Mutaxasislarini tayyorlash muammolari




Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana17.12.2023
Hajmi0,6 Mb.
#121927
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
183-188 (1)

www.pedagoglar.uz
43-son 2–to’plam aprel 2023
Sahifa: 187 
borilgan kuzatishlar, suhbatlar, musobaqalarning natijalarini tahlil qilish natidalari 
asosida quyidagi mulohazalarni bayon etishni lozim ko'rdik, ya'ni: 
- jismoniy tarbiya darslarida qiziqish bilan shug'ullanuvchi qizlar ozchilikni
(15-20%) tashkil etadi; 
- sevimli sport to'garaklari mashg'ulotlarida shug'ullanuvchilar umumiy qizlar 
soniga nisbatan qoniqarsiz (3-5%) holatda; 
-o'quv muassasalarida tashkil etilayotgan sport musobaqalarida qatnashuvchi 
qizlar ham talab darajasida emas (5-10%); 
-yengil atletika turlari, "Barchinoy" maxsus testlarining me'yoriy talablarini 
bajaruvchilar jamoalarda 5-10%dan oshmaydi; 
-shahar-tuman, 
viloyat 
miqyosidagi 
"Umid 
nihollari", 
"Barkamol 
avlod","Universiada" ko'p bosqichli sport musobaqalari v sport turlari bo'yicha 
o'tkazilayotgan birinchiliklarda ishtiroq etayotgan qizlar sport razryadi (dorojka) 
talablarini bajara olishmaydi; 
- bolalar va o'smirlar sport maktablarida, ba'zi terma jamoalarda 
(kurash,sharqona yakka kurashlar, tennis, badiiy gimnastika va h.k.) mahalliy 
millat qizlarining shug'ullanishi quvonchli voqyelikdir. Shuningdek yirik 
shaharlarda ertalab o'yin maydonlari va hiyobonlarda yugurayotgan qizlar, 
ayollarga duch kelish mumkin. 
Xulosa o'rnida aytish mumkinki, mahalliy millat qizlarini sportga jalb etishda 
salbiy ta'sir etuvchi muammolar oz emas. Shu sababdan o'zbek qizlaridan olimpiya 
o'yinlari, gimnastika, yengil atletika, suvda suzish, sport o'yinlari turlari bo'yicha 
Osiyo o'yinlari, jahon birinchiliklarida ishtiroq etuvchilar yo'q ekanligi achchiq 
haqiqatdir. O'zbek milliy kurashi, futbol, shahmat, sharqona yakka kurashlar 
bo'yicha mahalliy millat qizlaridan tarkib topgan jamoalarning (komanda) 
mavjudligi e'tiborga molikdir. Ularga berilayotgan e'tibor va imkoniyatlarni 
gimnastika, yengil atletika, suvda suzish kabi eng zarur sport turlariga ham 
qaratilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi. 



Download 0,6 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish