• Ijtimoiy tarmoqlar ham yosh oilalar ajrimlariga sabab boʻlmoqda...
  • Namangan davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Sotsiologiya yo’nalishi 1 kurs talabasi Normatjonov Alisherning Oila va gender sotsiologiyasi fanidan tayyorlagan




    Download 1.19 Mb.
    Sana05.01.2023
    Hajmi1.19 Mb.
    #37621
    Bog'liq
    AJRIM
    arxiv, Hujjat, 1 марта Конф, 3-Amaliy, 10 test, 7-amaliy mashgulot, ASOSIY VOSITALAR SOTILISHI VA BOSHQA CHIQIMLARINING HUJJATLASHTIRILISHI VA HISOBI

    Namangan davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Sotsiologiya yo’nalishi 1 kurs talabasi Normatjonov Alisherning Oila va gender sotsiologiyasi fanidan tayyorlagan


    TAQDIMOTI
    Mavzu: Yosh oilalarning buzilish omillari
    Dunyoga kelgan har bir inson millati, tili va dinidan qat’iy nazar, bu dunyoda baxtli-saodatli yashagisi keladi. Bunday yuksak orzuga yetaklovchi omillardan biri — oila hisoblanadi. Oila qo‘rg‘onining poydevori, uning mustahkam qal’asi, er-xotinni mahkam bog‘lovchi rishta esa nikohdir. Nikoh eng muqaddas bitim hisoblanadi. Hususan, Oila ilmiy-amaliy tadqiqot markazi tomonidan oilalarning mustahkamligini ta’minlash, oila a’zolarining huquqiy savodxonliklarini oshirish, muammolarini ilmiy o‘rganish va fuqarolarga bu masalalarda amaliy yordam berish borasida samarali ishlar olib boriladi.
    Quyida markaz tomonidan oilaviy ajrimlarga nima sabab bo‘layotganini e’tiboringizga havola etamiz.
    • 43, 3 foiz ─ er-xotinning oilaviy hayotga tayyor emasligi 
    • 24, 5 foiz ─ moddiy yetishmovchilik 
    • 12, 6 foiz ─ xarakterlarning mos kelmasligi
    • 10, 3 foiz ─ bir-biriga befarqlik 
    • 5, 5 foiz ─ javob berishga qiynalaman
    • 3, 8 foiz ─ giyohvandlik va ichkilikbozlik. 

    Yosh oilalarning buzilishiga esa 41 foiz holatlarda xarakterlarning to‘g‘ri kelmasligi, 13 foiz holatda befarzandlik, 15 foizida moddiy qiyinchiliklar, 34 foizida uchinchi shaxs aralashuvi, 25 foizida zararli odatlar sabab bo‘lgan
    Ijtimoiy tarmoqlar ham yosh oilalar ajrimlariga sabab boʻlmoqda...?
     ijtimoiy tarmoqlar sabab ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bisyor. Yoshlarning aksariyati bugun qayerda? Ijtimoiy tarmoqlarda... Biz, demak ularga singdirmoqchi boʻlgan ideologiyani ham aynan ularning vaqti koʻp sarflanadigan oʻsha internet imkoniyatidan foydalanib amalga oshirishni maqsad qildik. Oilaning muqaddasligini bir kunda yoshlarga tushuntirib va bitta tashkilot tomonidan singdirib boʻlmaydi, — deydi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi Yosh oilalar va xotin-qizlar boʻlim boshligʻi Gulchehra Ashurova.
    Yangi yuzaga kelgan har sakkiz oiladan bittasi bir yilga yetmay ajralib ketadi, har to'rt oiladan bittasi besh yilga yetmaydi. Ajralish ko'rsatkichlari bo'yicha Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Litva, Latviya, Estoniya Evropa mamlakatlari ichida yetakchi o'rinni egallayapti. Ayrim tadqiqotchilar ma'lumotiga ko'ra sobiq SSSRda ajralishning 64 foiz sababchisi ayollardir. Olimlarning ma'lumotiga ko'ra ajralishning eng katta qismi 30-34 yoshlarga ya’ni, oilaviy hayotning 7-10 yillariga to'g'ri keladi. Ammo bu ma'lumotni chuqurroq tahlil qilganda, bunday oilalarda dastlabki 5 yil ichida psixologik ajrim yuzaga kelib, 7-10 yillarda qonun bilan rasmiylashtirilishini ko'ramiz. Demak, oila uchun eng xavfli payt nikohning dastlabki 5 yilidir. Bu fikrni "Yangi uylanganga yetti yil yaqin borma" degan o'zbek xalq maqoli ham tasdiqlaydi.
    Er-xotinlar qanchalik yosh bo'lsalar, olimlarning ta'kidlashicha bu davrda nizolar shunchalik ko'p bo'ladi. Ular yoshligi, tajribasizligi tufayli "Muhabbatimiz o'ldi" deb o'ylashadi, yoki bundan ham battarni "Umr yo'ldoshi tanlashda adashdim, men hali yoshman, xatoimni to'g'rilab olaman" degan xulosaga kelishadi. Kuyov o'ziga "Ko'cha to'la xotin" desa, kelin "Er qurib qolibdimi, qancha xushtorlarim bor, rozilik bersam, ertagayoq haqiqiy erkakka turmushga chiqaman" deydi
    psixologik tahlil qilsak, aksariyat ajralishlar yoshlarni muomala madaniyatiga e'tibor bermasliklaridan yoki ularda muomala madaniyati yo'qligidan, kattalarni, yoshlarni oilaviy hayotiga aralashuvidan, oila qurayotgan yoshlarning his-tuyg'ulari bilan hisoblashmaslik, ota-onalarning yoshlar taqdirini o'zlaricha hal qilishi, yoshlarni hayotga tayyor emasliklaridan kelib chiqadi. Yuqondagilarga ota-onalar, tarbiyachilar, o'qituvchilar alohida e'tibor berishlari lozim.
    Ma'lumki, o'zbek oilalarida ajralishlar miqdori boshqa millatlar, masalan rus oilalarinikiga qaraganda ikki marta kam. Lekin har bir ajralishgan oilaga to'g'ri keladigan «tirik yetim» bolalar soni o'zbek oilalarida 2-2,5 martaga ko'p. Shu bilan birga, «ajralish madaniyati»ning quyi saviyada ekanligi va o'ziga xos milliy xususiyatlari bilan ifodalanishi o'zbek oilalarida ko'proq salbiy oqibatlarga olib keladi. Shunga ko'ra ajralishlarning salbiy asoratlari o'zbek oilalarida boshqa millatlar oilalaridagiga nisbatan kuchliroq ifodalanadi
    XULOSA
    Shuning uchun ham hozirgi vaqtda ajralish muammosini ilmiy asosda o'rganish masalalariga alohida e'tibor berilmoqda. Bu o'rinda ajralish omillari va sabablarini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Chunki aksariyat hollarda mahallalarda nikohni bekor qilish borasida o'tkaziladigan sud ishlarida ajralmoqchi bo'lgan oila buzilishining asl sababini aniqlab, nikohni bekor qilish ishlarida oddiy xatolarga yo'l qo'yilmoqda.
    SAVOLLAR?
    Download 1.19 Mb.




    Download 1.19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Namangan davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Sotsiologiya yo’nalishi 1 kurs talabasi Normatjonov Alisherning Oila va gender sotsiologiyasi fanidan tayyorlagan

    Download 1.19 Mb.