Namangan muhandislik-qurilish instituti




Download 0.8 Mb.
bet2/29
Sana06.07.2023
Hajmi0.8 Mb.
#76369
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
A.GAYBULLAYEV DESERTATSIYA (2)
xisobot G\'aznachilik (2)-2, Reja. Rejaning turlari-fayllar.org
ANNOTATSIYA
Fibrobeton - bu yuqori kuch bilan ajralib turadigan qurilish materialining o'ziga xos turidir. Klassik beton eritmasidan farqli o'laroq, bu katta agregatni qo'shmaydi, buning o'rniga bog'lab qo'yilgan kapitallarning rolini tolalar o'ynaydi. Bular kelib chiqishiga ko’ra turli xil materiallar bo'lishi mumkin: bazalt, shisha, po’lat va boshqalar.
Zamonaviy qurilishda klassik betonga tola qo’shishning asosiy maqsadi, qurilishda iqtisodiy jihatdan qimmat bo’lgan armatura sarfini kamaytirishdir.
ANNOTATION
Fibrobeton is a specific type of building material characterized by high strength. Unlike a classic concrete solution, this does not add a large aggregate, instead fibers play the role of bonded Capitals. These can be different materials according to their origin: basalt, glass, steel, etc.
The main purpose of adding fiber to classic concrete in modern construction is to reduce the cost of reinforcement, which is economically expensive in construction.

KIRISH
Zamonaviy qurilishda deyarli har kuni yangi texnologiyalar joriy etilmoqda, modernizatsiya qilinmoqda va samarali qurilish materiallari ishlab chiqarilmoqda. Bunda, qurilish materiallariga, ayniqsa beton konstruktsiyalariga ko‘pgina omillar bo‘yicha eʼtibor berilmoqda.
Hozirgi zamonda turar-joy va sanoat maqsadlaridagi qurilish ishlari tobora avj olmoqda, har yili minglab inshootlarni ishga tushirilmoqda, sohani o‘sish surʼatlarini tezlashtirayotgani ayni haqiqatdir, shu bilan birga taʼkidlab o‘tish joizki qurilish obʼektlariga bo‘lgan talab kamaymayapti.
Maʼlumki, maqsadi, o‘lchami, shakli va turidan qatʼiy nazar deyarli har qanday turdagi ko‘chmas mulkni qurishda asosiy material bu betondir.
Bugungi kunda beton ishlab chiqarishning global hajmi 2 milliard m3 ni tashkil qilmoqda, ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari va boshqa turdagi qurilish materiallari ko‘rsatkichlari esa nisbatan ancha past [15].
Beton deganda bog‘lovchi modda (tsement), suv, mayda va yirik to‘ldirgichlar (qum,shag‘al) va ayrim hollarda qo‘shimchalarni optimal tarkibda qo‘shib tayyorlanadigan qorishmaning zichlashib qotishi natijasida hosil bo‘ladigan sunʼiy tosh materiali tushuniladi. Betonning qattiqliginin shakllanish va tashqi yuk taʼsirlarini o‘ziga qabul qilishi to‘ldiruvchidan foydalanishga butkul bog‘liq bo‘lib, betonning kirishishi va kirishish yoriqlarining kamayishiga taʼsir ko‘rsatadi.
Beton arxitekturaviy-qurilish ko‘rkamligi, kam energiya isteʼmoli vaekspluatatsion ishonchliligi bilan asosiy konstruktsion material bo‘lib bo‘lib qolmoqda. Bu materialdan foydalanish texnologiyasining soddaligi va qulayligi bilan bir qatorda, sanoat mahsulotlari va chiqindilaridan foydalangan holda beton xususiyatlarini yaxshilash imkoniyati ham mavjud.
Yangi turlarga mansub bo‘lgan va ishlab chiqarishga keng miqyosda joriy etilayotgan mahsulotlardan biri bu fibrobetondir. Uning tarkibiga turli ko‘rinishdagi tolalarni qo‘shish orqali ishlab chiqarish mumkin.
Аrmaturalangan beton –bu mayda donali betonga turli xildagi armaturalovchi tolalar: po‘lat tola, shisha-tola yoki sintetik tolalarni qo‘shilganligidan paydo bo‘lgan klassik kombinatsiyasidir. Ushbu turdagi beton maxsus konstruktsiyalarni mustahkamlash uchun mo‘ljallangan. Hozirgi vaqtda dunyoda fibrobetonning fizik–mexanik va deformatsion xususiyatlarini tadqiq etishga kata eʼtibor berilmoqda.
Mavzuning dolzarbligi betonda toladan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lib, bunda tola betonning yoriqbardoshligiga, sovuqqa chidamliligiga, suv o‘tkazmasligiga, issiqlikka chidamlilik va yong‘inga qarshilik xususiyatlarini yaxshilaydi. Demak, ushbu xususiyatlarni o‘zgarishida tolaning taʼsir darajasini ilmiy jihatdan o‘rganish muhimdir.
Ushbu magistrlik dissertatsiyasi fibrobetonning mustahkamligiga tolalarning taʼsiri va tolalarning optimal miqdorini o‘rganishga bag‘ishlangan.
Magistrlik dissertatsiyasining tadqiqot obʼekti–fibrobetonda metall, tolasidan foydalanish.
Tadqiqotning predmetini fibrobetonning tarkibi va xususiyatlari hamda uning mustahkamligiga tolalarning taʼsiri tashkil etadi.
Tadqiqotning maqsadi fibrobetonning mustahkamlik xususiyatlariga po‘lat tolalarni taʼsirini tadqiq qilish va tolalarning optimal miqdorini tadqiq qilishdan iboratdir.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilandi:
- fibrobeton ishlab chiqarishning nazariy jihatlarini va ularni qurilish sanoatida qo‘llash amaliyotini o‘rganish;
- dispers armaturalangan fibrobetonning tarkibi va xususiyatlari bo‘yicha ilmiy ishlar va texnik va adabiyotlarni tahlil qilish;
- Betonni dispers armaturalash uchun foydalaniladigan tolalar turlarini tadqiq qilish;
- temir-beton va uni armaturalash turlari hamda tola xom ashyosining xususiyatlarini o‘rganish va tanlash;
- po‘lat toladan foydalangan holda tayyorlangan fibrobeton tuzilishini shakllanishining asosiy qonuniyatlari va jarayonlarini o‘rganish.
- po‘lat tola bilan dispers armaturalangan beton namunalari bilan eksperiment o‘tkazish va mustahkamlik ko‘rsatkichlarini aniqlash;
- po‘lat tola bilan dispers armaturalangan beton namunalarining mustahkamlik ko‘rsatkichlari natijalarini matematik statistika usullari yordamida qayta ishlash;
- fibrobeton mustahkamligiga taʼsir qiluvchi omillarning miqdoriy ko‘rsatkichlariga asoslangan holda xulosalar tayyorlash.
Tadqiqot usullari- tahlil, solishtirish, kuzatish, eksperiment, natijalarni qayta ishlash, sharhlash.
Dissertatsiya ishining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
- fibrobetonning mahalliy sharoitda qotishi jarayonida metall tolasining fizik-mexanik xususiyatlari o‘rganilgan;
- po‘lat tolasini fibrobeton mustahkamlik ko‘rsatkichlariga taʼsiri tadqiq qilingan;
- eksperiment natijalari asosida olingan natijalarga asosida mustahkamlik ko‘rsatkichlarini oshishida tola omillarining (miqdori va uzunligi) ahamiyatlilik darajasiga matematik statistikaning dispers-tahlil apparati yordamida baho berilgan.
- Po‘lat tola bilan dispers armaturalangan fibrobeton uchun tolaning optimal miqdori tadqiq qilingan.
Ishning nazariy va amaliy ahamiyati. Po‘lat tolalar bilan armaturalangan fibrobetonning mustahkamlik ko‘rsatkichlariga taʼsir etuvchi omillarni dispers tahlil usulini yordamida tahlil qilish metodikasi ishlab chiqilgan. Аmaliy jihatdan ushbu metodikani boshqa turdagi tolalarni tadqiq qilishda ham qo‘llash mumkin.
Tadqiqotnatijalarini aprobatsiyasi. Magistrlik dissertatsiyasining asosiy mazmuni va tadqiqot natijalari umumlashtirilib, ilmiy nashrlarda taqdim etilgan, jumladan: OАK ro‘yxatidagi NamITI ning “Ishlab chiqarish texnologiyasi muammolari” ilmiy jurnalida, Xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferentsiyalarda muhokama qilingan.
Magistrlik dissertatsiyasi kirish, 3 ta bob va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.

Download 0.8 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Download 0.8 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Namangan muhandislik-qurilish instituti

Download 0.8 Mb.