|
Mustaqil ishi Qabul qildi: O`rinboyev Rustam 2023-2024-o`quv yili Mavzu: Jadvallar, shakllar, so‘rovlar, hisobotlar yaratish Reja: Strukturalangan mb tayyorlash
|
bet | 1/3 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 60,56 Kb. | | #145218 |
Bog'liq mustaqil ish Shamiyeva.D (Автосохраненный)
O`zbekiston Respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi
A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universteti
matematika va informatika fakulteti
100-22 gurux talabasi Shamiyeva Dildoraning
Kompyuter taminoti fanidan tayyorlagan
mustaqil ishi
Qabul qildi: O`rinboyev Rustam
2023-2024-o`quv yili
Mavzu: . Jadvallar, shakllar, so‘rovlar,
hisobotlar yaratish
Reja:
Strukturalangan MB tayyorlash.
Jadvallar, shakllaar, so’rovlar, hisobotlar yaratish.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
Strukturalash – bu ob’yektlar va ma’lumotlarning o‘zaro bog‘lanishini tasvirlash usullari haqidagi kelishuvni kiritishdir. 1-misol: Strukturalanmagan ma’lumotlar. Shaxsiy ish N 45493; Hamrayev Karim Ermatovich; tug’ilgan sana 1979 yil 1 fevral; Shaxsiy ish N 45498; Boqiyev Dilmurod Rahmatullayevich; tug‘ilgan sana 1985 yil 5 dekabr; Shaxsiy ish N45595; Zokirov Anvar Rashidovich; tug’ilgan sana 1984 yil 15 may. Shaxsiy ish № Familiyasi Ismi Otasining ismi Tug’ilgan sana 45493 Hamrayev Karim Ermatovich 01.02.79 45498 Boqiyev Dilmurod Rahmatullay evich 05.12.85 45595 Zokirov Anvar Rashidovich 15.05.84 2-misol: Strukturalangan ma’lumotlar. MBBТ – MBni yaratish, uni dolzarb holatda ushlab turish, kerakli axborotni topishni tashkil etish va bosh-qa vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘ladigan dasturiy vositalar majmuasidir. MBBТ misoli sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: DBASE; Microsoft Access; Microsoft FoxPro for Windows; Paradox for Windows. MB bitta yoki bir nechta modellarga asoslangan bo‘lishi mumkin. MB modellarining uchta asosiy turlari mavjud: relyatsion, iyerarxik va semantik tarmoq. Relyatsion (lotin tilidagi relatio — munosabat, bog’lanish so‘zidan olingan) modelda ma’lumotlarni saqlash uni tashkil etuvchi qismlari orasidagi munosabatlarga asoslangan. Eng sodda holda u jadvaldan iborat bo‘ladi. Murakkab axborot modellari ana shunday jadvallarning o‘zaro bog‘langan to‘plamidan iborat. MBning iyerarxik modeli pastki pog‘onadagi yuqori pog‘onadagiga bo‘ysunish tartibida joylashgan elementlar to‘plamidan iborat bo‘ladi va ag‘darilgan daraxt (graf)ni tashkil etadi. Ushbu model daraja, tugun, bog’lanish kabi parametrlar bilan tavsiflanadi. Uning ishlash tamoyili shundayki, quyi darajadagi bir nechta tugunlar bog‘lanish yordamida yuqoriroq darajadagi faqat bitta tugun bilan bog‘langan bo‘ladi. MBning semantik tarmoq modeli iyerarxik modelga o‘xshashdir. U ham tugun, daraja, bog‘lanish kabi asosiy parametrlarga ega. Lekin semantik tarmoq modelida turli darajadagi elementlar orasida «erkin» bog‘lanish qabul qilingan. Ko‘pchilik MBlari jadval tuzilmasiga ega. Unda ma’lumotlar adresi satr va ustunlar kesishmasi bilan aniqlanadi. MBda ustunlar – maydonlar, satrlar esa yozuvlar deb ataladi. Maydonlar – MB tuzilmasining asosiy elementlaridir. Ular ma’lum xususiyatlarga ega bo‘ladilar. Har qanday maydonning asosiy xususiyati uning uzunligidir. Maydon uzunligi undagi belgilar soni bilan ifodalanadi. Maydonning yana bir xususiyati, uning nomidir. Maydonda uning nomidan tashqari yana imzo xususiyati ham mavjud. Imzo – ustunning sarlavhasida aks ettiriladigan axborotdir.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mustaqil ishi Qabul qildi: O`rinboyev Rustam 2023-2024-o`quv yili Mavzu: Jadvallar, shakllar, so‘rovlar, hisobotlar yaratish Reja: Strukturalangan mb tayyorlash
|