Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati




Download 2.09 Mb.
bet2/22
Sana02.03.2022
Hajmi2.09 Mb.
#1969
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
Internet materiallari
Bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligi va ahamiyati.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki davrlardanoq jahon tsivilizatsiyasi taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo`lgan milliy ma`naviyatimiz asosida kelajagi buyuk davlat barpo etish bosh maqsad qilib belgilandi. Buyuk maqsadga erishishda asosiy e`tiborni yosh avlodni barkamol, ma`naviy va jismonan sog`lom, yuqori malakali kasb egasi qilib tarbiyalashga qaratilgani esa, milliy an`analarimiz mentalitetimizning o`ziga xos tarzda ifodalanishidir. Prezident I.A.Karimov tomonidan taklif etilgan va izchil amalga oshirib borilayotgan Kadrlar tayyorlar milliy dasturi bugungi kunda jahon miqyosida e`tirof etildi va o`zining dastlabki natijalarini bermoqda. (6)
To`g`ri yo`lga qo`yilgan uslubiy ishlar o`quv-tarbiyaviy ishlarni uzluksiz ravishda takomillashtirib borishning eng muhim vositalaridan biri ekanligi; o`qituvchilar uchun o`z mutaxassisligi bo`yicha ilg`or tajriba usullarini amaliy tarzda egallab olishi, ta`lim mazmunini chuqurlashtirish va sifatini oshirish maqsadida tashkil etilishi, o`quvchilarni unumli mehnatga jalb qilinishlari muammoning dolzarbligini belgilaydi. Fan-texnikani takominlashishi maktab ta`lim jarayoniga katta tasir ko`rsatadi. Shu sababli mehnat ta`limi darslariga texnika yutug`larini doimiy ravishda kiritish maqsadga muvofiqdir.
1.2 Bitiruv malakaviy ishning izlanish maqsadi va ob`ekti .
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «Ta`lim to`g`risida»gi qonun, Prezident asarlari, O`zbekiston Oliy Majlisi xujjatlari, Vazirlar Maxkamasi qaror va ko`rsatmalari, OO`MTV buyruqlari, ta`limni takomillashtirishga bag`ishlangan ilmiy uslubiy asarlarini tahlili asosida maktab mehnat ta`limi darslarida o`quvchilarga ishlab chiqarishda fan-texnika asoslariga oid bilimlarini shakllantirish omillari olindi.
“... jamiyatimizning yangilanish, hayotimiz taraqqiyoti va istiqboli, amalga oshirilayotgan islohotlarimiz va rejalarimizning samarali taqdiri, avvalambor davr talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli, yangicha tafakkurga ega bo`lgan mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog`liqligini barchamiz anglab etmoqdamiz”- deb ta`kidlaydi prezident I.A.Karimov. Bu esa, o`z navbatida umum ta’lim o`rta maktab ta`limi tizimida faoliyat ko`rsatuvchi umum ta`lim fanlari o`qituvchilari va mehnat ta`limi o`qituvchilarining mehnatiy mahoratini, umumiy saviyasini muttasil takomillashtirish uchun sharoit yaratishni talab qiladi. Chunki yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash darajasi, eng avvalo, ularni o`qitib bilim berish, ularda kelajakda egallaydigan mehnatlari bo`yicha zaruriy ko`nikma va malakalar hosil qilish, ta`lim-tarbiya beruvchilarning savodxonligi darajasi bilan uzviy bog`liq.(4)
Mehnat ta`limi darslarida o`quvchilarni ishlab chiqarishda fan-texnika tasiri, ularni ishlab chiqarish sharoitiga tayyorlash, beriladigan bilim, ko`nikma va malakalarni ongli etkazilishini o`rgatishdan iborat.
O`quvchilarning ta`lim jarayonida ishlab chiqarish sharoitiga tayyorlash amaliy mashg`ulotlari jarayonidagi faoliyati samaradorligi yanada ortadi agarda:
mashg`ulotlarni o`tish uslublari yangi pedagogik texnologiyalarga asoslansa;
mashg`ulotlar jarayonida o`quvchilarni fanlararo aloqani amalga oshirish uchun etarli sharoit yaratib berilsa.
Maktablarda o`quvchilarni yangi texnika va ilg`or texnologiyalar bilan tanishtirish va ishlab chiqarish sharoitiga oid ko`nikma malakalarini shakllantirishning pedagogik va psixologik tamoyillari olindi.
1.3 Bitiruv malakaviy ishning ilmiy yangiligi.
Ishlab chiqarishda fan-texnika asoslari bulimining yangi texnika va ilg`or texnologiya mavzusiga oid nazariy ma`lumotlar va amaliy ishlar mazmuniga oid tavsiya ishlab chiqiladi.
Mehnat ta`limi darslarida o`quvchilarni yangi texnika va ilg`or texnologiya asoslariga oid uslubiy tavsiyalar yaratiladi.
Dars jarayonida yangi pedagogik texnologiya elementlaridan qay tartibda foydalanish to`g`risida ko`rsatmalar beriladi.
1.4 Bitiruv malakaviy ish izlanishining amaliy ahamiyati.
Ta`lim jarayonida o`quvchilarga yangi texnika va ilg`or texnologiya yutug`larini amalda qo`llanilgan soxalar misolida ma`lumot berish haqida ishlab chiqilgan tavsiyalar;
Maktablarda mehnat ta`limi mashg`ulotlarida yangi texnika va ilg`or texnologiya yutug`lariga oid ma`lumotlar asosida ma`lumotlarni yuqori saviyada o`zlashtirib olishlariga va ta`lim sifatini oshirishga yordam berishini aniqlash.


Download 2.09 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Download 2.09 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

Download 2.09 Mb.