• 52-Mavzu Animarsion simvol yaratish.
  • Namangan viloyati norin tuman 1-son kasb-hunar maktabi




    Download 39,74 Mb.
    bet198/230
    Sana19.09.2024
    Hajmi39,74 Mb.
    #271664
    1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   230
    Bog'liq
    Kompyuter grafikasi darslik

    Mashg‘ulot yakuni:
    1.O‘tilgan mavzu umumlashtiriladi, faol ishtirok etgan o‘quvchilarni javoblarini izohlab baholaydi va rag‘batlantiradi;
    Uyga vazifa berilishi:
    2.Kelgusi mashg‘ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yo‘riqnoma beriladi

    O‘z- o‘zini o‘zaro baholashni o‘tkazadilar.
    Topshiriqni yozadilar

    Maxsus fan o‘qituvchisi: Kodirova Soxiba
    52-Mavzu Animarsion simvol yaratish.

    REJA



    1.Flash texnologiyasi haqida ma’lumot
    2.Flash dasturi bilan ishlash asoslari
    3.Flashning uskunalar paneli
    4.MACROMEDIYA FLASH da animatsiya yaratish.

    Flash texnologiyasi haqida ma’lumot
    Flash texnologiyasiga - ShockWave Flash (SWF) formatli vektorli grafikdan foydalanishga asoslangan texnologiyadir. Bu format eng samarali grafik formatlardan bo`lmasada, SWF formati foydalanuvchilarga grafik imkoniyatlari cheklanmagan grafiklar bilan ishlovchi vositalar va natijani Web- brouzerlarda, kerakli muxarrirlarda foydalanish imkoniyatilari mavjud. Flash texnologiyasining imkoniyatlardan yana biri - bu uning moslashuvchanligidir, ya’ni bu format barcha platformalarda (MacOS tizimli Macintosh kompyuterlari yoki Windows tizimli kompyuterlarida) ishlatilishi mumkin. Yana bir qulay imkoniyati uning yordamida yaratilgan tasvirlar nafaqat animatsiyali bo`lishi, balki interfaol elementlar va tovush bilan boyitilishi hamda dasturlash orqali boshqarilishi mumkin. Flash texnologiyasining mosalashuvchanlik va interfaol multimediya dasturlar yaratish imkoniyati ko`pchilik Web-dizaynerlar o`rtasidagi bahslarga sabab bo`lib, uni mashhurligini oshishiga imkoniyat berdi. Shuning uchun bu texnologiyaning yaratilishi bilan bir vaqtda Macromedia kompaniyasi tomonidan ikki asosiy web-brouzerlari, Internet Explorer va Netscape Communicatorlar uchun elementlar Plug-In yaratildi. Bu esa, o`z navbatida Flash texnologiyasini Internetda yana ham keng tarqalishiga olib keldi. Natijada ushbu web-brouzerlar yaratuvchilari swf formatini o`z dasturlarini asosiy formatlar bazasiga qabul qildi. Bunday usulni boshqa yirik dasturiy ta’minot yaratuvchilar (masalan, Adobe firmasi) ham qo`llay boshladi. Macromedia kompaniyasi swf formatini juda oddiy va qulay uskunalar bilan ta’minlaganligi bu formatdan ko`p muxlislarning foydalanishiga olib keldi. Shuni aytish kerakki, hozirgi vaqtda ushbu uskunalarni bir qancha to`liq to`plamlari ham mavjud. Ushbu uskunalarni bir turi Macromedia Director Shockwave Studio - multimediya taqdimotlarni yaratish, Macromedia FreeHand va Macromedia Fireworks - grafik tasvirlar muharriri, Macromedia Authorware va Macromedia CourseBuilder - interfaol o`rgatuvchi kurslarni yaratish muharriri va boshqalarni misol qilib olish mumkin. Web-sahifa yaratuvchilar orasida eng ko`p ishlatiladigani bu Macromedia Flash dasturidir, chunki ushbu dastur ixtiyoriy Web-sahifaga mashhurlik olib keluvchi banner va animatsiya, interfaol lavhalar yaratish imkonini beardi. Balki shuning uchundir swf formatini oddiy qilib Flash deb atalish odatga kirib kolgan. Flash texnologiyalar tarkibining elementlari: · vektorli grafika; · animatsiyani bir qancha usullarda ishlash; · interfeysda interfaol elementlarini yaratish; · sinxron ovoz qo`shish; · HTML formati va boshqa internetda foydalaniladigan barcha formatlarga o`tkazishni ta’minlash; · mustaqil platformali; · Flash-roliklarni avto rejimda ham, Web - brouzer yordamida ham ko`rish imkoniyati mavjud; · vizual uskunalari mavjudligi Flash-rolik yaratuvchilarini ko`plab murakkab amallardan xalos etadi, shuningdek Flash-texnologiyalarning texnik asnektlarni o`rganishni talab etmaydi.

    Download 39,74 Mb.
    1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   230




    Download 39,74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Namangan viloyati norin tuman 1-son kasb-hunar maktabi

    Download 39,74 Mb.