Vasilovskaya N.G.
Tolalarning fibrosement kompozitsiyalarini mustahkamlik parametrlariga ta’sirini o‘rganib chiqdi. Muallif turli uzunlikdagi (6, 12, 18 mm) bazalt tolasidan foydalangan.
Bazalt tolasining kimyoviy tarkibi, %: SiO2 - 48,15; CaO - 12,66; Fe2O3 - 9,61; MgO - 4,36; Na2O - 3,84; K2O - 1,81; TiO2 - 1,60.
Tolalar qorishmaga sement og‘irligining 0,1 dan 0,25% gacha miqdorda qo‘shilgan. Sinov natijalarini tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, bazalt tolasi bilan dispers armaturalangan sement namunalarining mustahkamligi nazorat namunalariga nisbatan 7 kunlik va 60 kunlik muddatdan keyin ham oshadi.
Eng yaxshi ko‘rsatkichlar 28 kun qurigandan keyin 0,2% tola qo‘shilgan bazalt sement namunalarida qayd etilgan.
1.6-jadval. Betonning mustahkamlik xususiyatlariga tolaning ta’sirini o‘rganish natijalari
Tadqiqotchilarning
F.I.SH
|
Qo’llanilgan
tola turi
|
Fibraning
Dozasi
(hajm bo’yicha)
|
Mustahlikni
oshirish Reg, %
|
Vasilovskaya N.G.
|
Bazalt tola 12 mm
|
Hajm bo’yicha
0.1-0.25%
|
262
|
Bogdanova E.R.
|
Polipropilen tola 55 mm
|
Hajm bo’yicha
0.1-0.2%
|
111
|
Pantelev D.A.
|
Amorf metall 30mm+metall 54mm
|
Hajm bo’yicha
0.1-2.0%
|
277
|
Korneva E.G.
|
Bazalt tola 4, 6 va
15 mm
|
Hajm bo’yicha
0-5.0%
|
210
|
Пономарев А.Н. ва бошқалар
|
Базалт тола 8-10 микрон, узунлиги 100-500 микрон
|
Ҳажм базалт толаси 2-6%
|
186
|
Sement kompozitsiyalarga tolalar miqdorining ta’siri normal sharoitda qurigan balkachalar namunalarini egilish va siqilishga mustahkamligini sinovdan o‘tkazish orqali baholandi [4].
Bunday kompozitsiyaning egilish va siqilishdagi mustahkamligi armaturalanmagan sement toshiga nisbatan: egilishda 100-160% ga va siqilishda 35-50% ga oshgan.
Kompozit materialdagi tolalar miqdorini bundan ham oshirish ularni bir joyda to‘planib qolishiga olib keladi va notekis taqsimlanishi natijasida egilish va siqilishda mustahkamligini pasayishi kuzatiladi.
Bogdanova Ye. R. sintetik polipropilen tolasi bilan disperslangan eksperimental beton namunalarining to‘rtta partiyasini tadqiq qilgan.
Fibra turli massalarda qo‘shilgan betonning mustahkamlik xususiyatlarini baholagan.
Muallif Durus S400 markali (uzunligi 55 mm) 3,5; 5 va 7,5 kg / m3 polipropilen tolasidan foydalangan [3].
Fibrobeton sifatining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri – egilish paytidagi cho‘zilishning qoldiq mustahkamligini aniqlash uchun STO NOSTROY FBTK2013 usuli bo‘yicha to‘rtta prizma to‘plami sinovdan o‘tkazilgan.
Tadqiqotlarda barcha namunalar uchun B35 sinfidagi beton ishlatilgan (beton mustahkamlik sinfini aniqlash GOST 10180-2012 bo‘yicha amalga oshirilgan).
Sinov namunalari 150*150*600 mm o‘lchamli prizmalar bo‘lib, o‘rtasida uyiq (kesma) mavjud.
Uyiqning chuqurligi 25 ± 1 mm. va kengligi 5 mm dan oshmaydi,
Namuna 1200 kN yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lgan Instron™ universal sinov mashinasining SATEC™ modelida yig‘ma yuk bilan yuklandi.
Sinov natijalari shuni ko‘rsatdiki, massa bo‘yicha 5 kg/m3 tola konsentratsiyasi yeng maqbul ekan.
Massa bo‘yicha 7,5 kg / m3 bo‘lgan tolaning tarkibi ortiqcha armaturalangan bo‘lib chiqadi, bu 5 kg / m3 tolali konsentratsiyali namunalarga nisbatan namunalarning mustahkamlik va ishqalanishga qarshilik kuchi xususiyatlarining pasayishiga olib keladi.
Panteleyev D. A. amorf metall tola yordamida poliarmaturalangan fibrobetonning deformativ va mustahkamlik xususiyatlarini o‘rganib chiqdi.
Poliarmaturalashning maqsadi monoarmaturalashdagi kompozitning afzalliklarini o‘zida saqlaydigan va kamchiliklarini inkor etadigan yangi material yaratishdan iboratdir.
Muallif quyidagilardan foydalangan:
*Belarus metallurgiya zavodi tomonidan ishlab chiqarilgan to‘lqin profilli po‘lat sim tolasi (d=0,3 mm; l=22 mm; ρ=7,8 g/sm3);
*"XimMet" MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan amorfmetall tolasi (d=0,28 mm; l=30 mm; ρ=7,8 g/sm3);
*" BarChip "polimer makrosintetik tolasi (d=0,87 mm;l=54 mm; ρ=0,9 g/sm3) [17].
Fibrobeton namunalarini olish uchun mayda donali beton ishlatilgan, bu esa armaturalovchi tolalarning yuqori darajada tarqalishiga imkon beradi.
Tadqiqot davomida tayyorlangan namunalar bir xil matritsa tarkibiga ega bo‘lgan: S:TS= 0.32 da TS:Q = 1:2 va superplastifikator qo‘shimchasining iste’moli sementning og‘irligi bo‘yicha 0,7% ni tashkil qiladi.
Sementqum qorishmasi tayyor bo‘lgach, unga tola qo‘shiladi va aralashtirish tolalar qorishmaning butun hajmiga teng taqsimlanmaguncha davom etadi.
Qorishmani shibbalash standart vibromashina yordamida namunani tayyorlash jarayonida amalga oshirilgan.
Tayyorlangan fibrobeton qorishmalaridan 70*70*280 mm o‘lchamdagi kvadrat kesimli prizma namunalari tayyorlangan.
Har bir seriya 4 ta namunadan iborat bo‘lgan.
Issiqlik va namlik bilan ishlov berish bug‘ kamerasida izotermik ushlab turish harorati 80 °C da amalga oshirilgan, shundan so‘ng namunalar tabiiy havo sharoitida 14 kun davomida saqlangan.
Keyin namunalarning o‘rtacha zichligi aniqlanib, ular GOST 24452-80 ga muvofiq prizmatik mustahkamligi va elastiklik modulini aniqlash uchun sinovdan o‘tkazilgan.
Natijada, betonni amorfmetall va po‘lat tola bilan hajm bo‘yicha 2% armaturalash orqali betonning elastiklik modulini 1,3 va 1,4 barobar, prizmatik mustahkamligini 1,3 va 1,2 barobar, egilish paytidagi cho‘zilishga mustahkamligini 2,1 va 2,7 barobar oshirish mumkin.
Shunday qilib, kompozit matritsaga yaxshi yopishgan amorfmetall tola bilan armaturalangan namunalar po‘lat tola bilan armaturalangan namunalarga qaraganda egilishda cho‘zilish mustahkamligi va elastik moduli sinovlarida katta qiymatlarni ko‘rsatadi, po‘lat tola bilan armaturalanganda esa sinishning ilashimliligi oshadi.
Korneyeva I. G. dispersli armaturalashning mayda donali betonning mexanik xususiyatlariga ta’sirini o‘rganib chiqqan. U bazalt tolalarining hajmi, diametri va uzunligining turli xil sonli qiymatlariga ega bo‘lgan fibrobetonning eksperimental prizmatik namunalarini standart egilishga sinovlarini o‘tkazgan.
Tekshirish sinovlari 40*40*160 mm o‘lchamdagi balka namunalarida o‘tkazilgan bo‘lib, tarkibi 1:2 (sement: qum) dispers armaturalangan fibrobetondan iborat. Sement markasi M400, o‘lcham moduli 2,38 va maksimal fraksiyasi 5 mm bo‘lgan mahalliy qum ishlatilgan.
Betonni armaturalash diametri 13 mikron, uzilishga mustahkamligi 1351 MPa bo‘lgan rovingni kesish orqali olingan bazalt tolalari bilan amalga oshirilgan. Fibraning uzunligi 4 va 15 mm bo‘lgan. Betonda fibraning hajm tarkibi 0-5% oralig‘ida (og‘irligi bo‘yicha) o‘zgargan.
O‘tkazilgan eksperimental tadqiqotlarni tahlil qilish quyidagi natijalarini tasdiqlashga imkon beradi:
*bazalt tolalari yordamida dispersli armaturalash mayda donali betonning konstrukturaviy xususiyatlarini yaxshilashga imkon beradi;
*dispersli armaturalashning optimal hajmining qiymati uning tuzilishi va ishlatilgan tolalarning parametrlari (diametri, uzunligi) bilan belgilanadi va yopishqoq, plastik buzilish imkoniyatini ta’minlashi kerak.
Sinov natijalariga ko‘ra, betonda tolalardan foydalanish samarador ekanligi to‘g‘risida xulosa qilish mumkin.
Jadval ma’lumotlarida toladan foydalanganda egilishga mustahkamlikni o‘sishining ijobiy dinamikasi mavjud. Amorf metallpo‘lat tolali temirbeton uchun eng yaxshi mustahkamlik ko‘rsatkichlari mos ravishda hajmi bo‘yicha 1,5 va 0,5% dozada kuzatiladi. Ushbu tarkibda egilishga bo’lgan mustahkamlikning oshishi 70% dan ortiqni tashkil etadi.
Ponomarev Andrey Nikolayevich, Yudovich Mixail Yevgeniyevich -beton aralashmalar tarkibiga quyidagi ixtironi kiritdilar.
Texnik natijamustahkamlik xususiyatlari va suvga chidamliligi yuqori bo‘lgan beton ishlab chiqarishdan iborat bo‘lgan.
Beton aralashmasi sement, to‘ldiruvchi, suv va diametri 8-10 mikron, uzunligi 100-500 mikron bo‘lgan bazalt toladan iborat bo‘lib, komponentlar quyidagi nisbatda olingan (og‘irligi bo‘yicha%): sement 24-48, to‘ldiruvchi 30-60, bazalt tolasi 2-6, plastifikator 0,9-1,1, qolganini suv bilan to‘ldirilgan.
Taqdim qilingan ixtiro qurilishda ishlatiladigan monolit va yig‘ma konstruksiyalarni ishlab chiqarish uchun qo‘llaniladigan beton qorishmalar turiga mo‘ljallangan.
Beton aralashmaning quruq tarkibiy qismlari aralashtirgichga yuklanadiva 5-15 daqiqa davomida aralashtiriladi. Plastifikator C3 suvda eritiladi, eritma aralashtirgichga quyiladi va 5-10 daqiqa davomida aralashtiriladi.
Olingan qorishmadan sinov namunalari tayyorlanadi: tomonlari 100*100*100 mm o‘lchamdagi kublar va 40*40*160 mm o‘lchamdagi balkalar.
Tadqiqot natijasi: bazalt tolasidan foydalanish betonning mustahkamlik ko‘rsatkichlarining sezilarli darajada oshishiga olib keladi, bunda bir vaqtning o‘zida suvni singdirishining pasayishiga olib keladi, bu esa o‘z navbatida uning ishlatish sifati va ishlash muddatining uzoq bo‘lishiga olib keladi.
|