|
Optik aloqa tizimlari fani buyicha mavzular
|
bet | 4/7 | Sana | 22.02.2024 | Hajmi | 36,93 Kb. | | #160686 |
Bog'liq H. B. Mirzoqulov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi tatu samarqand fi-fayllar.orgOptik aloqa tizimlari fani buyicha mavzular
Kirish. Optik aloqa tizimlari, asosiy ta’rif va tushunchalar, rivojlanish tarixi, tavsiflari, tuzilish prinsipi va tasnifi.
Optik aloqa tizimlari. Asosiy ta’rif va tushunchalar. Optik aloqa tizimlarining rivojlanish tarixi. Tolali-optik aloqa tizimlariga extiyoj. Optik aloqa tizimlarining evolyutsiyasi. Asosiy konsepsiyalar. Analog va raqamli signallar. Kanallarni multipleksorlash. Modulyatsiya formatlari.
Optik aloqa tizimlarining tasnifi. Optik aloqa tizimlarining tuzilish prinsiplari.
Tolali optik uzatish tizimlarining ikki tomonlama liniya traktlarini tuzish prinsiplari. Optik aloqa tizimlarida to’lqin uzunligi bo’yicha zichlashtirish.
Optik tola va kabellar. Optik tola va uning tuzilishi. Optik tola turlari va ularning tavsiflari. Bir modali va ko’p modali optik tolalar. Pog’onali, gradientli va maxsus sindirish ko’rsatgichili optik tolalar. Optik tolalarning standartlari. Yorug’likning optik tola bo’ylab tarqalish qonuniyatlari. Yorug’likning sinish jarayoni. To’liq ichki qaytish. Sonli apertura. Yorug’likning optik tola muhiti bilan ta’sirlashuvi. Optik tolada hosil bo’ladigan modalar. Kritik chastota va modaning normallashtirilgan chastotasi. Moda maydoni diametri. Ko’p modali optik tolada modalar soni.
Optik tolaning asosiy fizik parametrlari. Optik toladagi so’nish hodisasi. Optik tolaning xususiy yo’qotishlari. Kabel yo’qotishlari. Optik toladagi dispersiya xodisasi va uning turlari. Modalararo dispersiya. Xromatik dispersiya. Material dispersiyasi. To’lqin uzatish bilan bog’liq dispersiya. Qutblangan moda dispersiyasi. Dispersiyani kamaytirish usullari.
Tolali optik aloqa kabellari. Optik kabellar. Optik kabellarning tasniflanishi. Optik kabellarning konstruktiv elementlari. Asosiy elementlari. Optik kabellarning asosiy konstruksiyalari.
Optik aloqa tizimlarining passiv elementlari. Optik tarmoqlagichlar. Optik attenyuatorlar. Optik filtrlar. Optik izolyatorlar. Dispersiyaning passiv optik kompensatorlari. Ajraladigan optik ulagichlar. Ajralmaydigan optik ulagichlar. Optik multipleksorlar va demultipleksorlar. Optik kommutatorlar.
Optik signallarni uzatuvchi va qabul qiluvchi elementlar. Optik signallarni uzatgichlari. Yarim o’tkazgichli lazer nurlanish manbalarining ish prinsipi. Yarim o’tkazgichli lazer nurlanish manbalari. Lazer diodning xarakteristika va parametrlari. Yorug’lik diodining tuzilishi. Yorug’lik diodining asosiy xarakteristikalari va parametrlari. Tolali optik aloqa tizimining uzatuvchi optik moduli.
Optik signallarni qabul qilgichlar. Fotodiodning xarakteristika va parametrlari. Fotoqabul qilgich turlari. P-i-n fotodiodlar, ko’chkili fotodiodlar. Qabul qiluvchi optoelektron modulning tuzilishi. Fotoqabul qilgich shovqinlari.
Optik aloqa tizimlarining liniya trakti. Optik aloqa tizimlarining liniya kodlari. Optik retranslyatorlar, optik kuchaytirgichlar. Optik aloqa tizimlarining liniya trakti. Raqamli tolali optik aloqa tizimlarining liniya kodlari. Liniya kodlariga qo’yiladigan talablar.
Optik aloqa tizimlarining liniya traktida qo’llaniladigan asosiy qurilmalar. Optik retranslyatorlar, ularning turlari. Optik signallarni regeneratsiyalash. Optik regeneratorning tuzilishi va ish prinsipi.
Optik kuchaytirgichlar. Optik kuchaytirgichlarning tasniflanishi va asosiy parametrlari. Yarim o’tkazgichli optik kuchaytirgichlar. Tolali optik kuchaytirgichlar. Raman optik kuchaytirgichlari.
Optik aloqa tizimlari. Plezioxron iyerarxiyali optik aloqa tizimlari. Plezioxron iyerarxiyali raqamli optik aloqa tizimlari (PRI ROAT) da multipleksorlash prinsiplari.
Sinxron raqamli iyerarxiyali optik aloqa tizimlari. Sinxron raqamli iyerarxiya (SRI) ning yaratilishining texnik-iktisodiy aspektlari. Sinxron raqamli iyerarxiya tuzilishining asosiy prinsiplari.
Sinxron raqamli iyerarxiyali optik aloqa tizimlarining qurilmalari. Umumiy tushunchalar va ta’riflar. Sinxron multipleksorlar. Sinxron multipleksorlarning konfiguratsiyasi. Multipleksorning umumlashgan tuzilishi sxemasi.
To’lqin uzunligi bo’yicha ajratilgan tolali optik uzatish tizimlari. To’lqin uzunligi bo’yicha ajratish texnologiyasi. TUBA TOUT funksional sxemasi. TUBA TOUT tasnifi va asosiy parametrlari.
To’lqin uzunligi bo’yicha ajratilgan tolali optik uzatish tizimlari tasnifi va asosiy parametrlari. TUBA TOUT multipleksor va demultipleksorlarining parametrlari va xususiyatlari.
TUBA TOUT da kesishuvchi ta’sirlar.
To’lqin uzunligi bo’yicha ajratilgan tolali optik uzatish tizimlarida kesishuvchi ta’sirlar. To’rt to’lqinli siljish tufayli o’tish xalaqitlari.
Optik aloqa tarmoqlari. Infokommunikatsiya xizmatlari. Optik telekommunikatsiya tarmoqlariga qo’yiladigan talablar. Foton texnologiyasi asosidagi mahalliy, mintaqaviy va magistral optik aloqa tarmoqlariga o’tishning asosiy prinsiplari. Optik aloqa tarmoqlarini yangi avlodlarini yaratishdagi yangi va istiqbolli optik texnologiyalar.
Abonent ulanuvchi optik aloqa tarmoqlari. Umumiy xolat. Abonent ulanuvchi optik aloqa tarmoqlarining tuzilish prinsipi. Abonent ulanuvchi optik aloqa tarmoq texnologiyalari va arxitekturasi.
Abonent ulanuvchi optik aloqa tarmoqlarining tasnifi va asosiy parametrlariga qo’yiladigan talablar. Abonent ulanuvchi optik aloqa tarmog’ining asosiy parametrlariga qo’yiladigan talablar. Nazorat va boshqaruv tizimi.
Passiv optik aloqa tarmoq texnologiyalari. Passiv optik texnologiyalarining xususiyatlari. A-PON texnologiyasi. E - PON texnologiyasi. G-PON texnologiyasi. Abonent tarmoqlarida qo’llaniladigan passiv optik qurilmalarni solishtirish. Optik ulanish tarmoqlarida G-PON texnologiyasini qo’llash. G-PON texnologiyasining xarakteristikalari. G-PON texnologiyasi orqali optik tarmoqga ulanishni tashkil etish.
Optik aloqa tizimlari va tarmoqlari sinxronizatsiyasi. Asosiy tushunchalar. Sinxronizatsiya turlari, tizimlar va tarmoqlarning sinxronizatsiyalash usullari va prinsiplari. Sinxrosignal manbalarining asosiy parametrlari. Sinxronizatsiya tizimlarining asosiy parametrlari.
Telekommunikatsiya tarmoqlarida sinxronizatsiya turlari. Telekommunikatsiya tarmoqlarida sinxronizatsiyalash usullari. SRI/SDH apparaturalarida sinxronizatsiyalash rejimlari. Tarmoqning taktli sinxronizatsiyasining asosiy tuzilish prinsiplari va standartlari. Tarmoqning taktli sinxronizatsiya tizimini tuzish. Tarmoqning taktli sinxronizatsiyatsiyasini boshqarish tizimi.
Optik aloqa tizimlari va tarmoqlarining axborot xavfsizligi. Umumiy qoidalar. Atamalar va ta’riflar. Xavfsizlik tizimining tuzilishiga talablar. Aloqa tarmog’i xavfsizligi. Xavfsizlikni boshqarishning umumiy xizmatlari. Tolali optik uzatish liniyalarining zaifligi. Optik tizimlar va tarmoqlarning axborot xavfsizligini ta’minlash uslublari va vositalari. Nazorat signallari usullari va qo’llanish soxalari. Tolali optik liniya traktlarining xavfsizligini ta’minlash uslublari.
Optik aloqa tizimlari va tarmoqlarini loyihalash. Tizim va uzatish liniyalarini loyihalashga tizimli yondoshish asoslari. Uzatish aloqa liniyasi uchastkalarining uzunligini hisoblash va loyihalash. Tolali optik uzatish aloqa liniyasi uchastkasini hisoblash. SRI/SDH asosidagi TOUL ni loyihalash xususiyatlari.
To’lqin uzunligi bo’yicha ajratilgan multipleksorlangan optik aloqa uzatish liniyalarini loyihalash xususiyatlari. To’lqin uzunligi bo’yicha multipleksorlangan optik aloqa tizimi va uzatish muhitining xarakteristikalari. To’lqin uzunligi bo’yicha multipleksorlangan optik aloqa tizimini loyihalashda sifat mezonlari. To’lqin uzunligi bo’yicha multipleksorlangan optik aloqa tizimi apparaturasi bilan jihozlangan, regeneratsiyalash seksiyasini loyihalash.
Optik aloqa tizimlarining texnik ekspluatatsiyasi. Optik aloqa tizimlaridan texnik foydalanish. Texnik ekspluatatsiya jarayonini tashkil etish. Texnik ekspluatatsiya va boshqarish tizimini tashkil etish. Raqamli tolali optik aloqa tizimini texnik ekspluatatsiya qilish.
Raqamli tolali optik aloqa tizimlarini ekspluatatsiya qilishga oid me’yorlar. Umumiy qoidalar. Sinxron raqamli TOAT traktlarida xatolik parametrlariga bo’lgan ekspluatatsion me’yorlar.
Optik aloqa tizimlari va tarmoqlarida o’lchash usullari va vositalari. Optik aloqa tizimlari va tarmoqlari parametrlari va xarateristikalarini o’lchash usullari va vositalari.
Optik uzatish liniyalarini o’lchashda qo’llaniladigan reflektometrlar va spektro-analizatorlar va ularda o’lchash usullari.
Optik aloqa tizimlari va tarmoqlarida qo’llaniladigan optik quvvatni o’lchashda, vaqt oralig’ida optik aloqa liniyalarini xarakteristika va parametrlarini o’lchashda, optik aloqa kanallari va tarmoqlaridagi xatoliklarni o’lchashda va optik spektrlarini o’lchashda qo’llaniladigan o’lchov vositalari va usullari.
Tolali optik uzatish tizimlarining ikki tomonlama liniya traktlarini tuzish prinsiplari. Optik kanallarni zichlashtirish usullari: vaqt buo’yicha zichlashtirish, chastota bo’yicha zichlashtirish, to’lqin uzunligi bo’yicha zichlashtirish.
Optik tola turlari. Bir modali va ko’p modali optik tolalar. Optik tolaning sindirish ko’rsatkichi profillari va dispersiya bo’yicha turlari. Optik tolalarning standartlari. Optik tolaning geometrik parametrlarini aniqlash.
Optik tolalarning sonli aperturasini tajriba yo’li bilan aniqlash
Optik tolada signalning so’nishini hisoblash.
Optik tolada dispersiya. Dispersiyaning tolali optik aloqa tizimlarining uzatish sifatiga ta’siri. Dispersiyani kamaytirish usullari. Optik tolada signalning dispersiyasini hisoblash.
Ajraladigan va ajralmaydigan optik ulagichlar, optik attenyuatorlarning xarakteristikasini tadqiq etish.
Tolali optik aloqa tizimlarida qo’llaniladigan yorug’lik manbalarining parametrlarini hisoblash.
Yorug’lik diodi va lazer diodining xarakteristikalarini qiyosiy o’rganish.
Tolali optik aloqa tizimlarida qo’llaniladigan fotoqabulqilgichlarning asosiy parametrlarini hisoblash.
Optik kuchaytirgichlarning turlarini o’rganish ularning ish prinsipi, xarakteristika va parametrlarini qiyosiy tahlil etish. Xalqaro, shaharlararo va mahalliy tarmoqlarda qo’llaniladigan raqamli uzatish tizimlarida raqamli oqimlarni birlashtirish usullarini o’rganish.
Uzatish tizimining standart raqamli oqimlarini tuzilish prinsiplarini o’rganish.
Sinxron raqamli iyerarxiya (SDH) ning asosiy topologiyalari: nuqta-nuqta, xalqa, yacheykali
SDH asosidagi TOUT regeneratsiyalash uchastkasi uzunligini hisoblash va aloqani tashkil etish.
To’lqin uzunligi bo’yicha zichlashtirish texnologiyasining asosiy prinsiplarini o’rganish. WDM to’lqin uzunligi bo’yicha ajratilgan TOUT apparaturasi bilan jihozlangan, regeneratsiyalash seksiyasini uzunligini hisoblash va aloqani tashkil etish.
Sinxron raqamli TOAT multipleksorlash seksiyalarida xatolik parametrlariga ekspluatatsion me’yorlar. Raqamli traktlar va multipleksorlash seksiyalarini sinash va ekspluatatsiyaga kiritish haqida qaror qabul qilish tartibi.
|
| |