Maktabgacha ta’lim muassasasi va




Download 18,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/288
Sana25.01.2024
Hajmi18,65 Mb.
#146071
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   288
Bog'liq
Maktabgacha pedagogika F.Qodirova 2019

Maktabgacha ta’lim muassasasi va
maktab dasturlarining izchilligi
Maktabgacha ta'lim muassasasi va maktabda amalga 
oshiriladigan ta'lim-tarbiyaviy ish mazmunini belgilovchi 
dastur aloqasi izchillik asosini tashkil etadi. Maktabgacha 
ta’lim muassasasi va boshlang'ich sinflarning amaldagi 
dasturlarini qiyoslash ular o'rtasida ma'lum izchil aloqa 
borligini ko'rsatadi. Bu quyidagilarda namoyon bo'Iadi:
- Maktab va maktabgacha ta'lim muassasasi dasturlariga 
asos qilib olingan falsafiy va psixologik nuqtayi nazarlar birligi;
- Ta'lim-tarbiyajarayonidagi prinsiplar birligi (mazmunning 
tarbiya maqsadi vavazifalarigamuvofiqligi,ilmiyligi, ta'limning 
tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi xususiyatlari);
- Fanlar o'rtasidagi izchillik.
Maktabgacha ta'lim muassasasi va maktabda ona tilining 
boshlang'ich kursini o'qitishga bolalar nutqini har tomonlama 
rivojlantirib borish g'oyasi asos qilib olingan. Maktabgacha 
ta'lim muassasasidalug'atni rivojlantirish, tovushmadaniyatini 
shakllantirish, nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish, 
bog'lanishli nutqni shakllantirish, ijodiy hikoya qilish, badiiy 
adabiyot bilan tanishtirish, o'qish va savodga tayyorgarlik, 
oddiy tahlil va sintez qilish ko'nikmalari rivojlanadi.
Maktabda bu asosda yangi vazifalar hal etiladi:
- Yozma nutq va harfiy yozuv malakalari shakllantiriladi;
- Morfologik va sintaksis elementlar o'rganiladi.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida boshlangan lug'at
boyligini yanada oshirish, nutqning ifodaliligi va mantiqiyligi 
ustidagi ish maktabda davom ettiriladi. Maktabgacha ta'lim 
muassasasida elementar matematik bilimlarni rivojlantirish-
370


da - bolalarning mantiqiy tafakkurini va hisoblash malakasini 
o'stirish bo'yicha o'nlik tartibini aniqlash, yigirmagacha 
bo'lgan sonlarni to'g'ri sanash, misollarni raqamlar yozilgan 
kartochkalar yordamida ifodalab berish, bir amalli masalalarni 
qo'shish va ayirish orqali tuzish va yechish, shartli o'lchov 
yordamida predmetlarni o'lchash, yil va hafta kunlari, ularning 
ketma-ketligi, kundalik faoliyatlarini taqsimlash, vaqt, butun 
va qism haqidagi bilimlari maktabda takomillashtiriladi.
Maktabgacha ta'lim muassasasi va boshlang'ich sinflardagi 
tabiatshunoslik bilimlari har ikkala holatda ham organizm 
va muhit birligiga tayanadi. Jonli va jonsiz tabiat hodisalari, 
tabiat kishilar mehnatining bir-birini taqozo etishi shu asosda 
qaraladi.

Download 18,65 Mb.
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   288




Download 18,65 Mb.
Pdf ko'rish