• Namangan – 2007- yil
  • Namangan viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va makasini oshirish instituti tashabbus va izlanishlar




    Download 203.5 Kb.
    bet1/4
    Sana25.02.2023
    Hajmi203.5 Kb.
    #43526
      1   2   3   4
    Bog'liq
    “Kilogramm” mavzusidagi
    Заметки, Excelda misol va masalalar to\'plami, 1 mustaqil ish, Elektr xat



    NAMANGAN VILOYATI XALQ TA`LIMI BOSHQARMASI


    NAMANGAN VILOYAT PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MAKASINI OSHIRISH INSTITUTI


    TASHABBUS VA IZLANISHLAR
    SOHIBI
    (Chust tumanidagi 42-maktab-internatning
    boshlang`ich sinf o`qituvchisi
    Isanaliyeva Zamiraxonning
    ish tajribasidan).


    Namangan – 2007- yil
    Ushbu qo`llanmada o`qituvchi yangi pedagogik texnologiyaning usullaridan yaxshi foydalana olganligi, o`quvchilarni ijodiy tafakkurini o`stirish uchun turli innovatsion usullarni o`tkazganligi, hozirgi zamon davr talabi asosida mashg`ulotlarni tashkil qila olganligi yoritilgan, shu bois barcha umumta`lim maktablarining boshlang`ich sinf o`qituvchilari qo`llanmadan o`z ish faoliyatlarida foydalanishlari tavsiya etiladi.
    Tuzuvchi: K.Yuldasheva – NVPKQTMOI maktabgacha va boshlang`ich ta`lim kafedrasining katta o`qituvchisi.

    Taqrizchi: S.Xudoynazarov - maktabgacha va boshlang`ich ta`lim kafedrasining mudiri.


    Muharrir: M.Isanova – NVPKQTMOI ilmiy-metodik va nashriyot bo`limi boshlig`i.


    Komputerda teruvchi: NVPKQTMOI operatori S.Ahmadaliyeva.


    Ushbu qo`llanma NVPKQTMOI maktabgacha va boshlang`ich ta`lim kafedrasida ko`rib chiqildi. Institut ilmiy kengashining 2007-yil “___”___________ ___-sonli bayonnomasida chop etishga tavsiya etildi.


    So`zboshi.
    Mamlakatimizning istiqboli yosh avlodimiz qanday ta`lim-tarbiya olishga, qanday ma`naviy fazilatlar egasi bo`lib voyaga yetishga, farzandlarimizning hayotga nechog`lik faol munosabatda bo`lishga bog`liq ekanligini hamisha yodda tutmog`imiz kerak.
    “Intilganga tole yor” – deydi dono xalqimiz. Umr oqar suvga o`xshaydi. Suv o`z oqimida qancha-qancha bog`-u rog`larni yashnatib, o`zidan yaxshi iz qoldiradi.
    O`qituvchi bamisoli bog`bon o`z nihollari atrofida parvona bo`ladi toki, ular bamisoli sarv daraxti singari o’sib voyaga yetsin. Ana shunday izlanuvchi, tashkilotchi, tashabbus sohibalaridan biri Chust tumani xalq ta`limi bo`limiga qarashli 42-maktab-internatning boshlang`ich sinf o`qituvchisi Isanaliyeva Zamiraxondir.
    Isanaliyeva Zamiraxon 1963-yil 28-avgustda Namangan viloyat Chust tumanidagi G`ova qishlog`ida dunyoga kelgan.
    G`ova qishlog`idagi sobiq Kirov nomli 12-o`rta maktabni tugatib, 1978-yili Chust pedagogika bilim yurtining boshlang`ich ta`lim metodikasi bo`limiga o`qishga kirgan.
    1982-yili bilim yurtini tamomlab, shu yili Chust tumani G`ova qishlog`idagi 42-internat-maktabga ishga qabul qilindi.
    1984-yili H.H.Niyoziy nomli pedagogika institutiga o`qishga kirgan va 1989-yili oliygohni ishdan ajralmagan holatda tamomlab, 42-sanatoriya-internat maktabida ishlab kelmoqda. Ish jarayonida doimiy interfaol usullardan qo`llab, o`quvchilarni har taraflama komil inson bo`lishida hissa qo`shib kelmoqda.
    Isanaliyeva Zamiraxon viloyat va tuman xalq ta`limi bo`limlarining “Faxriy yorliq”lari bilan bir necha marotaba taqdirlangan.Respublika va viloyat matbuotlarida birnechta maqolalari chiqqan. Har bir darsini zamon talablari asosida, sodda, qulay til bilan tushuntiradi. Bunday usulda darslarni tashkil etish bilan o`quvchilarni erkin fiklashga, fanga bo`lgan muhabbatini oshirishga, nutqi rivojlanishiga erishib kelmoqda. U birinchi toifali o`qituvchi. O`z kasbining fidoyisidir.



    Download 203.5 Kb.
      1   2   3   4




    Download 203.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Namangan viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va makasini oshirish instituti tashabbus va izlanishlar

    Download 203.5 Kb.