordamida predmetlarning, narsa va hodisalarning ayrim tomonlari, ba’zi xususiyatlari bilib olinadi. Har bir predmet yoki voqea-hodisada ayrim belgilardan tashqari turlicha sifatlar va xususiyatlarning yaxlit kompleksi mujassam bo‘ladiki, odam ularni butun formada, yaxlit tarzda aks ettiradi. Shuning uchun ham sezgilarga qaraganda idrok voqelikni aks ettirishning murakkab tomonidir.
    Idrokning fiziologik asoslari.
    Idrok sezgi kabi reflektor jarayondir. I.P.Pavlov idrokning asosi tashqi olamdagi narsalari yoki hodisalarning retseptorlarga ta’sir etishi tufayli bosh miya katta yarim sharlarining po’stida yuzaga keladigan shartli reflekslar, ya’ni vaqtli nerv bog‘lanishlari ekanligini ko’rsatib bergan. Bunda tashqi olamdagi narsalar yoki hodisalar kompleks qo‘zg‘atuvchilar tarzida ta’sir qiladi. Bu kompleks qo‘zg‘atuvchilar analizatorlarning miya po’stidagi qismlarida murakkab analiz va sintez qilinadi. Idrok sezgilarga nisbatan miya analitik- sintetik faoliyatining yuksak formasi hisoblanadi.
    Idrokning nerv-fiziologik asosi ham sezgilarning nerv-fiziologik asosiga qaraganda murakkabdir. Idrok jarayonining nerv-fiziologik asosida bir necha sezgi a’zolariga barobar ta’sir etuvchi kompleks qo‘zg‘atuvchilarning ta’siri natijasida bosh miya po’stida hosil bo‘ladigan sintez jarayoni, ya’ni vaqtli bog‘lanishlar (shartli reflekslar)ning hosil bo’lishi yotadi. Bundan tashqari, idrok jarayonining nerv-fiziologik asosi birinchi va ikkinchi signallar sistemalarining faoliyatlari bilan ham bog‘liqdir. Idrok obrazining yuzaga kelishidan iborat murakkab jarayonning asosi ichki analizator va analizatorlararo bog‘lanishlar sistemasidir.

    Download 9.34 Mb.
      1   2   3




    Download 9.34 Mb.