Namangan muhandislik-qurilish instituti elektr tizimlarini avtomatikasi




Download 5.28 Mb.
bet12/17
Sana24.03.2024
Hajmi5.28 Mb.
#175887
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
МАЪРУЗА00
Algoritm 1-lab, 4.Kurs ishi - копия - копия - копия (45), Hisoblash tizim-WPS Office, IR tex xarita, Mavzu Pythonda Matplotlip Pyplot bilan ishlash-fayllar.org, Semantically formation of words in Uzbek and English speaking countries, TYPES AND GROUPS OF MORPHEMES, parkinson, Ashuraliyev Donoyor, Mavzu O’rta Osiyoning qadimgi xalqlari haqida mahalliy manbalar-fayllar.org, 10-amaliy mashg‘ulot mavzu Yarim oval elementli kichik harflar , eYndsp0PFXCqsGXs4XsLVz39AgUmqXXjVRDsfjeo, S.ekol 2 must ish topsh (1), Investitsiya, Sog\'liqni saqlash muassasalarida mehnatni muhofaza qilishni tashkil etish xususiyatlarini o\'rganish.
Sinov savollari
Mahruza 9
Elektroenergetik tizimlarida avariyaga qarshi avtomatika

Elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash jarayonlari dinamik xususiyatga ega bqlib har bir vaqt momentida ishlab chiqarilayotgan va istehmolchilar tomonidan talab etilayotgan elektr energiyani zaruriy tengligi (quvvat balansi) va turli negativ tasodifiy tahsirlar bilan xarakterlanadi.


Elektroenergetik tizimlar asosan normal ish rejimida ishlaydi, bunda texnologik rejimni asosiy parametrlari-kuchlanish va chastota-yuklama uzluksiz qzgarishida ҳam qzgarmas bqladi, yahni ularning qiymati nominalga teng bqladi. Aktiv va reaktiv quvvatlarni taqsimoti ruxsat etilgan qiymat oralig’ida bqladi. Normal ish rejimi elektroenergetik obhektlarni avtomatik boshqarish orqali tahminlanadi. Normal ish rejimlarini tahminlovchi avtomatik boshqaruvni asosiy vazifasi energo resurslardan minimal foydalanib elektr energiya ishlab chiqarish, uzatish va istehmolchilarni sifatli ҳamda ishonchli elektr tahminotini amalga oshirish, boshqarilayotgan elektroenergetik obhektni ishchi xolatda bqlishini tahminlashdir.
Elektroenergetik obhektlar qisqa tutashuv yoki ishlab chiqarilayotgan energiyani (aloҳida agregatlarni) tqxtatilishi yoki elektrenergiyasi uzatish liniyalarini uzilishi kqrinishidagi tasodifiy tahsirlar (negativ tahsirlar) ostida avariya rejimga qtishi mumkin.
Avariya rejimi asosan ishlab chiqarilayotgan elektr energiyani kuchlanishi va chastotasini pasayishi bilan xarakterlanadi. Avtomatik boshqaruvni vazifasi uni sabablarini aniqlash, bartaraf etish va normal ish rejimini tiklashdir. Avariya rejimida avtomatik boshqaruv avariyaga qarshi avtomatik boshqaruv qurilmasi bilan amalga oshiriladi. Avariyaga qarshi boshqaruv natijasida avariyadan keyingi rejimga qtiladi yoki normal ish rejimi tiklanadi. Turli negativ tahsirlar elektr liniyalar orqali uzatilayotgan quvvatni sakrashsimon qzgarishini yuzaga keltiradi va elektr energetika tizimi ish parametrlarini qzgarishiga olib keladi.
Dinamik turg’unlik buzilishini bartaraf etish uchun tezkor, intensiv va qisqa vaqtli boshqarish tahsiri zarur. Avariyaga qarshi boshqaruv tizimi quyidagi asosiy funktsiyalarni bajaradi:

  • Texnologik rejim parametrlarini xavfli qzgarishlari yoki negativ tahsirlarni qayd etish;

  • Avariyadan keyingi ish rejimini baҳolash va eslab qolish;

  • Negativ tahsirlarni og’irlik darajasi va boshqarish tahsirini zarurligini baҳolash;

  • Avariyaga qarshi boshqaruv tahsiri turi, intensivligi va davomiyligini ishlab chiqish;

  • Boshqaruv tahsiri intensivligi va uni boshqarilayotgan obhektga effektiv tadbiqini eslab qolish.

Elektroenergetik tizimlarda avariyaga qarshi boshqaruv texnika vositalarining vazifasi energotizimda avariya jarayonlarini kelib chiqishi va rivojlanishini oldini olish va normal ish rejimini tiklanishini tezlashtirishdir. Avariyaga qarshi boshqaruv texnika vositalariga energotizimni qisqa tutashuvlardan ximoyalovchi avtomatik ximoya vositasi, yahni rele ximoyasi qurilmasi kiradi. Rele ximoyasini asosiy xususiyati shundaki, u uzish zarur bqlgan viklyuchatelni qaerda joylashganligini darxol aniqlaydi va unga uzish tahsir signalini uzatadi. Rele ximoyasi qurilmalari uzilishi zarur bqlgan viklyuchatellar ishlamasdan qolganda uni rezervlaydigan qqshimcha avtomatik qurilma bilan jixozlanadi. U energotizim energiya manbasi tomonidan uzilishi zarur bqlgan viklyuchatelga eng yaqin bqlganini uzadi.
Avariyaga qarshi avtomatik boshqaruv tizimiga avtomatik qayta ulash (AKU) va zaxirani avtomatik ulash (ZAU) qurilmalari ҳam kiradi.
Xozirda texnologik rejim parametrlarini xavfli qzgarishi, yahni belgilangan chegaradan kamayib yoki oshib ketishni oldini oluvchi avariyaga qarshi avtomatika keng qqllanilmoqda. Ular mustaqil ishlaydi va aloҳida energotizimlarni uzadi yoki ulaydi, bu bilan texnologik rejim parametrlarini xavfli qzgarishini oldini oladi va ularni texnologik parametrlari nominal qiymatigacha tiklaydi. Kuchlanish va chastotani belgilangan qiymatlardan kamayib va oshib ketishini chegaralovchi avtomatika ҳam qqllanilmoqda. Ular jumlasiga chastotaviy avtomatik yuksizlantirish (CHAYu) ҳam kiradi.
SHunday qilib energotizimlarda avariyaga qarshi avtomatik boshqaruvni quyidagi asosiy turlarga ajratish mumkin:

  • Og’ir negativ tahsirlarni yengillashtiruvchi va bartaraf etuvchi avtomatika-qisqa tutashuvda uzish, qayta ulash, rezervni ulash avtomatikasi;

  • Energotizim sinxron turg’unligining buzilishini bartaraf etuvchi umumtizim avtomatikasi;

  • Asinxron rejimni bartaraf etuvchi avtomatika;

  • Texnologik rejim parametrlarini ruxsat etilmagan qzgarishini oldini oluvchi avtomatika.

15-rasmda avariyaga qarshi avtomatikani funktsional sxemasi keltirilgan. Bunday tizimlar

1
5-Rasm. Avariyaga qarshi avtomatikani funktsional sxemasi.


QCHART-quvvat va chastotani avtomatik rostlash tizimi


KAR-qo’zg’atishni avtomatik rostlash
TKAR-transformatsiyalash koeffitsientini avtomatik rostlash
AQU-avtomatik qayta ulash
ZAU-zaxirani avtomatik ulash
RXQ-rele ximoyasi qurilmasi
ARABE-asinxron rejimni avtomatik bartaraf etish
KPCHA-kuchlanish pasayishini chegaralash avtomatikasi
CHPCHA-chastota pasayishini chegaralash avtomatikasi
KOCHA-kuchlanish oshishini chegaralash avtomatikasi
CHOCHA-chastota oshishini chegaralash avtomatikasi
EETBA-elektroenergetik tizimni bulaklash avtomatikasi



Download 5.28 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Download 5.28 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Namangan muhandislik-qurilish instituti elektr tizimlarini avtomatikasi

Download 5.28 Mb.