• MV – 377 yarim avtomat
  • LZ – 22904 – SS – 7 (5 ta)




    Download 2.09 Mb.
    bet7/22
    Sana02.03.2022
    Hajmi2.09 Mb.
    #1969
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
    LZ – 22904 – SS – 7 (5 ta)
    YArim avtomat dasturlashtirilgan. Ko`p funktsiyali bo`lib to`g`ri, zigzag, oysimon va yana bir nechta choklarni tikishga mo`ljallangan. Mashina tepasida komp’yuter bor, unda choklar rasmlari ko`rinib turadi, har bir chok tepasidagi tugmani bosish orqali boshqa chokka o`tqazish mumkin.
    Fleshka yordamida qo`shimcha programmalar kiritish mumkin. Mashina o`zini – o`zi maxsus moylaydi. Bunda mashinaning tagida maxsus bochkasi bor shu bochkaga moy quyiladi va maxsus ulangan simlar orqali moy aylanadi. Mashina yuzasida moyning mavjudlik shkalasi ko`rinib turadi. Moy yetarli bo`lsa mashina ishlaydi, aksincha bo`lsa ishlamaydi.
    Mashina maxovikidagi qizil belgi to`g`ri kelsa mashina yuradi, aksincha bo`lsa ishlamaydi. YAna bir tomoni ipni o`zi uzishi yoki olib tashlashi mumkin. Va tezligini oshirishi yoki pasaytirishi mumkin.
    Afzalliklari: yaxshi ishlaydi, igna sinishi mumkin bo`lganda, yoki boshqa holatlarda tikmay, komp’yuter ekranida o`sha joyni ko`rsatib turadi, avtomatik moylanadi.
    Kamchiliklari: ba`zi bir detallari elimdan.
    Elna – 6600 markali 540 ta chok tikadigan, komp’yuterlashtirilgan tikuv mashinasi (2 ta). Petli, chekish va boshqalar uchun har xil cholarga o`tishda lapkalarni almashtiriladi. U mashinaning maxsus qutisida saqlanadi. Mashina tagidagi qutida kerakli moslamalari turadi.
    CHokdan chokka o`tishda «model» tugmasi bosiladi, chok nomeri beriladi va yana «model» tugmasini bosib, shu chokka mos lapka joylashtiriladi. ,Lapka o`zgartirilmasa chok o`zgarmaydi. 540 ta chokdan tashqari qo`shimcha zig-zak, petli kabi choklarni tikadi. Avtomat ravishda ip o`tkazadi, uzadi. Mashinani yoritish uchun maxsus chirog`i bor. Yengil, ixcham bo`lishi bilan birgalikda, ko`p operatsiyalarni bajaradi, averlokka(chetini bosishga) o`xshash choklarni ham tikadi.
    Kamchiligi: qalin matolardan ikki qavatdan yuqorisini tikmaydi. Ba`zi nozik elementlari elimdan.
    M
    V – 377 yarim avtomat
    tugma tikishga mo`ljallangan. Bu mashina qo`lda moylanadi.
    Tugma teshiklarini berish, ya`ni maxsus moslamaga kiritish kerak. Tugma qo`yiladi va tikiladi, ipini avtomatik ravishda uzadi. Tugma oralig`i diametrlari ham belgilanadi. Himoya oynasi tugma yoki igna singanda zararlanishdan himoya qiladi. Har xil tugmalarni tikadi.
    Kamchiligi: moylash va tugmalarni qo`yish qo`lda bajariladi. Boshqa tugmalarni o`tkazishda lapkalarni almashtirish kerak.


    Download 2.09 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




    Download 2.09 Mb.