• 1-rasm.
  • Intellekt - turmushdagi dalillar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni tushunish qobiliyati.
  • Mustqail ish




    Download 1.14 Mb.
    bet2/6
    Sana16.05.2023
    Hajmi1.14 Mb.
    #60212
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    MUSTAQIL ISH UCHUN NAMUNA
    ISMOILOV JONIBEK, Mashinali o\'qitishga kirish va uning asosiy tushunchalari, algor, 9, 1-6, 10 00 pm oraliq nazorat, 6-mavzu. Ikkilik diskret modulyatsiya turlari (manipulyatsiya). , Mahmudov Psixologiya, MAVZU jonibek
    Intellekt — insonning tafakkur yuritish qobiliyati.
    Suniy intellekt — inson intellektining ba’zi vazifalarini o‘zida mujassamlashtirgan avtomatik va avtomatlashtirilgan tizimlar hususiyati.
    Sun’iy intellekt shaxsning nisbatan barqaror bo‘lgan, masalan, axborotni qabul qilish va undan ma’lum masalalarni hal qilishda foydalana olishi kabi aqliy qobiliyatini ifodalaydi.
    Komp’yuterda hal etilayotgan masalalar, hatto ayrimlari anchagina murakkab bo‘lsa-da, intellektual hisoblanmaydi. Bu o‘rinda maktabda bajariladigan arifmetik amallar intellektual emasmi, degan savol tug‘iladi. Bu ifodada masalaga tegishli qandaydir noaniq element mavjud. Bu masalani yechish cning aniq algoritmi noma’lumligi yoki mavjud emasligidadir. Qandaydir standart materiallar masalani yechish c metodini bilmaydigan o‘quvchi uchun javobni izlash, anik aqliy mexnatni talab qiladigan intellektual amal hisoblanadi. Uslubni bilgan o‘quvchi, ushbu turdagi masalani avtomatik ravishda yechadi.
    Leksiyalar kursining asosiy mazmuniga kirishishdan avval «sun’iy intellekt» (SI), umuman «intellekt» haqidagi tushunchani aniqlab olishimiz kerak. Bu tushunchani oddiy qoida asosida tushuntirish mumkindek tuyuladi, lekin biz buni qila olmaymiz. Chunki, hozircha «intellekt va SI haqida biron-bir aniq fikr yo‘q. Bu tushunchani turli fan sohalarida ijod qiluvchi olimlarning talqin qilishlari turlicha, fikrlashlarida yakdillik yo‘q. Shu sababli bu tushunchalarning mazmunini o‘quvchiga tushuntirib berishga harakat kilamiz.
    «Intellekt» so‘zi lotincha «intellestuz» so‘zidan kelib chiqkan bo‘lib, u bilish (aniqlash), tushunish yoki fahmlash (aql) ma’nosini beradi.
    «Intellekt» so‘zini aniqlovchi, psixologlar tuzgan uchta tushunchani (katta sovet ensiklopediyasi va Vesterning amerika lug‘atidan olingan) keltiramiz. Bu tushunchalar «intellekt» tushunchasi mazmunini aniqlash uchun yordam beradi[2].

    1-rasm. Sun’iy intelekt


    Intellekt - fikrlash qobiliyati, ratsional bilish va shunga o‘xshash. Umumiy holda esa fikrlash, shaxsni aqliy rivojlanishi sinonimi bo‘lib xizmat qiladi. Intellekt (aql) - o‘z xulqini sozlash yo‘li bilan har qanday (ayniqsa yangi) holatga yetarli baho berish qobiliyati.
    Intellekt - turmushdagi dalillar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni tushunish qobiliyati. Bu qobiliyat belgilangan maqsadga erishishga olib boruvchi harakatlarni ishlab chiqish uchun kerak bo‘ladi.
    Yuqorida aniqlangan «intellekt» tushunchasidan shunday xulosa chiqarish mumkinki, ya’ni intellekt faqat insonlarga tegishli va odam aqliy qobiliyatining o‘ziga xos o‘lchovidir. Psixologlar shunday maxsus usullar yaratdilarki, bu usullar yordamida tajriba orqali odamning intellektual (aqliy) darajasini aniqlash mumkin bo‘ldi. Natijada shu narsa aniqlandiki, intellektning individual darajasi o‘rtasidan surilishi (og‘ishi) odamning fizik imkoniyatlari darajasi kabidir.
    Agar o‘rtacha aqliy qobiliyat 100 ball deb qabul qilinsa, u holda o‘ta qobiliyatli insonlarda bu ko‘rsatkich 150, 180; hattoki 200 ballga yetish mumkin. Shuni qayd qilish lozimki, evolyusiya davrida intellekt birmuncha bir tekis, inqilobiy rivojlanish davridan toki zamonaviy inson intellekti paydo bo‘lgunga qadar bo‘lgan davrni bosib o‘tgan[1,2].
    Sun’iy intellekt tushunchasiga turlicha ma’no kiritish mumkin. Turli mantiq va hisoblash masalalarini yechuvchi EHMdagi intellektni e’tirof etishdan tortib, to insonlar yoki ularning ko‘pchilik qismi orqali yechila oladigan masalalar majmuasini yechadigan intellektual tizimlarga olib boradigan tushunchagacha kiritish mumkin. SI tushunchasi boshidan va shu kunga qadar olimlarning bu tushunchaga bo‘lgan munosabati va ularning «sun’iy» so‘ziga nisbatan kelishmovchiligi tufayli qarshiliklarga uchramokda. Masalan, Ukraina FA Kibernetika institutining sobiq direktori, marhum akademik V. M. Glushkov «sun’iy idrok» so‘zini qo‘shtirnoksiz ishlatgan. SSSR FA SI masalalari bo‘yicha ilmiy yig‘ilish raisi akademik G. S. Pospelov fikricha, SI haqida hech kanday so‘z bo‘lishi mumkin emas, ya’ni hozir ham, yaqin kelajakda ham «o‘ylaydigan mashina» bo‘lmaydi. SI tushunchasini o‘zgartirish kech bo‘ldi, - deb yozadi u. Bu narsa injener, matematik, EHM va elektronika bo‘yicha mutaxassislar, psixolog, faylasuflarni birlashtiruvchi juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan ilmiy yo‘nalish ekanligiga hech kimda shubha yo‘q. U odamlarning maqsadi - kompyuterlarning maxsus programmali va apparatli vositalarini yaratish. Kompyuterning qobiliyati ijodiy natijalarni berib turishdan iborat.
    SI tushunchasini aniq ta’riflash shuni taqozo qiladiki, bu ilmiy yo‘nalish oyoqqa turish va rivojlanish bosqichidadir. Bugungi kunga kelib, shu narsa ma’lum bo‘ldiki, SI terminiga tabiatdagi jarayon va hodisalarni o‘rganish (tadqiqot kilish) da insondagi ayrim intellektual qobiliyatlarni texnik jihatdan mujassamlashtirgan umumiy tushuncha deb qaramoq lozim.
    SI ning asosiy masalasi HM larni foydaliroq qilish va intellekt asosida yotadigan prinsiplarni tushunishdan iborat. Modomiki asosiy masalalardan biri HM larni foydaliroq qilish ekan, hisoblash texnikasi sohasidagi olim va injenerlar SI qiyin masalalarni hal qilishda ularga qanday yordam berishi mumkinligini bilishlari kerak.
    Shunday qilib, masala qanday murakkab bo‘lmasin, agar uni yechish cning aniq, uslubi (algoritmi) topilgan va mos dasturi ishlab chiqilgan bo‘lsa, u ishni intellektual yoki haqiqatdan ijodiy hal qilingan deb hisoblasa bo‘ladi. Komp’yuter uchun esa odatda bu ishning faqat mexanik amallarni bajarish qismi qoladi. Lekin bu barcha masalalarda ham emas.
    Shunday vaziyatlar bo‘ladiki, masalani yechish c algoritmi umuman topilmagan bo‘lib, anchagina vaqt sarflaganda ham uni komp’yuterda yechib bo‘lmaydi. Bunday masalalar kam emas. Bular qatoriga obrazlarni topish, shaxmat o‘ynash dasturlarini yaratish, tarjimalarni avtomatlashtirish kabilarni kiritish mumkin.
    Inson shunday masalalarga duch kelganda, u qandaydir yagona yechimni yoki samarali uslubni topishga intilmaydi, balki masalani yechish c jarayonida turli uslub va yo‘l, axborot manbalaridan foydalanishga harakat qiladi. U mantiqi, qonunlarini, matematik munosabatlar, murakkab masalani maydaroq masalalarga ajratish yo‘llaridan yoki avval uchragan masalalarga o‘xshash muloxaza qilishdan foydalanadi. Bir so‘z bilan aytganda, bu o‘rinda inson fikrlashining moslashuvchanligi va ko‘p tomonlamaligi namoyon bo‘ladi.
    Sun’iy intellekt sohasidagi ishlar, asosan, komp’yuterni hozircha kam egallagan uslub va usullardan samaraliroq foydalanishga «o‘rgatish»dan iborat.
    Hozirgi kunda bu sohada anchagina ishlar qilingan, ya’ni intellektual vazifalarni hal qiladigan dasturlar yaratilgan. Mutaxassislar yaratilgan dasturlarni aniqroq, bexato ishlaydigan qilib yaxshilash va ularni takomillashtirish ustida qizg‘in ish olib borishmoqda.
    Komp’yuterda muammoni yechishning optimal varianti tanlanadi. Chunki optimal variant tanlanmasa va masala to‘g‘ridan-to‘g‘ri yechiladigan bo‘lsa, unga juda ko‘p vaqt sarflashga to‘g‘ri keladi. Masalan, uyingizdan litseyga borishning bir necha varianti bo‘lishi mumkin. Birinchi bor litseyga borayotganingizda eng yaqin yo‘lni topish uchun, albatta, yordamga muxtoj bo‘lasiz.
    Bunday masalalarda umumiy o‘xshashlik bor — ularni tasodifiy izlash uslugi yordamida yechiladi. Yechish cning variantlari esa, ekspotensial ravishda ortib boradi. Demak, ko‘p sondagi yechimlar ichidan eng qulayini topish asosiy muammo bo‘lib qoladi va bu masalaning yechimi optimal variantni tanlashni taqozo etadi.
    Komp’yuterlarning paydo bo‘lishi va dasturlar yordamida masalalarni yechish — bilishni yangi turlarining kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. Intellektual tizimni bunday turlardan biri sifatida ko‘rsatish mumkin. Intellektual tizimning asosiy prinsipi shundaki, biror masalani yechishda insonning mantiqiy fikrlash usulidan foydalaniladi.
    Murakkab masalalarning yechimini izlashda inson ma’lum qonuniyatlarni bilishga asoslanadi. U matematik teoremalar yoki amaliyotdan olingan qoidalardan foydalanadi, murakkab masalalarni sodda masalalarga ajratadi va boshqa usullarni tatbiq etadi.
    Umuman, intellektual tizimning asosiy vazifasiga to‘plangan bilimlar omborini tatbiq etish va undan foydalangan holda murakkab masalalarni yechishning optimal yo‘llarini izlash hamda yechimini topish kiradi.
    Bilimlar omborini unda qo‘llaniladigan interfeysga ko‘ra shartli ravishda uchga ajratish mumkin.


    Download 1.14 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 1.14 Mb.