• 1.4.1. Obyekt tabiatining fizikaviy tavsifi
  • Matematik modellarning asosiy turlari




    Download 10.21 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet24/193
    Sana31.10.2023
    Hajmi10.21 Mb.
    #92100
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   193
    Bog'liq
    Texnologik jarayonlarni modellashtirish va optimallashtirish asoslari (N.Yusupbekov)
    organik bo\'yoqlar, amaliy mashg\'ulot № 13, 2-курс. Курилиш механикаси, tabiiy-gazni-nordon-komponentlardan-tozalashda-absorbentning-yo-qotilishi, Chastota o`zgartkichlar, намуна аттистация саволлари учун, 1 презентация, ТАУ ТЕМА2 ОБЩИЕ ПРИНЦИПЫ УПРАВЛЕНИЯ, oriental renaissance 2022, Amaliy ustaxona 2- kurs ishchi, 1807c61ce5675f5ad20377f91ac8a4e0, Теоретико методолгические основы глобалистики, 4-AMALIY, 6-mavzu. Guruxlab tandalash, uning xisobi va moxiyati, ariza soni
    1.4. Matematik modellarning asosiy turlari
    Jarayonning aniq amalga oshirish va uning apparaturali 
    rasmiylashtirilishga bog‘liqligidan kimyo-texnologik jarayonlaming 
    barcha xilma-xilligini vaqtli va fazoviy alomatlaridan kelib chiqib 
    to ‘rt sinfga bo‘lish mumkin: 1) vaqt bo‘yicha o‘zgaruvchan 
    (nostatsionar) jarayonlar; 2) vaqt bo‘yicha o‘zgarmaydigan 
    (statsionar) jarayonlar; 3) fazoda parametrlari o ‘zgaradigan 
    jarayonlar; 4) fazoda parametrlari o‘zgarmaydigan jarayonlar. 
    Matematik modellar muvofiq obyektlarini aks ettiruvchi bo‘lgani 
    uchun, ular uchun shu sinflar xarakterlidir, chunonchi: 1) statik 
    modellar - vaqt bo‘yicha o‘zgarmas modellar; 2) dinamik modellar 
    - vaqt bo‘yicha o‘zgaruvchi modellar; 3) jamlangan parametrli 
    modellar - fazoda o ‘zgarmas modellar; 4) taqsimlangan parametrli 
    modellar - fazoda o ‘zgaruvchi modellar.
    Model xossalari orasidan quyidagilarni ajratish mumkin: 
    samaradorlik, universallik, turg‘unlik, mazmuniylik, monandlik, 
    chegaralanganlik, toMalik, dinamiklik.
    1.4.1. Obyekt tabiatining fizikaviy tavsifi
    Har qaysi matematik modelning qurishi modellashtirish 
    obyektining 
    fizikaviy 
    tavsifi 
    qurishdan 
    boshlanadi. 
    Bunda 
    modellashtirish obyektida modelda aks etishi lozim bo‘lgan yuz 
    berayotgan «elementar» jarayonlar ajratiladi va ularning tavsifida 
    qabul qilinadigan asosiy farazlar ifoda etiladi. 0 ‘z navbatida, 
    hisobga olinadigan «elementar» jarayonlar ro‘yxati obyektni 
    tavsiflaydigan matematik modelga kiritiladigan hodisalar majmuini 
    aniqlaydi. Bu holda «elementar» jarayon deb ma’lum hodisalar 
    sinfiga tegishli fizik - kimyoviy jarayon tushuniladi, masalan, 
    modda almashish, issiqlik o ‘tkazish va h.k. Bu yerda «elementar» 
    jarayonlar nomi aslo bu jarayonlar eng sodda va murakkab 
    bo‘lmagan 
    tenglamalar 
    bilan 
    tavsiflanadi 
    degan 
    ma’noni 
    anglatmaydi. Shunday qilib, modda almashish hozirgi vaqtgacha
    43
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    to‘liq tugatilmagan butun bir nazariya predmetidir. Bu nom bunday 
    jarayonlar ancha murakkab boiib, butun kimyo - texnologik 
    jarayonning tashkil etuvchilari ekanligini anglatadi.
    Odatda, kimyo-texnologiya obyektlarini matematik modellash- 
    tirishda quyidagi «elementar» jarayonlar inobatga olinadi: 1) fazalar 
    oqimining harakati; 2) fazalararo modda almashish; 3) issiqlik 
    o‘tkazish; 4) agregat holatining o‘zgarishi (bug'lanish. kondensatsi- 
    yalash, erish va sh.o‘.); 5) kimyoviy o ‘zgarishlar.
    Modelda «elementar» jarayonlaming matematik tavsifining 
    to‘liqligi ulaming butun kimyo-texnologik jarayondagi roliga, 
    o‘rganish darajasi, obyektdagi «elementar» jarayonlarning o ‘zaro 
    bog‘lanish chuqurligiga va barcha tavsifning istalgan aniqligiga 
    bog‘liq. «Elementar» jarayonlaming o‘zaro bog‘liqligi juda murakkab 
    bo‘lishi mumkin. Shuning uchun amalda aloqalar xarakteri nisbatiga 
    ko‘pincha turli farazlar qabul qilinadi, bu esa modelga to‘liq 
    o‘rganilmagan bogMiqliklami kiritish zarurati va tavsifming ortiqcha 
    murakkablashtirishdan xalos bo‘lish imkonini beradi.
    Masalan, aralashmalarni rektifikatsiya jarayonini fizik tavsif- 
    lashda quyidagi «elementar» jarayonlar ajratiladi: 1) kolonnada 
    suyuqlik va bug‘ oqimlarining gidrodinamikasi; 2) suyuqlik va bug‘ 
    orasida modda almashish; 3) suyuqlik va bug‘ orasida issiqlik 
    uzatish; 4) suyuqlikning bug‘lanishi va bug‘ning kondensatsiya- 
    lanishi. Barcha ko‘rsatilgan «elementar» jarayonlar yoki tarelkada 
    yoki kolonnalarning nasadkali seksiyasida bo‘lib o‘tadi va o ‘zaro 
    to‘g‘ri bog‘langan. Bu jarayonlarini to‘liq tavsifi o‘ta murakkab 
    tenglamalar, tizimlar bilan ifodalanadi. Faqatgina Nave-Stoks 
    tenglamasi yordamida tarelakadagi (yoki nasadkada) suyuqlik oqimi 
    gidrodinamikasining tavsifi yechimi jihatidan o‘ta murakkab 
    bo‘lgan hisoblash masalasini anglatadi. Suyuqlik va bug‘ orasidagi 
    oqimlar modda almashishini to‘liq tavsiflash masalani yechish ham 
    murakkablik jihatidan undan kam emas. Shu bilan birga bu 
    masalalar birgalikda yagona tenglamalar tizimi sifatida yechilish 
    kerak. Bundan kelib chiqadiki, oqilona soddalashtiruvchi farazlarsiz 
    bu masalalarni yechib bo‘lmaydi. Shuning uchun odatda bug‘ va 
    suyuqlik oqimlar harakati haqida ideallashtirilgan ifoda qabul 
    qilinib (bug‘ to‘liq siqib chiqish rejimida harakatlanadi, suyuqlik esa 
    tarelkada to‘liq aralashadi), modda almashishni esa bo‘linish
    44
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    pog‘onalari samaraligi orqali ifodalanadi. Ko‘pincha modda 
    almashishni aks ettiruvchi ifodalar yarim empirik usullar bilan 
    aniqlanadi yoki bo‘linishning har bir pog‘onasida muvozanatga 
    erishilishini hisobga olib, umuman, inobatga olinmaydi.
    Ayrim hoilarda modellashtirish obyektining fizik tavsifi 
    matematik modellashtirish natijasida o‘rnatilishini aytib o‘tish 
    kerak. Masalan, obyektda bo‘lib o‘tayotgan jarayonlar mexanizmi 
    haqidagi 
    ayrim 
    gipotezalami 
    tekshirish 
    uchun 
    matematik 
    modellashtirish qo‘llanadi. Buning uchun model tarkibiga keyingi 
    modellashtirish natijalari bo‘yicha u yoki bu fizik farazning 
    haqqoniyligi haqida hukm chiqarish uchun tadqiqlanayotgan 
    bog‘liqliklar kiritiladi. Masalan, katalitik kimyoviy o‘zgarishlar 
    mexanizmlari tadqiqotchilarga ko‘pincha noma’lum. Matematik 
    modelga u yoki boshqa kimyoviy reaksiyaning o‘tish mexanizmini 
    kiritib va modellashtirish natijalarini tajribadagi natijalar bilan 
    solishtirib, haqiqiyga eng yaqin mexanizmini topish mumkin.

    Download 10.21 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   193




    Download 10.21 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Matematik modellarning asosiy turlari

    Download 10.21 Mb.
    Pdf ko'rish