• O‘ZBEKISÒON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RÒA MAXSUS ÒA’LIM VAZIRLIGI O‘RÒA MAXSUS, KASB-HUNAR ÒA’LIMI MARKAZI
  • UO‘K: 621.791(075) KBK 30.61 ya 722 D-15 Dadaxanov N. K.
  • N. K. Dadaxonov elekòr-gaz payvandlash




    Download 2.32 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/49
    Sana25.04.2022
    Hajmi2.32 Mb.
    #20281
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
    Bog'liq
    elektro-gaz payvandlash texnologiyasi2
    1-kurs


    N. K. Dadaxonov
    ELEKÒR-GAZ PAYVANDLASH
    ÒEXNOLOGIYASI
    Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma
    2-nashri
    «O‘QITUVCHI» NASHRIYOT-MATBAA IJODIY UYI
    ÒOSHKENÒ—2013
    O‘ZBEKISÒON RESPUBLIKASI
    OLIY VA O‘RÒA MAXSUS ÒA’LIM VAZIRLIGI
    O‘RÒA MAXSUS, KASB-HUNAR ÒA’LIMI MARKAZI


    Ò a q r i z c h i l a r : Namangan MII dotsenti, texnika fanlari
    nomzodi A. MURODOV
    Namangan MPI dotsenti, texnika fanlari
    nomzodi A. S. POLVONOV
    Namangan SQXK oliy toifali o‘qituvchisi
    M. MAMADIYEV
    ©„¤³èòóâ÷è“ nashriyoti, 2002
    ©„O‘qituvchi“ NMIU, 2013
    UO‘K: 621.791(075)
    KBK 30.61 ya 722
    D-15
    Dadaxanov N. K.
    Elektr-gaz payvandlash texnologiyasi: kasb-hunar
    kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma / H.K. Dadaxonov;
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
    vazirligi; O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi;
    2-nashri. —Ò.: „O‘qituvchi“ NMIU, 2013. —96 b.
    O‘quv qo‘llanmada „Elektr-gaz payvandlash tex-
    nologiyasi“ fanidan nazariy ma’lumotlar berilgan. U
    060001—qishloq xo‘jaligi mashinalari va jihozlaridan
    foydalanish hamda ta’mirlash ta’limi yo‘nalishida va shu
    fanni o‘qiydigan boshqa yo‘nalishdagi o‘quvchilar uchun
    ham mo‘ljallangan.
    ISBN 978-9943-02-699-5
    UO‘K: 621.791(075)
    KBK 30.61 ya 722
    30.61
    D-15
    ISBN 978-9943-02-699-5


    Hozirgi kunda mashinasozlik bilan birga payvandlash
    ham rivojlanib bormoqda. Payvandlash faqat mashinasoz-
    likda emas, balki boshqa sohalarda ham keng yo‘lga
    qo‘yilgan. Uning yordamida yangi konstruksiyalar ishlab
    chiqiladi, buyum va jihozlar ta’mirlanadi va yana boshqa
    ishlar ham amalga oshiriladi. Payvandlash ishlarini
    zamonaviy usullar bilan yer ustidagi kabi suv ostida
    ham, kosmosda ham, har qanday fazoviy holatda baja-
    rish mumkin.
    Metallni eritishda „elektr uchqunlaridan“ amalda
    foydalanish g‘oyasini, birinchi bo‘lib, 1753-yilda rossiyalik
    olim G. V. Rixman atmosfera elektrini tekshirishda o‘rtaga
    tashlagan edi. 1802-yilda Sankt-peterburglik olim
    V.V. Petrov elektr yoyi hodisasini kashf qildi va undan
    amalda foydalansa bo‘ladigan sohalarni ko‘rsatib berdi.
    Metallarni elektr yoyi yordamida payvandlashni
    amalga oshirish uchun fiziklar va texniklar juda ko‘p
    yillar birgalikda ish olib borishdi. Bu ishlar elektr ge-
    neratorlar yaratishga qaratilgan edi. 1882-yilda N.N. Be-
    nardos elektr yoyi yordamida ko‘mir elektrod bilan
    payvandlash usulini, 1988-yilda N.G. Slavyanov elektr
    yoyi yordamida metall elektrod bilan payvandlash usu-
    lini taklif qildi. Bu olimlar keyinchalik payvandlashdagi
    boshqa jarayonlarni va uning turlarini, jumladan, elektrod-
    ni yoyga mexanizatsiyalashgan tarzda uzatib turadigan
    qurilmalarni, payvandlash vannasini havodan himoya
    qilish uchun flus sifatidagi maydalangan shishadan
    foydalanish usulini ixtiro qildilar. 1907-yilda shvetsiyalik
    olim D. Kelberg payvandlash vannasini himoyalash va
    yoyni barqarorlashda elektrodlarning qalin qoplamasidan
    foydalanishni taklif qildi. Flus yordamida avtomatik
     KIRISH
    3


    4
    payvandlash prinsiðini 1892-yilda N.G. Slavyanov ishlab
    chiqdi. 1927-yilda esa D.A. Dulchevskiy flus qatlami os-
    tida elektr yoyi yordamida metallarni avtomatik pay-
    vandlash qurilmasini yaratdi.
    Hozirgi kunga kelib qo‘lda yoy yordamida payvand-
    lash ancha rivojlandi, shu bilan birga, payvandlashning
    ko‘plab turlari va usullari ishlab chiqildi. Endilikda pay-
    vandlash jarayonlari avtomatlashgan usulda va robotlar
    yordamida bajarilmoqda. Masalan, avtomobillarni ishlab
    chiqarish liniyalarida robotlar yordamida kontaktli pay-
    vandlash keng qo‘llanilmoqda. Ko‘plab mashinasozlik
    zavodlarida va ta’mirlash ishlarida yoy va gaz yordamida
    qo‘lda payvandlash asosiy o‘rinni tutadi. O‘quv qo‘llanma
    payvandlashning nazariy asoslarini va turli materiallarni
    payvandlash texnologiyasini o‘rganishda yordam beradi.


    5

    Download 2.32 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




    Download 2.32 Mb.
    Pdf ko'rish