|
R1= Rn / 1-1.64*0.07 =0.78 / 1-1.64*0.07 = 0.88R
|
bet | 26/29 | Sana | 06.07.2023 | Hajmi | 0.8 Mb. | | #76369 |
Bog'liq A.GAYBULLAYEV DESERTATSIYA (2) xisobot G\'aznachilik (2)-2R1= Rn / 1-1.64*0.07 =0.78 / 1-1.64*0.07 = 0.88R
=0,2 bo’lsa R2>R bo’ladi, ya’ni
R2 = 0.78 /1-1.64*0.2 = 1.14R
demak o’zgaruvchanlik koeffitsienti katta bo’lsa, betonning o’rtacha mustahkamligini oshirishga to’g’ri kelar ekan.
Beton prizmalarning siqilish Rbn va cho’zilish Rbtn bo’yicha me’yoriy
qarshiliklari (tajriba yo’li bilan aniqlanmasa) kubik mustahkamligi orqali aniqlanadi.
Agar betonning bo’ylama cho’zilishga bo’lgan me’yoriy qarshiligi tajriba yo’li bilan aniqlansa, u holda quyidagi formuladan foydaniladi:
Rbtn Rbtm
bu yerda Rbtn - betonning cho’zilishdagi o’rtacha mustahkamligi.
Betonning cho’zilish mustahkamligi bo’yicha klasslari Bt miqdor jihatidan
uning cho’zilishdagi mustahkamligiga teng bo’lib 0,95 aniqlikda formuladan
aniqlanadi. Betonning mustahkamligiga baho beradigan asosiy ko’rsatkich uning
kubik mustahkamligidir.
Betonning siqilish mustahkamligi bo’yicha klassi - V beton kublarni sinash
yo’li bilan aniqlanadi. Kubning qirralari 15 sm dan bo’lib, 28 sutka mobaynida
202S haroratda, havo namligi 95% dan kam bo’lmagan sharoitda saqlangandan
keyin sinaladi. Betonning kubik mustahkamligi quyidagi formula yordamida
aniqlanadi:
R= Fu / Ab,tot
bu yerda Fu-buzuvchi kuch; Ab,tot - kubikning ko’ndalang kesim yuzi.
Beton va temirbeton konstruktsiyalar uchun og’ir betonning siqilishga bo’lgan
mustahkamligi bo’yicha quyidagi klasslar ko’zda tutilgan: V3,5; V5; V7,5; V10;
V12,5; V15; V20; V25; V30; V35; V40; V45; V50; V55; V60.
Og’ir betondan ishlanadigan temirbeton konstruktsiyalarda klassi V7,5 dan past bo’lgan betonlarni qo’llash ruxsat etilmaydi. Takroriy yuklar ta’sir etadigan
konstruktsiyalarda klassi V15 dan yuqori bo’lgan betonlar qo’llaniladi. Siqiluvchi
temirbeton elementlari V15 dan kam bo’lmagan betonlardan va katta yuk ostida
bo’ladigan konstruktsiyalarda esa (masalan, ko’p qavatli binolarning quyi qavat
ustunlarida) klassi V25 dan kam bo’lmagan betonlar qo’llash tavsiya etiladi.
Zo’riqtirilgan elementlar uchun V20...V60 bo’lgan beton klasslari ishlatiladi.
Hisob ishlarida betonning prizmatik mustahkamligi qo’llaniladi. Betonning prizmatik mustahkamligi kubik mustahkamligining 72-77% ini tashkil etadi: Rb=0,75R.
Betonning bo’ylama cho’zilish mustahkamligi bo’yicha klassi Vt ko’pgina
inshootlarda (masalan, gidrotexnika inshootlarida) beton mustahkamligining asosiy
ko’rsatkichi hisoblanadi. Betonning cho’zilishdagi mustahkamligi siqilishdagiga
nisbatan 10-20 marta kam bo’lib, quyidagi empirik formula yordamida aniqlanadi:
|
| |