Me’yoriy qarshiliklar va beton markalari. Beton bir jinsli bo’lmaganligi va
turli xil omillarning ta’sir etishi natijasida xossalari keng miqyosda o’zgaruvchan
bo’ladi, lekin shunga qaramay, hisob ishlarida ma’lum darajada ishonarli bo’lgan
mustahkamlik ko’rsatkichlaridan foydalanishga to’g’ri keladi.
Betonning me’yoriy k u b i k mustahkamligi deganda quyidagi formuladan aniqlanadigan miqdor tushuniladi:
Rn Rm1 1,64
bu yerda Rm - betonning o’rtacha statistik mustahkamligi; - beton mustahkamligini o’zgaruvchanlik koeffitsienti bo’lib, loyihalashda og’ir va yengil betonlar uchun o’rtacha 0,135 ni qabul qilingan.
Betonning siqilish mustahkamligi klasslari V harfi bilan belgilanib, miqdor
jihatidan formula orqali aniqlangan kubik mustahkamliga teng bo’ladi.
Betonning mustahkamlik bo’yicha klasslari yoki me’yoriy qarshiliklari nazorat
qilinadigan tavsif hisoblanadi. Bu tavsif beton buyumning ishchi chizmasida qayd
etiladi, buyumni tayyorlashda unga qat’iy amal qilish zaruriy talab hisoblanadi.
Betonning talab etilgan kubik mustahkamligi Rn yoki mustahkamlik bo’yicha klassi V ni hosil qilish Rm bilan ga bog’liq.
Beton qorishmasi ishlab chiqarish texnologiyasi yaxshi tashkil etilgan
korxonalarda beton yuqori darajada bir jinsli qilib tayyorlansa (o’zgaruvchanlik
koeffitsienti =kichik bo’lsa), o’rtacha mustahkamlik Rm ham kamayadi, natijada
tsement tejaladi. Agar o’zgaruvchanlik koeffitsienti katta bo’lsa, u holda betonning
zaruriy me’yoriy mustahkamligiga ega bo’lishi uchun uning o’rtacha
mustahkamligini oshirishga to’g’ri keladi. Bu esa o’z navbatida tsement sarfini
oshiradi. O’zgaruvchanlik koeffitsienti =0,135 bo’lganda Rn=0,78R bo’ladi. Agar
=0,07 bo’lsa, me’yoriy qarshilik Rn ning o’sha qiymatini olish uchun betonning
o’rtacha mustahkamligini kamaytirish mumkin, ya’ni R1
|