• GPL(GNU Public Licenseb, GNU)
  • «Sakila»
  • Server 2000, Windows Vista, Windows 7 ,… MySQL shved korxonasi MySQl AB
  • WAMP, AppServ, LAMP, Denwer
  • Mysql haqida boshlang’ich tushunchalar Mysql




    Download 54.75 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana16.11.2022
    Hajmi54.75 Kb.
    #30505
    Bog'liq
    Mysql haqida boshlang’ich tushunchalar Mysql




     Bosh Sahifa (/) / Bloglar (/blogs) / Ma‘lumotlar Ombori (/blogs/malumotlar-ombori) / MySQL haqida boshlang’ich tushunchalar
    MySQL haqida boshlang’ich tushunchalar
    MySQL — bu eng mashhur va juda ko'p foydalaniladigan ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi(MBBT) hisoblanadi. Bu tizim juda katta
    ma'lumotlar bilan ishlash uchun yaratilmagan, aksincha biroz kichik hajmdagi bazalar bilan katta tezlikda ishlash uchun yaratilgan. Uning asosiy
    ishlash doirasi, saytlar hisoblanadi. Hozirgi kunda juda ko'p sayt va bloklarning ma'lumotlari aynan shu MBBT saqlanadi.
    Ho'sh, saytlarning nimalari bazada saqlanishi mumkin? Dastlab, ma'lumotlar saqlash uchun dasturchilar fayllardan foydalanishgan, ya'ni fayl
    ochilib kerakli ma'lumotlar u yerga saqlanib, kerakli paytda chaqirib ishlatilgan. Keyinchalik fayllardan voz kechilib(noqulayliklar yuzaga kelgan,
    ya'ni faylni ochish, o'qish, yopish,.. ko'p vaqtni olib qo'ygan, u yerdan qidirish, xullas juda ko'p), ma'lumotlar bazasiga o'tilgan. Bazada saytdagi
    maqolalar, sayt foydalanuvchilari haqidagi ma'lumotlar, sayt kontentlari, qoldirilgan kommentariyalar, savol-javoblar, hisoblagich natijalari va
    shunga o'xshash juda ko'p ma'lumotlar saqlanadi. MySQL shunday ma'lumotlarni o'zida saqlaydi.
    MySQL — juda katta tezlikda ishlovchi va qulay hisoblanadi. Bu tizimda ishlash juda sodda va uni o'rganish qiyinchilik tug'dirmaydi.
    MySQL tizimi tcx kompaniyasi tomonidan, ma'lumotlarni tez qayta ishlash uchun korxona miqyosida ishlatishga yaratilgan. Keyinchalik
    ommalashib, saytlarning asosiy bazasi sifatida yoyildi.
    So'rovlar SQL tili orqali amalga oshiriladi. Bu MBBT relyatsion ma'lumotlar baza hisoblanadi. Bu degani baza jadvallar, jadvallar esa ustunlardan
    tashkil topgandir.
    MySQL MBBTi 2 xil turdagi litsenziyaga ega. Birinchisi tekin, ya'ni MYSQLni ko'chirib olish va ishlatish hech qanday harajat talab qilmaydi va
    GPL(GNU Public Licenseb, GNU) litsenziyasiga asoslanadi. Ikkinchi turi, GPL shartiga ko'ra, agar siz MySQL kodlarini biror dasturingizda
    ishlatsangiz, bu dasturingiz ham GPL(tekin) bo'lishi kerak. Bu esa dasturchiga to'g'ri kelmaydi. Shuning uchun, bu dasturingizni pullik qilishingiz
    uchun MySQL pullik litsenziyasini sotib olishingiz kerak.
    MySQL logotipi delfin hisoblanadi. Bu delfinni ismi «Sakila»dir. Bu logotipni OpenSource tuzuvchilaridan biri Ambrose Twebaze ga tegishlidir.
    MySQL juda ko'p operatsion tizimlar bilan ishlay oladi. Bularni yozadigan bo'lsam: AIX, BSDi, FreeBSD, HP-UX, Linux, Mac OS X, NetBSD,
    OpenBSD, OS/2 Warp, SGI IRIX, Solaris, SunOS, UnixWare, Windows 95, Windows 98, Windows NT, Windows 2000, Windows XP, Windows
    Server 2000, Windows Vista, Windows 7,…
    MySQL shved korxonasi MySQl AB ga tegishli bo'lgan, keyinchalik SUN firmasi MySQL ni o'ziniki qilib olgan. Bir necha yil oldin esa, gigant
    korxonalardan biri Oracle, SUN firmasini sotib oldi va hozirda MySQL Oracle firmasi mahsuloti sifatida chiqib kelmoqda. Bu bir hisobda Microsoft
    SQL Server ga katta raqobatdosh ekanligini anglatadi.
    MySQL bir necha serverlarning bir qismi hisoblanadi. Misol uchunWAMP, AppServ, LAMP, Denwer,… Kliyentlar MySQL serveriga ma'lum bir
    kutubxonalar orqali ulanadi. MySQL ga quyidagi dasturlash tillari ulanib ishlashi mumkin: Delphi, C, C++, Java, Perl, Php, Python, Ruby va
    boshqalar.
    Manba:  akmx (http://lessons.itportal.uz/mysql/mysql-haqida-boshlangich-tushunchalar/)


    mysql (/posts/tag/mysql) database (/posts/tag/database) sql (/posts/tag/sql) ma'lumotlar (/posts/tag/ma%26%23039%3Blumotlar)
    malumotlar (/posts/tag/malumotlar) mo (/posts/tag/mo) ombori (/posts/tag/ombori)  Ma‘lumotlar Ombori (/blogs/malumotlar-ombori) 
    26-Noyabr 02:30 11951

    M
    ANBA


     info@texnoman.uz (mailto:info@texnoman.uz)

     Yordam kerakmi? (/contacts)

    (https://www.facebook.com/texnoman.uz/)

    (https://github.com/texnoman)

    (https://telegram.me/texnoman)

    (https://youtube.com/texnomantv)

    Download 54.75 Kb.




    Download 54.75 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mysql haqida boshlang’ich tushunchalar Mysql

    Download 54.75 Kb.
    Pdf ko'rish