120
Bu artezian havzalari atrofida suvli bir qancha gorizont bo‘lib, ular
o‘ziga xos xususiyatlari bilan bir -biri bilan farq qiladi. Masalan,
Farg‘ona artezian havzasi atrofida yigirmaga yaqin suvli gorizont borligi
aniqlangan. SHu bilan birga, suvli gorizontlar katta (3500 m gacha)
chuqurlikda joylashgan bo‘lishiga qaramay bosim kuchi nihoyatda katta
bo‘lganligidan murakkab nasos qurilmalar ishlatishni talab etmaydi,
chunki ko‘p hollarda suv quduqdan o‘zi otilib chiqib, fontanlar hosil
qiladi. Burg‘ quduqlar orqali suvli gorizont ochilganda suvning sathi
ko‘tariladi. Suvning bosimli ekanligini p’ezometrik sath belgilaydi.
P’ezometrik sathning doimiy va nisbiy balandligi bo‘ladi.
Bir xil nisbiy balandlikka ega bo‘lgan p’ezometrik sathlarni
birlashtiruvchi chiziq gidroizop’ezlar deyiladi.
Bosimli suvlar to‘yinish sohasidan uzoq yo‘lni o‘tib, tog‘ jinslari
bilan uzoq vaqt tutashuvda bo‘lganligi sababli, grunt suvlariga qaraganda
ko‘proq minerallashgan bo‘ladi.
O‘zbekiston mineral suvlarining shifobaxshlik xususiyatlarini
o‘rganish, ulardan juda ko‘p kasalliklarni davolashda muvaffaqiyat bilan
qo‘llanilmoqda. Hozirgi vaqtda mineral suv manbalari bazasida bir necha
sihatgohlar qurilgandir. Andijon viloyatidagi Janubiy Olamushuk va
Polvontosh shifoxonalari, Surxondar’yo viloyatidagi Jayronxona
ishfoxonalari, Farg‘ona viloyatidagi CHimyon shifoxonasi, Namangan
viloyatidagi CHortoq shifoxonalari shular jumlasidandir. Toshkent
yaqinidagi artezian havzasining mineral suvlaridan oshqozon, ichak, jigar
kasalliklarini, moddalar almashinuviga xos va boshqa kasalliklarni
davolashda muvaffaqiyat bilan foydalanilmoqda. Toshkent va Farg‘ona
mineral suvlari Respublikamizdagi eng yaxshi ichiladigan suv sifatida
hammaga manzur bo‘lmoqda.