Mustaqil ishi sxemaning asosiy passiv elementlari (rezistorlar, induktivlik g‘altaklar, kondensatorlar)ning belgilanishi va xususiyatlari




Download 22.63 Kb.
bet5/7
Sana18.12.2023
Hajmi22.63 Kb.
#123010
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mustaqil ishi sxemaning asosiy passiv elementlari (rezistorlar, -hozir.org
Nomozov Musulmon, 266686.pptx, 978-1-5275-4600-4-sample, 1. Tadqiqot dasturining nazariy asoslari. Sotsiologik tadqiqot u (1) (1)
1 MW = 1000 kW = 1000000 W.
Gidrogeneratorlar suv kuchi bilan aylantiriladi. Ularning bir minutda aylanish chastotasi 50–500 ayl/min bo‘ladi. Bu generatorning qutblarini ko‘p qutbli qilib ishlab chiqariladi va quvvatlari 500 MW gacha, rotorning diametri 15 metr, uzunligi esa 2 metr bo‘ladi. Kuchli gidrogeneratorlarning o‘qlari vertical holatda ishlab chiqariladi.
Diod deb odatda bir yoki bir necha elektr o'tishlar va tashqi zanjirga ulanish uchun ikkita chiqishga ega bo'lgan elektr o'zgartirgich asbobga aytiladi. Yarim o'tkazgichli diodlar ma'lumotnomalarda radioelektron apparaturalarda qo'llanilish sohalari yoki vazifasiga ko'ra sinflanadilar.
To'g'rilovchi diodlar kuchlanish manbai o'zgaruvchan kuchlanishini o'zgarmasga o'girishda qo'llaniladi. To'g'rilovchi diodlarning asosiy xossasi– bir tomonlama o'tkazuvchanlik bo'lib,
uning mavjudligi to'g'rilash effekti bilan aniqlanadi.
To'g'rilovchi diodlarning ishlatilish chastota diapazoni juda keng. Shu sababli ular ishchi chastota diapazoni bo'yicha sinflanadilar.
Yarim o`tkazgichli xotira elementlari. Aytib o`tilgandek “YOKI-YO`Q”, “VA-YO`Q” mantiqiy sxemalarida kombinasiyalash yo`li bilan “XOTIRA” qurilmalarini hosil qilish mumkin. Bunday qurilmalarga triggerlar deb ataladi. Trigger ikkita turg`un muallak holatga ega bo`la oladigan va kirish (boshqarish) signali ma`lum darajadan oshganda bir holatdan ikkinchi holatga sakrab o`tadigan qurilmaga aytiladi. Triggerlar ikki sinfga bo`linadi: Simmetrik va Nosimmetrik. Xotira qurilmalarida asosan simmetrik triggerlar qo`llaniladi. Simmetrik triggerlarda birinchi mantiqiy sxemani chiqishi ikkinchisini kirishi bilan ikkinchisini chiqishi esa birinchisini kirishi bilan bog`langan bo`ladi.
1–rasmda ikkita bir hil tranzistorli sxemalar asosida qurilgan ikkita kirishli “YOKI-YO`Q” operasiyasini bajaradigan simmetrik triggerni strukturaviy (a) va prinspial (b) sxemalari ko`rsatilgan.
1(a)-rasmda chiqish С1 kirish A2 bilan kirish A1 chiqish C2 bilan tutashtirilgan. Qolgan B1 va B2 kirishlar triggerni boshqarish uchun lashlatiladi. Trigger ikkisistabil yacheyka (b-rasm) sifatida Т1 va Т3 tranzistorlardan tuzilgan: Т1 tranzistorga chiqish (kollektor) Т3 tranzistorni kirish (baza) bilan, Т3 tranzistorni chiqish esa Т1 tranzistorni kirish (baza) bilan tutashgan. Trigger ikki turg`un holatda hohlagancha vaqt turishi mumkin. Bunday holatlar uchun 1) T1- yopiq, T3-ochiq; 2) T1-ochiq, T3-yopiq. Shunday qilib simmetrik triggerga elektrik asimetriya (rejim ma`nosida) mos keladi. Triggerda chiqsh potensiali ikki hil holatda bo`ladi, birinchisi mantiqiy 1ga, ikkinchisi mantiqiy 0ga to`g`ri keladi. Triggerda o`rnatilgan holat uni kirishdagi signal o`zgarmaguncha saqlab qoladi. Trigger boshqa holatga yordamchi boshqaruvchi kirishlar hisoblanadi. Bunday boshqarish trigger ishini ajrim boshqarish deb ataladi.
Mantiqiy elementlar ko`pincha kontaksiz asboblar asosida tuzilib, dastur bilan boshqariluvchi sistemarlida qo`llaniladi. Bu elementlar bilan VA, YO`Q va XOTIRA mantiqiy funksiyalarini bajarish mumkin. Mantiqiy element VA dan chiqish signali olish uchun uning birinchi va boshqa hamma kirishlariga signal berishlari zarur. 2-rasmda tranzistorlar (a) va yarimo`tkazgichli dioddan (b) tuzilgan “VA” mantiqiy elementllarini sxemasi ko`rsatilgan.
2-rasm. a-tranzistordan; b-yarimo`tkazgichli dioddan tuzilgan VA mantiqiy elementlarini sxemalari.
2-rasm. a-uchun element chiqishidan musbat potensial olish uchun hamma tranzistorlar bazasiga manfiy potensialli ilpulslar berish kerak bo`ladi.
2-rasm. b-uchun esa kirish qismlariga musbat signal berilsa, uning chiqish qismlarida ham signal hosil bo`ladi. “YOKI” funksiyasini bajaruvchi mantiqiy element bir necha kirish va bitta chiqish qismiga ega bo`ladi. Bunda chiqish signalini olish uchun kirish qismlarini biri yoki hammasiga signal berish zarur.
3-rasm. Tranzistorlardan tuzilgan “YOKI” elementini sxemasi.
4-rasm. Tranzistorlardan tuzilgan “YO`Q” elementini sxemasi.
Bunda tranzistorlardan bittasini yoki hammasining bazasiga manfiy signal berilsa, u holda elementning chiqish qismida signal hosil bo`ladi. Inversiya yoki mantiqiy inkor etish funksiyasi “YO`Q” operasiyasi deb ataladi. Bu operasiyaning boshqarilish sxemasi 4-rasmda ko`rsatilgan.
Bu erda kirishdagi signal “1” bo`lsa chiqishdagi “0” bo`ladi. Kirishdagi “0” bo`lsa chiqishdagi “1” bo`ladi, yani kirishdagi kuchlanish nolga teng bo`lganda tranzistor yopiq, EK kuchlanish chiqishdagi kuchlanishga teng. Kirishga signal berilganda tranzistor ochilib, undan va qarshilik RK dan tok o`tadi va RK qarshilikda kuchlanish pasayuvi hosil bo`ladi. Chiqishdagi kuchlanish U(chiq) ning qiymati kichik, yani “0” bo`ladi.

Download 22.63 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 22.63 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mustaqil ishi sxemaning asosiy passiv elementlari (rezistorlar, induktivlik g‘altaklar, kondensatorlar)ning belgilanishi va xususiyatlari

Download 22.63 Kb.