2.4-jadval.Bazalt tolalari asosida tayyorlangan fibrobetonning sinov tadqiqot asosida olingan natijalar
№
|
Siqilish %
|
Cho’zilish %
|
Egilish %
|
1
|
+35
|
|
+84
|
2
|
-15
|
+55
|
|
3
|
+30…80
|
|
+30…60
|
4
|
+40.9
|
|
+21.1
|
5
|
+35
|
|
+65
|
6
|
+35
|
+69
|
+65
|
7
|
+7.5
|
|
+34
|
8
|
+12
|
|
|
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki bazalt tolalarining afzalliklari va ko’plab tadqiqotlar hamda tajribalar davomida olingan ijobiy natijalarga qaramasdan, bazalt tolali fibrobetonlar qurilishda hozirgacha keng qo’llanilmagan.
Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, keng qo’llanilmaganligi materialning xossalari, tadqiqot natijalarining yetarli emasligi va noaniqligi, bazalt tolalarining beton hajmida taqsimlanishining bir xilligini ta‟minlashdagi texnologik qiyinchiliklar, hisoblash usullarining nomukammalligi hamda me‟yoriy hujjatlarning yetarli emasligi bilan izohlanadi.
2.4 Dispers armaturalangan betonning fizik-mexanik xossalarini o‘rganish
Beton qurilish materiallari ichida eng ko’p qo’llaniladi. U qurilish zaruriyati uchun yaratilgan, faqat qurilish uchun ishlab chiqarilgan. Beton narxi boshqa
materiallarga nisbatan ancha arzon. Zero uning mexanik xususiyati po’latnikiga
qaraganda ancha farq qilsada, ularning afzalligini solishtirib bo’lmaydi. Bunday
holatda betonga teng keladigan material yo’q. U hamma joyda yetarli, ya’ni uning
tarkibiga hamma yerda mavjud bo’lgan materiallar kiradi. Yana bir ma’qul bo’lgan
tomoni shundan iboratki, beton mustahkamligi yildan yilga ortib boradi. Bu xususiyat temirbeton konstruktsiyalari uzoq davrga chidamli ekanligini ko’rsatadi.
Betonning bunday fizik – mexanik va iqtisodiy ko’rsatgichlari haqida gap
ketganda «beton» o’zi nima degan haqli savol tug’iladi.
Bog’lovchi, to’ldiruvchi va suv aralashmasining qotishidan hosil bo’lgan
sun’iy tosh - b e t o n deb ataladi.
Beton anizotrop material bo’lib, uning mustahkamligi quyidagi omillarga
bog’liq: tarkibi; bog’lovchi va to’ldiruvchining xili; suv va tsementning nisbati
(W/C); tayyorlash usuli; qotish sharoiti; betonning yoshi; namunalarning shakli va o’lchamlari.
Beton qorishmasida W/C qancha kichik bo’lsa, betonning mustahkamligi
shuncha yuqori bo’ladi, tsement kam sarflanadi.
Beton qorishmasi tayyorlashdagi suv miqdori beton tarkibi va mustahkamligiga ta’sir etuvchi asosiy omil bo’lib hisoblanadi. Suvni tsement bilan
kimyoviy birikishi uchun W/C0,2 bo’lishi yetarli, bunda W/C - suv miqdorini
tsement miqdoriga nisbati. Ammo, beton qorishmasini harakatchanroq bo’lishi va
yuzaga yaxshi yotishi uchun suv me’yoridan ko’proq quyiladi, ya’ni W/C0,5 -0,6 harakatchan qorishma; W/C0,3-0,4 qattiq qorishma. Beton tarkibidagi ortiqcha suv jarayonida bug’lanadi va beton tanasida pufakchalar va kapilliyarlar hosil qiladi, bu g’ovaklar suv yoki havo bilan to’lgan bo’ladi. Bu betonning sifatiga ta’sir qilib, mustahkamligini kamaytiradi va deformatsiyasini oshiradi. TSement toshdagi g’ovaklarning umumiy hajmi 25-40% ni tashkil etadi (normal sharoitda qotganda). W/C kamayishi bilan tsement toshdagi g’ovaklar ham kamayadi, natijada betonning mustahkamligi ortadi. SHuning uchun temirbeton ishlab chiqaradigan korxonalarda asosan qattiq beton qorishmasidan foydalaniladi.
|