Mustaqil va mustaqil bo’lmagan gaz zaryadlari. Mustaqil gaz zaryadlarining turlari va ularning qo’llanilishi




Download 221.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana02.11.2023
Hajmi221.22 Kb.
#93096
1   2   3
Bog'liq
Gaz razryadlari
Tirigonometrik funksiya, 2-Ma\'ruza.., Multizm dasturi 1
Магнит
майдони
.


hosil qilishda, metallarni kesishda va payvandlashda, qoplamalar hosil qilishda 
foydalaniladi. 
Barcha yulduzlar, jumladan quyosh ham, yulduzlar atmosferasi, 
galaktikadagi tumanliklar va yulduzlararo muhitlar moddaning to`rtinchi holati – 
plazmadan iboratdir. Er ham plazma qobiq – ionosfera bilan o`ralgan. Magnit 
bo`ronlari va qutb yog`dusi ham er atrofidagi plazmaga bog’liq. 
Radioto`lqinlarning ionosfera plazmasidan qaytishi Yerda uzoq masofaga 
radioaloqa o`rnatishga imkon beradi.
Plazma fizikasini o`rganish kosmosda ro`y beradigan jarayonlarni 
o`rganish uchun ham muxim ahamiyatga ega. Chunki quyosh sistemasining 
hamma joyida “plazma shamollari” mavjud bo`lib, ba’zida ular shu qadar kuchli 
bo`ladiki kosmanavtlar uchun ma’lum havf tug`dirishadi. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, plazma fizikasi fanining yutuqlari 
texnikada juda keng qo`llanilishi mumkin. 
Xulosalar: Ionlashgan gazda erkin elektronlar, musbat va manfiy ionlar mavjud 
bo`ladi. Gazdan elektr tokining o`tishiga gaz razryadi deyiladi. Gazda tokning 
tashqi ionlashtiruvchi ta’sirida vujudga kelishiga nomustaqil gaz razryadi 
deyiladi Tashqi ionizatorning ta’siri tugagandan keyin ham davom etadigan 
razryadga mustaqil gaz razryadi deyiladi.
Gazdan o‘tayotgan tok kuchining qo‘yilgan elektr maydon kattaligiga — elektr 
kuchlanishga qanday bog‘liqligini ko‘rib chiqaylik. Buning uchun sxemasi 125-
rasmda tasvirlangan elektr zanjirni yig‘aylik. A anod va K katodlarni yassi 
kondensator qop- lamalari kabi bir-biriga parallel ravishda o‘rnataylik. Anod va 
katod orasidagi kuchlanish V voltmetr bilan, anod va katod orasidagi gaz 
(havo)dan o‘tayotgan tok kuchi A ampermetr bilan o‘lchanadi. R reostat yorda- 
mida anod va katod orasidagi kuchlanishni o‘zgartira borish mumkin. Anod va 


katod orasidagi havoni doimiy ravishda ionlashtirib turish uchun I ionizator 
o‘rnatilgan. Ioni- zatorning uzluksiz chaqnab turishidan anod va katod orasidagi 
havo qiziydi va ionlashadi. Ionizator yoqilgandan keyin biroz vaqt o‘tgach, 
ionlashish va rekombinatsiya o‘rtasida dinamik muvozanat qaror topadi. Elektr 
zanjirdagi kalitni ulab, kuchlanish- ni asta-sekin oshira boramiz. Anod va katod 
orasidagi elektr kuchlanish ortishi bilan hosil bo‘lgan tok kuchi ham orta boradi. 
Chunki, kuchlanish ortganda, birlik vaqt ichida zaryad tashuvchilarning anod va 
katodga yetib borishi ham ortadi. Havodan o‘tayotgan tokning kuchla- nishga 
bog‘liq holda o‘zgarishi 126-rasmda ko‘rsatilgan. Kuchlanishni oshira borishda 
shunday payt keladiki, bunda kuchlanish ma’lum qiymatga yetgach, tok kuchi 
oshmasdan o‘zgarmas bo‘lib qoladi, ya’ni tok to‘yi- nish qiymatga erishadi. Tok 
kuchining bunday qiymati to‘yinish toki I t deyiladi. Tok kuchining to‘yinishiga 
sabab nima? Kuchlanish past bo‘lganda, anod va katod orasida birlik vaqt ichida 
hosil bo‘layotgan zaryadlarning bir qismigina anod va katodga yetib IV bob. 
Turli muhitlarda elektr toki 125-rasm A K I 126-rasm A I I t 0 U m U 101 
boradi. Kuchlanish ortishi bilan anod va katodga yetib boradigan zaryadlar soni 
ortib boradi. Kuchlanish ma’lum qiymatga erishganda, havoda hosil bo‘lgan 
zaryadlarning hammasi anod va katodga yetib boradi. Agar ionizator o‘chirilsa, 
shu zahoti zanjirda tok kuchining qiymati nolga teng bo‘lib qoladi. Chunki, 
elektr razryad to‘xtaydi. Anod va katod orasidagi havoda ionizatorsiz mustaqil 
ravishda razryad bo‘lmaydi. Ionizator ta’siri to‘xtatilishi bilan to‘xtaydigan 
razryad nomustaqil razryad deb ataladi. Mustaqil razryad Agar anod va katod 
orasidagi kuchlanish oshirib borilaversa nima bo‘ladi? 125-rasmda ko‘rsatilgan 
tajribani davom ettirib, kuchlanishni yanada oshirib boraylik. Kuchlanish 
ma’lum U m katta qiymatga yetganda tok kuchi keskin orta boshlaydi (126-
rasm). Bunga sabab nima? Anod tomon harakatlanayotgan elektronlar o‘z 
yo‘lida gazdagi neytral atom bilan ko‘p marta to‘qnashadi. Elektronlarning 
tezligi kichik bo‘lganda, uning kinetik energiyasi ham kichik bo‘ladi. Kichik 


energiyali elektronlar bilan to‘qnashganda neytral atomlar ionlarga aylanmaydi. 
Kuchlanish ortishi bilan gazda hosil bo‘lgan elektronlarning anodga tomon 
harakat tezligi ham orta boradi. Kuchlanish orttira borilsa, elektronlar shunday 
tezlikka erishadiki, ularning kinetik energiyasi o‘z yo‘lida to‘qnashgan neytral 
atomlar elektronini urib chiqarishga, ionlashtirishga yetarli bo‘ladi. Hosil 
bo‘lgan yangi erkin elektron katta kuchlanishli maydonda katta tezlikka erishib, 
boshqa ion va elektronlarni hosil qila boradi. Shu zaylda gazning ionlashishi 
keskin ortadi. Bu esa tok kuchining ham keskin ortishiga sabab bo‘ladi. Agar 
tashqi ta’sir — ionizator o‘chirib qo‘yilsa ham, gazning ionla- shishi 
to‘xtamaydi. Elektr razryad ionizator ta’sirisiz ham mustaqil ra- vishda davom 
etaveradi. Ionizator ta’siri to‘xtatilganda ham davom etaveradigan razryad 
mustaqil razryad deb ataladi. Gaz razryadidagi musbat ionlar katod tomon 
harakat qiladi. Katta tezlikka ega bo‘lgan musbat ionlar katodga zarb bilan 
urilib, katoddan elektronlarni urib chiqaradi. Bu elektronlar ham yangi 
atomlarning ionlashishida va elektr o‘tkazuvchanlikda ishtirok etadi. 1. 125-
rasmda tasvirlangan tajriba tafsilotini bayon qilib bering. 2. Anod va katod 
orasidagi kuchlanish ma’lum qiymatga erishganda, nima sababdan tok 
o‘zgarmas qiymatga ega bo‘lib qoladi? 

Download 221.22 Kb.
1   2   3




Download 221.22 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mustaqil va mustaqil bo’lmagan gaz zaryadlari. Mustaqil gaz zaryadlarining turlari va ularning qo’llanilishi

Download 221.22 Kb.
Pdf ko'rish