Namangan tumani-2024 namangan viloyati namangan tumani




Download 31.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana16.03.2024
Hajmi31.61 Mb.
#174540
  1   2   3   4
Bog'liq
Metodik qo\'llanma
Xalqaro tadqiqotlar doirasida o‘quvchilarning kreativ fikrlash, 1.1-mavzu, 1241549, 8.11.14, 1.09 Tanlov fanlari (Tizimlarga hizmat ko\'rsatish), 17.Xodjayeva , 17.Fizika matematika 2 qism, 04PSMN122, broken circ square, Menschen A1.1-Arbeitsbuch, 1340282, 5. Как Гостю присоединиться к команде Microsoft Teams (на компьютере), 1-mavzu. Aktdan foydalangan holda o‘quvchilarning ta’lim olish i, CoSpaces-Edu-getting-started-kit compressed, inglizcha ma`lumot


1
Namangan tumani-2024
NAMANGAN VILOYATI NAMANGAN TUMANI
16-UMUMIY O‘RTA TAʼLIM MAKTABI
TO‘GARAK MASHG‘ULOTLARI JARAYONIDA
TURLI DASTURLARDAN FOYDALANIB
ANIMATSIYALARNI HOSIL QILISH YUZASIDAN
METODIK QO‘LLANMASI
Ibragimov Xurshidjon Riskinboyevich
16-o‘rta taʼlim maktabining
informatika fani o‘qituvchisi


2
Annotatsiya
Bugungi kunda maktabgacha va maktab taʼlim muassasalarida axborot
texnologiyalarning keskin rivojlanishini kuzatishimiz mumkin. Shu bois maktab
darsliklari va kompyuter dasturlarini tez-tez almashib turganligiga guvoh bo‘lib
kelmoqdamiz. Bu esa o‘qituchilarni taʼlim berishda o‘z mahoratlarini oshirishga va
yangi metodlar bilan dars o‘tishlariga undab kelmoqda.
Shuningdek, o‘quvchilarga dizayin, grafika va animatsiya yo‘nalishlari
bo‘yicha amaliy ko‘nikma berilishiga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda. Bunda
asosan Scratch, Pencil2D va Photoshop kabi dasturlar maktab darsligiga kiritilib,
o‘quvchilarni fikrlash doirasini kengaytirish, qiziqarli loyihalarini tuzish, axborot
texnologiyasi bilan bog'liq yangi rejalarni amalga oshirishga sabab bo‘lmoqda.
Ushbu metodik qo‘llanmada o‘quvchilarda animatsiyalarni yaratish yuzasidan
to‘liq tushunchalarning berilishi, zarur bo‘lgan dasturlardan foydalanish tartibi,
qiziqarli bo‘lgan loyihalarni tuzilishi yoritilib berilishi taʼminlangan.


3
Muallif:
Namangan tumani 16-o‘rta taʼlim maktabining informatika fani
birinchi toifali o‘qituvchisi Ibragimov Xurshidjon Riskinboyevich;
Muharrir: Namangan tumani 16-o‘rta taʼlim maktabining o‘zbek tili va
adabiyoti fani oliy toifali o‘qituvchisi Zulfiqarova Shahzodaxon
Mo‘minjonova;
Taqrizchilar: NamDU “Amaliy matematika va raqamli texnologiyalar”
kafedrasi mudiri, PhD, dotsent Dadaxanov Musoxon;
Namangan tumani 21-o‘rta taʼlim maktabining informatika fani
oliy toifali o‘qituvchisi Mamarasulova Maxmuda To‘rabbaevna.


4
Mundarija
1. Kirish .........................................................................................................5
2. Yangi spraytlarni hosil qilish ................................................................... 6
3. PNG rasmlarini turli ko‘rinishlarini hosil qilish .................................. 10
4. Paint2D dasturida gif fayllarni yaratish ................................................ 16
5. Scratch dasturida turli loyihalarni tuzishni o‘rganish ......................... 20
6. Xulosa ........................................................................................................ 28
7. Foydalanilgan adabiyotlar ........................................................................29


5
Kirish
Dars o‘tish jarayonida o‘quvchilarni qiziqtirishga alohida ahamiyat qaratish
lozim, masalan o‘quvchiga dasturlashni o‘rgatish uchun biz Scratch dasturida biron
bir qiziqarli o‘yin yoki animatsiyani hosil qilib, tuzilgan algoritm yuzasidan
tushunchalarni berib borish orqali bilim ko‘nikmalarini rivojlantirishga erishimiz
mumkin. Bunda biz maktab darsligidan tashqari “O‘zbekcoders” bir million
dasturchi loyihasidagi “Code Your self” bo‘limidagi loyihalar, hamda Code.org
platformasidagi barcha harakat algoritmlaridan foydalanishimiz mumkin.
Yuqorida ko‘rsatilgan platformalar hamda maktab darsliklarida keltirilgan
algoritmlar yordamida o‘quvchilarga Scratch dasturidan so‘ng, keyingi bosqichda
Phyton dasturlash tilini o‘rgatish oson kechadi.
Demak, maqsad o‘quvchilarni Scratch dasturida mukammal ishlashini
taʼminlashdir. Tasavvur qiling, agarda o‘quvchi algoritm tuzishni yaxshi o‘zlashtirib
olsa, u turli ko‘rinishdagi loyihalarni ishlab chiqishga intiladi. Biroq birinchi duch
kelgan muammosi bu Scratch dasturi kutubxonasida fon va spraytlarning soni
chegaralanganligini ko‘radi va natijada boshqa spraytlarni qidirish uchun internetga
murojaat qilishiga to‘g'ri keladi.
Shuni inobatga olib, birinchi navbatda yangi spraytlarni hosil qilishni ko‘rib
chiqamiz. Barchamizga maʼlum internetdagi rasmlarni aksariyat qismi mualliflik
huquqi bilan foydalanish chegaralab qo‘yilgan, ko‘p maktablardagi Chrome va
Google qidirish dasturlarida akkaunt mavjud emas, shu holatda kengaytmasi PNG
bo‘lgan rasmlarni qanday tuzish mumkinligi ko‘rsatiladi. Ikkinchi navbatda PNG
bo‘lgan rasmlarni turli ko‘rinishlarga o‘tkazish ham o‘rgatiladi.


6
Yangi spraytlarni hosil qilish.
O‘quvchi o‘z istagidan kelib chiqib, loyihasi uchun zarur bo‘lgan rasmni
internet tarmog'idan qidirib topishi lozim. Eslatma har qanday qahramonni topish
uchun Chrome qidiruv tizimida rus yoki ingliz tillarida yozilishi kerakligini bilamiz,
bu tillarni bilmagan o‘quvchilar Google translyatordan foydalanishi tavsiya qilinadi.
Keling loyiha uchun Flik chumolisini olaylik.
Zarur
bo‘lgan
rasm
topilgach
uni
kompyuterga saqlab qo‘yiladi. Eʼtibor
bering bu rasm PNG kengaytmasi bilan
bo‘lsada, biroq uni photoshop dasturida
tahrirlayotganimizda qo‘yidagi xatolik
ko‘rsatiladi, yaʼni mualliflik huquqi bilan
tahrirlash chegaralangan.
Shu kabi holatlarda biz rasmni imkoni boricha kattalashtirib olamiz va PrtSc
skrinshot tugmasini bosamiz, bu ishni internet oynasida qilish mumkin. Endi
photoshop dasturini ochib, yangi hujjatni hosil qilib olamiz, unda rasmning eni va
balandligiga eʼtibor beramiz.


7
Hujjatni hosil qilishda barcha parametrlarga eʼtibor qaratish lozim, masalan,
razresheniya rasmni tiniq bo‘lishi, fon albatta ko‘rinmas bo‘lishi, ranglar tizimi ham
RGB bo‘lishi lozim. Hosil bo‘lgan hujjatda Ctrl+V tugmasi bosiladi va rasmning
keraksiz joylari olib tashlanadi.
Photoshop dasturida kesish uchun (1) tugmasidan foydalanamiz, Paint dasturi
kabi bu tugma bilan keraksiz hududni belgilab, DEL tugmasi bosiladi va shu tariqa
barcha joylari olib tashlanadi.
Endi
hosil
bo‘lgan
rasmga
nazar
tashlaylik.
Ko‘rinmas bo‘lgan qismi (1)
,
orqa
foni
ko‘rinadigan
katakchalar (2).
1
1
2


8
Rasmni fonsiz va PNG ga
o‘tkazish
uchun
yana
yangi
hujjatni yaratib olish zarur bo‘ladi,
bu safar rasmning eni 5 sm,
balandligi 10 sm bo‘lishi kerak.
Tezkor ajratish tugmasi (1)
yordamida Flik chumolisini kesib
olamiz, chumolini tuliq kesib
olish uchun shu tugmani bosib
boriladi, toki butun chumoli ajrab
chiqmagunga qadar (2).
1
2


9
Ajratish ishlarini amalga oshirishda (1) eʼtibor berish kerak, 5 soni o‘lchov
biriligi bo‘lib, ajratish nuqtasi 5 piksel ekanligi, agarda uni kattalashtirsangiz
rasmning kichik qismlarini kesishda qiyinchiliklarga duch kelasiz.
Keyingi qadamda rasmni o‘tkazish
uchun (2) ko‘chirib o‘tkazish tugmasi
bosiladi
va
rasmni
yangi
hujjatga
ko‘chiriladi. Natijada orqa foni bo‘lmagan
rasm paydo bo‘ladi.
Endi rasmni saqlash uchun Файл-
Сохранить как tugmalar ketma-ketligini
bosib, faylga nom berib, kengaytmasini
PNG ga o‘tkazib qo‘yiladi.
Shundan so‘ng Scratch dasturiga
import qilib, undan foydalanish mumkin
bo‘ladi. Lekin bu rasmning ko‘rinishi 1 ta
bo‘lganligi bois uni animatsiyasini ko‘rish
imkoni bo‘lmaydi.
Ushbu
qo‘llanmaning
keyingi
qismida
yangi
ko‘rinishlarini
hosil
qilinishini ko‘rib chiqamiz.
1
2


10
PNG rasmlarini turli ko‘rinishlarini hosil qilish.
Bu qismda bizlarga zarur bo‘lgan ayrim qaynoq tugmalarni eslab qolishimiz
kerak bo‘ladi.
Rasmni tahrirlash jarayonida uni lupa tugmasi yordamida kattalashtirib olish
mumkin, shunda rasmning eski holatiga qaytarish uchun Ctrl+0 tugmalari bosiladi.
Ctrl+D tugmalari bosilganda kesib olingan hudud bekor bo‘ladi.
Ctrl+Alt+Z tugmalari bosilganda bajarilgan ishlar ketma-ket ortga qaytadi. Bu
tugma xatolik qilganda kerak bo‘ladi.
Demak oldingi qismda PNG qilib olingan Flik chumoli rasmini photoshop
dasturi yordamida ochib olamiz, buning uchun saqlangan rasmni ustiga sichqonchani
olib borib, o‘ng tugmani bosib, открыть с помощю tugmasi orqali photoshop
dasturi tanlab olinadi, shunda rasm photoshop dasturida aks etadi.
Endi
rasmni
turli
ko‘rinishlariga o‘zgartirish uchun
yangi hujjat hosil qilamiz.
Biron bir rasmni keyingi ko‘rinishlarini hosil qilish uchun photoshop dasturida
bir nechta usulda amalga oshirish mumkin. Biz bu usullarning eng maqsadli bo‘lgan
holatini o‘rganib chiqamiz. Bunda bizga photoshop dasturidagi Pero tugmasi yordam
beradi.


11
Endi pero tugmasi yordamida keltirilgan Flik chumolisini imkon qadar ko‘proq
qismlarga bo‘lish maqsadga muvofiq bo‘ladi (ushbuni eski 11-sinf maktab

Download 31.61 Mb.
  1   2   3   4




Download 31.61 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Namangan tumani-2024 namangan viloyati namangan tumani

Download 31.61 Mb.
Pdf ko'rish