• Darsning tarbiyaviy maqsadi
  • IV. Darsning fanlararo bog’lanishi
  • VI. Darsning jihozi
  • IX. Yangi mavzu bayoni .
  • 1-misol
  • Mavzu: 1-sinf matematika fanidan “Kilogramm” mavzusidagi dars mashg`ulotini o`tishda yangi pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish




    Download 203.5 Kb.
    bet2/4
    Sana25.02.2023
    Hajmi203.5 Kb.
    #43526
    1   2   3   4
    Bog'liq
    “Kilogramm” mavzusidagi
    Заметки, Excelda misol va masalalar to\'plami, 1 mustaqil ish, Elektr xat
    Mavzu: 1-sinf matematika fanidan “Kilogramm” mavzusidagi dars mashg`ulotini o`tishda yangi pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish.


    I. Darsning ta’limiy maqsadi: O`quvchilarga DTS talablari asosida og`irlik o`lchovlari “Kilogramm” haqida tushuncha berish, tarozi turlari bilan tanishtirish.


    II. Darsning tarbiyaviy maqsadi: O`quvchilarni mehr-oqibatli bo`lishga undash va estetik ruhda tarbiyalash.


    III. Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O`quvchilarning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish orqali barkamol shaxslar bo`lib yetishishlarida yordam berish.
    IV. Darsning fanlararo bog’lanishi: Ona tili, mehnat, tabiat, o`qish, odobnoma.


    V. Darsga tayyorgarlik jarayoni.
    1. Xonaga o`quvchilarni joylanishini ta`minlash.
    2. O`quvchilar tashqi qiyofasini nazorat qilish.
    3. Xonaning tozaligini tekshirish.
    4. Yo`qlama qilish.


    VI. Darsning jihozi:

    1. “Fazoga sayohat” nomli magnitli tarqatma.

    2. Buratino maketi.

    3. “Sehrli bog`” maketi va tarqatmasi

    4. Misol yozilgan plakat.



    VII. Darsning usuli: Interfaol, innovatsion, savol-javob, tushutirish, ko`rgazmalilik.


    VIII. Darsning borishi:

    Doskaga “Sehrli bog`ga sayohat” maketi osib qo`yiladi. O`qituvchi ertak asosida darsni boshlaydi.


    Bir bor ekan, bir yo`q ekan bir sehrli bog` bor ekan. Bu bog`da qiziqarli mo`jizalar bor ekan. Kimda kim bu mo`jizani ko`rmoqchi bo`lsa, bog` oldida sehrli olma bor, pishib yotgan olmalar orasidagi misol va savollarga javob bersalar, ularga “Sehrli bog” eshigi ochiladi, deb tushuntiriladi.
    O`quvchilar birin-ketin doskaga ochilgan maket oldiga kelib olmadan oladilar va ular orqasidagi misollarga javob topadilar.

    Masalan :




    4 + 1 = 6 + 2 =
    9 + 0 = 5 + = 5
    7 + 1 = 8 + = 10

    To`g`ri javob topgan o`quvchilarning qo`llariga olmachalar beriladi va darsdan keyin bog`ga sayohat qilishlari aytiladi. To`g`ri javob topa olmagan o`quvchilarga esa, bog`ning eshigi ochilmasligi aytiladi.


    O`quvchilar izohli baholanadilar.

    IX. Yangi mavzu bayoni .


    O`quvchilarga doskadagi tarozi surati chizilgan plakat osilib, ularga ko`rsatiladi.



    1. Tarozi nima uchun kerak bo`ladi?

    2. Tarozida nimalar tortiladi?

    3. Ularning qanday turlari bor?

    Bugun biz sizlar bilan narsa va buyumlarni og`irligini o`lchaydigan tarozi va og`irlik o`lchov birligi kilogramm haqidagi misol va masalalar yechamiz.


    Birin-ketin tarozi suratlari ko`rsatiladi:
    1-misol: Rasmga qarab tuzning va unning og`irligini ayting?
    Bu masalani yechishda tarozi surati ko`rsatiladi. O`quvchilar og`zaki ishlaydilar.


    2-misol: Doskaga masalaning qisqa yozuvi yoziladi.
    Qovoqning og`irligi – 9 kg.
    Tarvuzning og`irligi qovoqdan – 2 kg kam.
    Tarvuzning og`irligi qancha?
    Bu masalani tushuntirishda qovoq va tarvuz suratlari osib qo`yiladi.

    Download 203.5 Kb.
    1   2   3   4




    Download 203.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: 1-sinf matematika fanidan “Kilogramm” mavzusidagi dars mashg`ulotini o`tishda yangi pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish

    Download 203.5 Kb.