• TILI O’RGANILAYOTGAN MAMLAKAT ADABIYOTI
  • TILI O’RGANILAYOTGAN MAMLAKAT ADABIYOTI TARIXI FANINING ISHCHI O`QUV DASTURI TUZILMASI VA MAZMUNI KIRISH
  • OQUV FANINING MAQSAD VA VAZIFALAR
  • FAN BO’YICH BILIM, KO’NIKMA VA MALAKAGA QO’YILADIGAN TALABLAR
  • FANNING O’QUV REJADAGI BOSHQA FANLAR BILAN OZARO BOG’LIQLIGI VA USLUBIY JIHATDAN UZVIY KETMA-KETLIGI
  • FANNING ISHLAB CHIQARISHDAGI O’RNI
  • FANNI O’QITISHDA ZAMONAVIY AXBOROT VA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR
  • ASOSIY QISM UMUMIY VA O`QUV ISHLARI TURLARI BO`YICHA HAJMI
  • SEMESTRLAR BOYICHA MASHG’ULOT TURLARIGA AJRATILGAN SOATLARNING TAQSIMOTI
  • Namangan davlat universiteti «tasdiqlayman»




    Download 289.5 Kb.
    bet1/3
    Sana01.01.2020
    Hajmi289.5 Kb.
    #8013
      1   2   3

    O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA

    MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
    NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI






    «TASDIQLAYMAN»

    O’quv ishlari bo’yicha prorektor, ________dots. D.Dehqonov

    «___» _____________2019-yil




    TILI O’RGANILAYOTGAN MAMLAKAT ADABIYOTI

    FANI BO’YICHA



    III kurs uchun

    Bilim sohasi: 100000 Gumanitar soha

    Ta’lim yonalishi: 110000 Gumanitar fanlar

    Bakalavriat yonalishi: 5120100-Filologiya va tillarni o’qitish (ingliz tili)

    yonalishi

    NAMANGAN – 2019

    Fanning ishchi o`quv dasturi O’z R OO’MTV tomonidan 2017 yil 28 iyulda BD-5120100-3.11 raqami bilan ro’yhatga olinib, 434- sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan namunaviy dastur asosida tuzildi.


    Tuzuvchi: o`qituvchi A.Amanov

    Fanning ishchi dasturi Ingliz tili amaliy kursi kafedrasining 2019-yil ___ avgustdagi 1-sonli yig’ilishida muhokamadan o’tgan va fakultet ktngashida ko’rib chiqish uchun tavsiya etilgan.


    Kafedra mudiri v.b: O.Dadaboyev

    Ishchi dastur Ingliz filologiya fakultetining 2019-yil __-avgustdagi 1-sonli kengashida ko’rib chiqilgan va foydalanishga tavsiya etilgan.


    Fakultet kengashi raisi: p.f.n. S.Misirov

    Kelishildi:

    O’quv-uslubiy

    boshqarma boshlig’i: Z.Mo’minov


    TILI O’RGANILAYOTGAN MAMLAKAT ADABIYOTI TARIXI FANINING ISHCHI O`QUV DASTURI TUZILMASI VA MAZMUNI
    KIRISH

    Tili o’rganilayotgan mamlakat adabiyoti fanini o’rganish talabalarda Ingliz va Amerika adabiyoti tarixini artoflicha o’rganish imkonini beradi. Adabiy an’analar, adabiy oqimlar va jahonga mashhur asarlarni o’rganish fanning asosiy maqsadlaridan hisoblanadi. Ingliz tili bo’yicha mutaxassis bo’layotgan talaba uchun talabalarda Ingliz va Amerika adabiyoti tarixini chuqur o’rganish muhimdir. Ushbu kurs mazkur masalalarni atroflicha o’rganishni nazarda tutadi.


    OQUV FANINING MAQSAD VA VAZIFALAR

    Kursning maqsadi talabalarni ingliz va amerika adabiyoti tarixi bilan tanishtirish. Kursning vazifalari quyidagicha:



    • talabalarni o’rganilayotgan adabiyotdagi hodisalarning nazariy tomoni bilan tanishtirish;

    • adabiyot yonalishlarining muammolarini yoritish;

    • adabiy ijodning asosiy komponentlarini yoritish;

    • adabiy jarayondagi o’zaro aloqani ko’rsatish va adibning ijodiy metodi, dunyoqarash va estetik pozitsiyasini ko’rsatish. Asosiy diqqat har bir mamlakatning adabiy jarayonidagi umumiy yoki o’ziga xos xususiyatlarini yoritishga qaratilishi lozim.

    • Adabiy asarning tahlil namunasini talabalarga ko’rsatish;

    Fanni o’qitish texnologiyasida asosiy komponent – bu ma’ruzadir. Seminar mashg’ulotlarida prizentatsiya usulini kengroq qo’llash lozim.

    Ma’ruza matnlari nazariy muammolarni, uslublar, yozuvchining o’ziga xos tomonlari va fikrlari, adabiy janrlar xususiyatlarini qamrab olgan bo’lishi kerak.

    Amaliy mashg’ulotlar mavzulari ma’ruza mavzulariga bog’langan holda, talabalarni bilim va ko’nikmalarini yanada rivojlantirish, yozuvchilar asarlari bilan tanishtirish, g’oya, obraz o’rtasidagi bog’liqliklarni, g’oyaviy estetik qadriyatlarni ko’rsata olish xususiyatlarini rivojlantirishdir.

    FAN BO’YICH BILIM, KO’NIKMA VA MALAKAGA QO’YILADIGAN

    TALABLAR

    Tili o’rganilayotgan mamlakat adabiyoti fanini o’qish natijasida bakalavr:



    • asosiy adabiy yo’nalishlar va ularni davrlashtirish,

    • badiiy ijodning muammolari va AQSH adabiyotining taniqli namoyandalari ijodlari haqida ma’lumotga ega bo’lish;

    • tavsiya qilingan badiiy asarlarni mutolaa qilish va asarning syujetlarini yaxshi bilish.

    • Ingliz va Amerika adbiyotiga tegishli asarlarni erkin tahlil qila olish.



    FANNING O’QUV REJADAGI BOSHQA FANLAR BILAN OZARO BOG’LIQLIGI VA USLUBIY JIHATDAN UZVIY KETMA-KETLIGI

    Tili o’rganilayotgan mamlakat adabiyoti fani mutahassislik fani hisoblanib, u 5-6 semestrlarda o’qitiladi. U Jahon adabiyoti, Adabiyotshunoslikka kirish, Til tarihi va boshqa fanlar bilan aloqador. Ingliz va AQSH adabiyotining o’ziga xos ilmiy–amaliy xususiyatlarini milliy adabiyot qamrovida yoritib berish juda qiyin. Shuning uchun dunyo adabiy jarayonining rivojlanish imkoniyatlarini kuzatish maqsadga muvofiqdir. Bu masala jahon adabiyoti tarixi kursini kiritilishi orqali hal etilishi mumkin.



    • Mamlakat adabiyotining tarixi millat tilining paydo bo’lishi va rivojlanishi bilan uzviy bog’liqdir.

    • Adabiyotning til tarixi bilan mustahkam bog’liqligini nazarga olish lozim.

    • Adabiy asar poetikasi tahlili stilistik tahlil elementlarini ham qamrab olishi shart.

    • Ingliz adabiyoti tarixi kursi adabiy tarjima muammolari, stilistika va matnlar tahlili bilan bog’liqdir


    FANNING ISHLAB CHIQARISHDAGI O’RNI

    Tili o’rganilayotgan mamlakat adabiyoti fani mazkur soha bo’yich ilmiy tadqiqod olib borishda muhim ahamiyatga ega. Ingliz va Amerika adabiyotiga tegishli asararni O’zbek adabiyoti durdonalari bilan qiyosiy tahlil etish O’zbek adabiyotini jahon sahnasidagi o’rnini muayyanlashtirishga hizmat qiladi. Qadimiy va zamonaviy Ingliz yozma va og’zaki obidalarini jahon xalqlari tomonidan idrok etilish darajasi va jarayonini kuzatish imkonini beradi.


    FANNI O’QITISHDA ZAMONAVIY AXBOROT VA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR

    Talabalarni tili o’rganilayotgan mamlakat adabiyoti fanini o’rganishlarida zamonaviy ahborot texnologiyalaridan foydalanish muhim, Bu borada komputerlar va internet tarmog’i materiallaridan keng foydalanish maqsadga muvofiq. Bulardan tashqari darsliklar, ko’rgazmalar, stendlar va o’qitishning boshqa texnik vositalaridan foydalanish mumkin. Fan boyich seminar va amaliy mashg’ulotlarni zamonavoy pedagogic texnologiyalar asosida tahkil etiladi. O’quv jarayonida talabalarga mavzularning mazmunini kengroq yoritib berish, ish uslublarni turg’ri bajarish maqsadida O`zbekiston, Buyuk Britaniya,AQSH, Kanada kabi mamlakatlarda chiqarilgan maxsus adabiyotlar, internet saytlari, gazeta va jurnallar va texnik vositalar qo`llaniladi. Bular epidiaskop, kinoproyektor, turli xil video-kino materiallar, slaydlar va shu kabillardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.Talabalarning o`zlashtirish mezoni kompyuter orqali, test va reyting usilidaham aniqlanishi mumkin.


    ASOSIY QISM

    UMUMIY VA O`QUV ISHLARI TURLARI BO`YICHA HAJMI
    V semestrda 86 soat, xaftasiga 4 soatdan, 24 soat ma`ruza, 30 soat seminar mashg’ulot va 32 soat mustaqil ta`lim ajratilgan.

    VI semestrda 56 soat, xaftasiga 2 soatdan, 16 soat ma`ruza, 20 soat seminar mashg’ulot va 20 soat mustaqil ta`lim ajratilgan.



    SEMESTRLAR BO'YICHA MASHG’ULOT TURLARIGA AJRATILGAN SOATLARNING TAQSIMOTI



    Download 289.5 Kb.
      1   2   3




    Download 289.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Namangan davlat universiteti «tasdiqlayman»

    Download 289.5 Kb.