Mustaqil ta’lim ishi Bajardi: Samadov Laziz Tekshirdi: Boltayeva. K. Sh




Download 256,01 Kb.
bet2/3
Sana21.12.2023
Hajmi256,01 Kb.
#125651
1   2   3
Bog'liq
dorixonalar

Yaponiya
Bu davlatda o‘rtacha umr davomiyligi allaqachon 85 yoshdan ortib ketgan va Yaponiyani haqli ravishda keksalar yurti deb atash mumkin. Yana bir qiziq fakt – bu davlatda 100 yoshni qarshilaganlar 80 ming nafardan ko‘proqni tashkil etadi. E'tiborlisi, yuzga yetgan 80 450 yaponiyalikdan 70 975 nafari (88 foiz) – ayollardir.
Tibbiyot tizimi kasallik profilaktikasiga nihoyatda jiddiy e'tibor qaratadi. Ko‘pchilik yapon tibbiyoti aholi uchun bepul, deb o‘ylaydi. Aslida bu davlatdagi tibbiy xizmatlar anchagina qimmat. Aholi tibbiy xizmatlarning 70 foizidan ortig‘ini qoplab berishi shart bo‘lgan tibbiy sug‘urtaga ega bo‘lishlari kerak.
Germaniya
Nemis tibbiyoti jahon etalonlaridan biri hisoblanadi va dunyoning aksariyat davlatlaridan bemorlar shifo ilinjida Germaniyaga oshiqadilar. Tibbiyot juda qimmat, ammo sifat va natijalar bu jihatni chetga suradi. Reabilitatsiya, kardiologiya, kardioxirurgiya, onkologiya kabi sohalarda bu davlat shifokorlari har qanday hamkasblari bilan bellasha oladilar.
O‘z aholisi uchun tibbiy sug‘urta tizimi ishlaydi va faqat 10 foizga yaqin aholigina nodavlat sug‘urta kompaniyalar xizmatidan foydalanadilar. Fuqarolarning mutlaq ko‘pchiligi davlat sug‘urta tizimiga suyangan holda davolanadi.
Isroil
Yahudiylar aniq fanlarda ilg‘orliklarini isbotlaganlar. Bundan tibbiyot ham mustasno emas. Tibbiyot turizmi degan tushunchani industriya darajasiga ko‘targan davlatlardan biri va dastlabkilari qatorida Isroil turadi. Onkologiya, mikrojarrohlik, qon tomirlar jarrohligi, kardioxirurgiya sohalarida bu davlat tibbiyoti juda ilgarilab ketgan.
O‘z aholisi ko‘pchilik davlatlardagi kabi tibbiy sug‘urta asosida davolanadi. Aksi ham bo‘lishi mumkin emas – har qancha daromad qilmasinlar, zarur bo‘lganda tibbiy xizmatlar har qanday toifadagi fuqarolar uchun qimmatlik qiladi.
Shvetsiya
Skandinaviyadagi bu davlat o‘z fuqarolariga tibbiy xizmatlarni maksimal darajada tekin qilib bergani bilan maqtana oladi. Soliqlarni taqsimlashda sog‘liqni saqlash tizimi eng birinchi va ulkan ulushni oladi.
Dunyoning boshqa biror davlatida uchramaydigan bir misol – stomatologik xizmatlarning ham 19 yoshgacha bepulligi bu fikrning yaqqol isbotidir. Yana bir jihat – har bir dorixona umumiy tizimga ulangan va dori xarid qilish istagida bo‘lgan bemorga oid barcha ma'lumotlar dorixonalarda ham saqlanib qoladi.

AQSh
Dunyoning eng qudratli davlati tibbiyoti ham o‘ziga yarasha. AQSh ko‘plab boshqa sohalar singari meditsinaga ham butun dunyodan eng aqlli mutaxassislarni jalb qila olishi bilan e'tibor qozongan. Shifokorlar bu davlatda juda boy va obro‘li insonlardir.
Sug‘urtasi bo‘lmaganlar tibbiy tizimga juda qimmat haq to‘laydilar. Shunga qaramay dunyoning eng badavlat korchalonlari AQShning yetakchi klinikalarida davolanishni odat qilishgan. O‘z fuqarolariga ega esa turli tibbiy sug‘urtalar taklif etiladi.

Download 256,01 Kb.
1   2   3




Download 256,01 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mustaqil ta’lim ishi Bajardi: Samadov Laziz Tekshirdi: Boltayeva. K. Sh

Download 256,01 Kb.