.BOB. Tolali optik aloqa tizimlari. Optik kommutatorlar va modulyatorlar
Optik aloqa tarixi.
Insoniyat taraqqiyotida aloqa, xususan, optik aloqa (OA)ning roli katta boigan, bunga sabab yorugiik nurining tarqalish tezligining juda yuqoriligi (3 I0 8 m/s), to‘g‘ri chiziqli tarqahshi va boshqa xususiyatlaridir. Axborotlarni uzatish uchun yorugiik nurining qoilanilishi uzoq tarixga cga. Dengizchilar axborotlarni uzatish uchun signal lampalarini qoilaganlar, mayoqlar esa ko‘p asrlar davomida dengizchilami xavf-xatardan ogohlantirgan. XVIII asrning 90-yiharida I.P. Kulibin (Rossiya) va K. Shapp (Fransiya) bir-biridan bexabar optik telegraf ixtiro qilishgan. Bu optik telegraf quyosh nurini ko‘zguIar yordamida qaytarish asosida ishlagan. A xborotlarni masofaga uzatishda yorug'lik nurining qulayligini sezgan amerikalik ixtirochi Aleksandr Grexem Bell 1882-yilda fokuslantirilgan quyosh nurini qo‘llab, Vashingtonda ikki bino tomi o‘rtasida optik telefon (fotofon) aloqasini o‘matgan. U o‘zining qurilmasi yordamida ovozni nur orqali 200 metr masofaga uzatgan. Bu tizimlar atmosfera orqali to ‘g‘ri uzatishni ta’minlangan. Axborotlami ochiq atmosferada uzatish yaxshi natija bermadi. Bunga sabab atmosferadagi harorat, havo oqimi, changlar, tuman va hakozolar tinimsiz o‘zgarib turganhgi sababli ochiq havo yorug‘lik uzatuvchi muhit sifatida ishlashga yaroqsizligi va bu muammoning yechimi - axborotlami yorug‘lik uzatkich bo'ylab uzatish g‘oyasi olimlar tomonidan XX asming 60-yillarida aniqlandi. Bu g‘oya yaratilgunuga qadar olimlar bu borada tinimsiz ilmiy izlanishlar olib bordilar.
Birinchi yorug‘lik uzatkichlar — XIX asming 70-yillarida (1874— 1876-yillar) Rossiyada yaratilgan. Rus elektrotexnigi V.N. Chikolev bir necha xonalarni bitta lampa biian yoritish uchun ichi oynali metall trubalarni ishlatgan. 1905-yilda R. Vud «fizik optikada shisha yoki eng yaxshisi kvars tayoqcha devorlaridan «ichki qaytishni» qo'llab, yorug'lik energiyasini katta yo‘qotishlarsiz bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga o‘tkazish mumkin, deb yozgan. 1920 — 1930-yillari Germaniyada elektromagnit to'lqinlarni shaffof yorug‘lik o‘tkazgichlar orqali uzatish bo‘yicha ishlar olib borildi (O. Shriver, U. Bregg). 1927-yili Bayrd (Angliyada) va Xanzell (AQSHda) televideniyeda tasvirlarni uzatish uchun juda ko‘p tolalar ishlatish kerak, degan g‘oyaga keldilar. Shu tarzda, o‘tgan asrning 50-yillarigacha tasvirlarni ingichka yorug'lik uzatkich orqali uzatish g‘oyasi, ya’ni tolali optika g‘oyasi rivojlanib bordi. 1951-yilda tolali optik aloqa rivojlanishining yangi bosqichi boshlandi: Van Xiil (Gollandiyada), Kapani va Xopkins (Angliyada) bir-biridan bexabar tasvirlarni uzatish uchun shisha tolalarning mustahkam sozlanuvchan jgutlarini yaratish va ular yordamida tasvirlarni uzatish qonuniyatlarini tadqiq etish bo‘yicha ish boshladilar. Bunday uzatishda juda ko‘p ingichka tolalar talab etilgan, ularni zich joylashtirish esa yorug‘likning bir toladan boshqasiga o ‘tib ketishiga olib kelgan. Bunday yorug‘lik uzatuvchi tolalarda yorug‘likning izolyatsiyasi masalalarini hal etishida Van Xiilning xizmatlari katta bo‘ldi. 1953-yili Van Xiil plastikdan tayyorlangan sindirish ko‘rsatkichi 1,47 bo‘lgan yorug‘likni izolyatsiyalovchi qobiqli shisha tolani yaratdi (shishaning sindirish ko‘rsatkichi 1,5 — 1,7). Uning g‘oyasi shundan iborat ediki, yorug‘lik uzatkichning sindirish ko‘rsatkichi qobiqnikidan katta bo‘lishi kerak, shundagina yorug‘lik nurining to‘liq ichki qaytishiga erishish mumkin. 1958 — 1959-yillarda Kapani va Xirshovis tomonlaridan bu g‘oya mukammalashtirildi. Ular kichik sindirish ko‘rsatkichga ega bo‘lgan shisha qobiqli shisha tola yaratdilar. Bu tolada yo‘qotishlar plastik qobiqli tolaga nisbatan kamaygan, qobiqning sayqallangan tola yuzasini tashqi mexanik ta’sirlardan himoyalovchi boshqa vazifasi ham yuzaga keladi.
|