Konduktometrik analiz usuli




Download 1.87 Mb.
bet2/7
Sana15.05.2023
Hajmi1.87 Mb.
#60019
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
sohibjon kondukto
Sekvenirlash usullari, Biotexnologiya laboratoriya, 5-mavzu ep, NAMUNA PEDAGOGIKA sulaymonov d, 2-laboratoriya Fitopatogen virusli kasalliklarni belgilar, Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi fan, 1. o\'quv dasturi, 1.o\'quv dasturi, Mikroorganizmlar gen muxandisligi, KARUPSIYAGA QARSHI KURASH, Anabaena cylindrica, Илова 1 Lotincha (1), adsobtsion xromatagirafiya111111111111, 0100000
Konduktometrik analiz usuli.

Konduktometrik analiz usullari elektrolitlar eritmalarining elektr o'tkazuvchanligini o'lchashga asoslangan bo'lib, tokning ishchi chastotasiga ko'ra past va yuqori chastotali usullarga bo'linadi.Konduktometriya usullari elektrodlarning tekshiriladigan eritma bilan tutashganligiga qarab tutashgan va tutashmagan usullarga bo'linadi.


Konduktometrik analiz usullari elektrolitlar eritmalarining elektr o'tkazuvchanligini o'lchashga asoslangan bo'lib, tokning ishchi chastotasiga ko'ra past va yuqori chastotali usullarga bo'linadi.Konduktometriya usullari elektrodlarning tekshiriladigan eritma bilan tutashganligiga qarab tutashgan va tutashmagan usullarga bo'linadi. Past (103 Hz) chastotali usullar konduktometriya deb, yuqori (106-107 Hz) chastotali usullar esa yuqori chastotali konduktometriya (usul ko'pincha titrlashning oxirgi nuqtasini topishmaqsadida ishlatilgani uchun yuqori chastotali titrlash) deb yuritiladi.Tutashgan usullar yordamida o'lchash jarayonida elektrodlar tekshiriladigan elektrolit eritmasiga bevosita tushirilgan bo'ladi. Bu usullar o'lchash aniqligini oshirish imkonini bersa-da, ular elektrodlarning polyarizatsiyasi bilan bog'liq bo'lgan tegishli xatolardan xoli emas. Tutashmagan usullarda elektrodlar bilan tekshiriladigan elektrolit eritmasi orasida bevosita tutashuv bo'lmaydi, ya'ni elektrodlar eritmaga tushirilmagan bo'ladi. Bu usullarda elektrodlar o'lchash zanjiri bilan sig'im yoki induktivlik orqali bog'lanadi. Bunday usullarda polyarizatsiya hodisasi uchramaydi. Tutashmagan usullar kontsentratsiyalari yuqori bo'lgan, agressiv, yopishqoq va uchuvchan moddalarni tekshirish uchun qulaydir.Tutashgan usullar yordamida o'lchash jarayonida elektrodlar tekshiriladigan elektrolit eritmasiga bevosita tushirilgan bo'ladi. Bu usullar o'lchash aniqligini oshirish imkonini bersa-da, ular elektrodlarning polyarizatsiyasi bilan bog'liq bo'lgan tegishli xatolardan xoli emas. Tutashmagan usullarda elektrodlar bilan tekshiriladigan elektrolit eritmasi orasida bevosita tutashuv bo'lmaydi, ya'ni elektrodlar eritmaga tushirilmagan bo'ladi. Bu usullarda elektrodlar o'lchash zanjiri bilan sig'im yoki induktivlik orqali bog'lanadi. Bunday usullarda polyarizatsiya hodisasi uchramaydi. Tutashmagan usullar kontsentratsiyalari yuqori bo'lgan, agressiv, yopishqoq va uchuvchan moddalarni tekshirish uchun qulaydir. Elektrod bilan eritma tutashmagan bo'lganligi uchun ular orasida o'zaro ta'sir bo'lmaydi, elektrod ham, eritma ham ifloslanmaydi. Eng muhimi qimmatbaho platina elektrodini arzon metallarga almashtirish mumkin. Tutashmagan usullarda bevosita elektr o'tkazuvchanlik o'lchanmasdan, uning hosilasi – tok kuchi o'lchanadi. Konduktometrik usullarning rangli va loyqa eritmalarni tekshirish, sezuvchanligining yuqoriligi, avtomatlashtirish imkoniyati, titrlashning oxirgi nuqtasini aniq topish,aralashmalarni titrlash va sh.k. qator afzalliklari bilan bir qatorda, selektiv emasligi, kontsentratsiyasi yuqori bo'lgan eritmalarni aniqlashda chetga chiqishlarning uchrashi kabi kamchiliklari ham mavjud. Elektrod bilan eritma tutashmagan bo'lganligi uchun ular orasida o'zaro ta'sir bo'lmaydi, elektrod ham, eritma ham ifloslanmaydi. Eng muhimi qimmatbaho platina elektrodini arzon metallarga almashtirish mumkin. Tutashmagan usullarda bevosita elektr o'tkazuvchanlik o'lchanmasdan, uning hosilasi – tok kuchi o'lchanadi. Konduktometrik usullarning rangli va loyqa eritmalarni tekshirish, sezuvchanligining yuqoriligi, avtomatlashtirish imkoniyati, titrlashning oxirgi nuqtasini aniq topish,aralashmalarni titrlash va sh.k. qator afzalliklari bilan bir qatorda, selektiv emasligi, kontsentratsiyasi yuqori bo'lgan eritmalarni aniqlashda chetga chiqishlarning uchrashi kabi kamchiliklari ham mavjud. Past chastotali konduktometriyada eritmalarning elektr o'tkazuvchanligi bilan kontsentratsiyasi orasidagi bog'liqlik o'rganiladi. Bunda o'lchash bevosita va bilvosita usullar yordamida amalga oshiriladi.Bevosita konduktometriyada solishtirma elektr o'tkazuvchanlikning kontsentratsiyaga bog'liqligi asosida tahliliy xulosa qilinadi.Solishtirma elektr o'tkazuvchanlik deganda, sirt yuzasi 1 sm2 bo'lgan ikkita bir-biridan 1 sm masofada joylashgan inert elektrodlar orasidagi elektrolit eritmasining elektr o'tkazuvchanligi tushuniladi. Eritmaning qarshiligi (R) elektrodlar orasidagimasofaga (l) to'g'ri va eritmaga tushirilgan elektrodlarning sirt yuzalariga (S) teskari mutanosib bog'langan: R=ρ*l/S Bundan ρ=R*S/l hosil bo’ladi. æ =1/ρ solishtirma elektr o’tkazuvchanlik qiymatini topish formulasidan æ =l/RS ni olish mumkin. Solishtirma va molyar elektr o’tkazuvchanlikni bog’lash formulasini keltirib chiqarsak; λ=æ*1000/c=æ*V V-suyultirish chegarasi (l) Molekulyar (ekvivalent) elektr o'tkazuvchanlik deganda, sirt yuzasi 1 sm2 bo'lgan ikkita bir-biridan 1 sm masofada joylashgan inert elektrodlar orasidagi, tarkibida modda miqdori mol` (ekv. mol`) bo'lgan eritmaning elektr o'tkazuvchanligi tushuniladi. Elektrolitlar eritmalarida elektr toki turli xil zaryadlangan ionlarning qarama-qarshi harakati natijasida paydo bo'ladi. Eritmaning elektr o'tkazuvchanligi kationlar(λ +) va anionlar (λ -) harakati natijasida kelib chiqqan elektr o'tkazuvchanliklardan iborat bo'ladi. Ionlarning elektr o'tkazuvchanligiularning harakatchanligi bilan belgilanadi.
Solishtirma va molyar elektr o’tkazuvchanlikni bog’lash formulasini keltirib chiqarsak; λ=æ*1000/c=æ*V V-suyultirish chegarasi (l) Molekulyar (ekvivalent) elektr o'tkazuvchanlik deganda, sirt yuzasi 1 sm2 bo'lgan ikkita bir-biridan 1 sm masofada joylashgan inert elektrodlar orasidagi, tarkibida modda miqdori mol` (ekv. mol`) bo'lgan eritmaning elektr o'tkazuvchanligi tushuniladi. Elektrolitlar eritmalarida elektr toki turli xil zaryadlangan ionlarning qarama-qarshi harakati natijasida paydo bo'ladi. Eritmaning elektr o'tkazuvchanligi kationlar(λ +) va anionlar (λ -) harakati natijasida kelib chiqqan elektr o'tkazuvchanliklardan iborat bo'ladi. Ionlarning elektr o'tkazuvchanligiularning harakatchanligi bilan belgilanadi.

Download 1.87 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 1.87 Mb.