|
Tizimni ishlab chiqish bosqichlari
|
bet | 7/8 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 0,61 Mb. | | #240627 |
Bog'liq QodirovSh. hisobot (3)
Dastlab, kerakli loyihani yaratish uchun Spring Bootdan foydalanamiz, chunki u ko'plab avtomatlashtirilgan vositalar va oson integratsiya imkoniyatlari taqdim etadi. Undan foydalanish uchun https://start.spring.io/ saytidan yaratilgan
boshlang'ich loyihani olishingiz mumkin. Ushbu veb-saytda, kerakli bog'lanuvchilar va kutubxonalarni qo'shish imkoniyati mavjud.
Mana shu saytga kirib, loyihani yaratish uchun kerakli konfiguratsiyalarni tanlab oling, proyektning tili, Spring Boot vaqtinchalik versiyasi, proyekt strukturasi (maven), kerakli kutubxonalarni qo'shing va loyihani yuklab oling.
Keyin, yaratilgan loyiha Spring Boot IDE IntelliJ IDEA va qolgan qismlarini dastlabki loyihangizni yaratish uchun qo'llaymiz. Bu bizga dastur yaratishda va uning boshlanishida juda yordam beradi.
9-rasm. Start.spring.io veb-sayti va bizga kerakli kutubxonalar.
Boshlanish uchun, Spring Boot loyihasi yaratish uchun Gradle yoki Maven-ni tanlashimiz mumkin. Bu xususiyatlar bo'limida siz Gradle yoki Maven dan foydalanishni tanlab olishingiz mumkin, ammo qaysi tili (Groovy yoki Kotlin) ishlatishingiz sizga qarab qoladi. Keyin, dasturlash tilini tanlay olasiz. So‘ng, Spring Boot bo'limidan kerakli Spring Boot versiyasini tanlash imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Keyin, Project Metadata bo'limiga o‘tib, loyihangizning nomi va tasvirlashini kiritasiz. Keyin, Add dependencies qismini ochasiz va kerakli kutubxonalarni qo'shasiz. Qo‘shmoqchi bo'lgan kutubxonalarni qidirish uchun qidiruv qatori mavjud. Kerakli kutubxonalar qo‘shilgandan so‘ng, "Generate" tugmasini bosing va loyihangizni zip formatida yuklab olasiz. IntelliJ IDEA dasturini ochib, yangi loyihangizni IntelliJ IDEA ochilgan paytda yuklab olgan
loyihangizni import qilish orqali IntelliJ IDEA-ga import qilasiz. Keyin, dasturingizni boshlab ishlay olasiz.
10-rasm. Loyihamizning fayl tuzilishi
"Config" fayl asosan, dasturlar uchun muhim konfiguratsiyalar va sozlamalarni o'z ichiga oladi. Ular dasturda ishlatiladigan sozlamalar va parametrlarni saqlash uchun xizmat qiladi.
Boshqaruv (Controller) umumiy ravishda foydalanuvchi so'rovlarini qabul qilish, so'rovlar bo'yicha amallarni bajarish va javobni qaytarish vazifasini o'z ichiga oladi. Masalan, bir kontrollerdagi funksiya foydalanuvchi tomonidan yuborilgan ma'lumotlarni qabul qilib, ularni bazaga yozish, ma'lumotlar omboridan
ma'lumotlarni o'qish va uni foydalanuvchiga javob qaytarishga yordam beradi. "Entity" ma'lumotlar bazasi obyektlarini (soddalashtirilgan ma'lumotlar bazasiga joylashtirilgan ma'lumotlarni) ifodalovchi klasslar yoki obyektlar bo'lib,
umuman, "pojo" (plain old Java object) deb ataladi.
"Loader" fayli dasturning ishga tushirilishi va dastlabki ma'lumotlar bazaga ma'lumotlar yozish uchun ishlatiladi.
"Repository" fayllari Java backend dasturlarida ma'lumotlar bazasiga murojaat uchun interfeyslarni va ularning mos obyektlarini (klasslarini) o'z ichiga oladi
"Security" fayllari Java backend dasturlarida dastur tizimining xavfsizligini sozlash uchun ishlatiladi. Ular foydalanuvchilar autentifikatsiyasi, ma'lumotlar muxofazalari, ro'l boshqaruvini va xavfsizlik sozlamalarini o'z ichiga oladi.
11-rasm. Application.properties.
Bu sozlamalar dastur tizimini sozlash uchun kerakli ma'lumotlarni o'z ichiga oladi va dastur tizimi uchun muhim bo'lgan parametrlarni aniqlashda yordam beradi. Ma'lumotlar bazasi, fayllar yuklash, autentifikatsiya sozlamalari va boshqalar kabi ko'plab asosiy funksiyalarni sozlash uchun foydalaniladi.
12-rasm. Swagger.
Swagger, dastur tizimining RESTful API-larini dokumentatsiya qilish va sinovdan o'tkazish uchun ishlatiladi. Keyingi qadamda, Swagger API-interfeysi loyihangizda ishga tushirilgandan so'ng mavjud API-larning ma'lumotlarini ko'rish, sinovdan o'tkazish va ular bilan ishlash uchun foydalanish imkoniyatiga ega bo'lasmiz.
|
| |