- 52 -
Portlaydigan
parchin
mixlarning
uchidagi chuqurchaga
portlovchi modda
to’ldirilib,
atmosfera
namliklaridan
himoyalab berkitilgan. Bunday mixlarning
uzunligi 6 mm dan 20 mm gacha,
parchinlanadigan paketning qalinligi 1,6-25
dan 14,1-15 mm gacha. Parchinlashda mixni
teshikka bolg’a zarbasi bilan cho’ktiriladi
(sovuq holda), keyin kallagiga elektr
isitgichning uchini 2-3 sekundga qo’yiladi,
harorati 130
-160
S
ga yetgan zaryad
portlaydi,
natijada,
chiviqning
uchi
kengayadi va qalpoq hosil bo’ladi.
Parchinlash choklarining turlari.
Detallarning parchin mixlar bilan birikkan
joyi
parchinlash choki deb ataladi.
Parchin
mixli birikmaning turi va qo’llanilishiga
ko’ra, ular uchta-pishiq,
zich va pishiq-ziq
xillarga bo’linadi.
Pishiq choklarni mustahkam birikmalarda qo’llaniladi.
Mustahkamlikka erishish
uchun buyumning bir necha joyidan qatorlab parchinlash kerak. Bu usul balka, kolonna,
ko’prik va boshqa metall konstruktsiyalarni parchinlashda qo’llaniladi.
Zich choklar germetik konstruktsiyalarda sovuq holda parchinlash usulida bajariladi.
Konstruktsiyada germetiklikni ta’minlash uchun turli-tuman qistirma materiallaridan (olif yoki
surik shimdirilgan karton, gazlama) foydalaniladi, bunday
choklar rezervuarlar, yuqori bosim
talab qilmaydilar tsesternalar va shunga o’xshash buyumlarni tayyorlashda qo’llaniladi.