Name of presentation




Download 1 Mb.
Sana02.02.2023
Hajmi1 Mb.
#40798
Bog'liq
r.iq mu
Aloqa tizimlaridagi raqamli modulyatsiya turlari, o\'zbek tili 8-topshiriq,Maqola

Raqamli marketingni rivojlanishi va kelajagi.


201-Iqtisodiyot.
Gʻaybullayev L.

Reja:

  • Raqamli marketing tushunchasi.
  • Raqamli marketing tarixi.
  • Raqamli marketingning xususiyatlari.
  • Raqamli marketingning biznes uchun ahamiyati.

1. Raqamli marketing tushunchasi.
Raqamli marketing - (Internet marketing deb ham yuritiladi) bu mahsulot va xizmatlarni tadbiq qilish uchun Internet va kompyuterlar, mobil telefonlar va internetga ulanadigan boshqa raqamli texnologiyalardan foydalanadigan marketing tarkibiy qismidir.
Raqamli marketing -mahsulotni sotish yoki xaridorlarga xizmat ko‘rsatish va ular bilan o‘zaro munosabatlarni boshqarish maqsadida nternetda an'anaviy marketingning barcha jihatlaridan foydalanishdir
Internet-marketingning an'anaviy marketingdan farq qiladigan ba'zi asosiy tafovutlarda to‘xtalib o‘tamiz.
Birinchidan, marketing Internetda yuksak shaxsiylashtirish
darajasiga ega. An'anaviy marketing ommaviy iste'molchiga
yo‘naltirilgan bo‘lsa, Internetda har kimning (ma'lum miqdorda) fikri hisobga olinadi va har bir kishi bilan o‘zaro ta'sir sodir bo‘ladi.Boshqacha qilib aytganda, Internetdagi reklama alohida bir mijozni qo‘lga kiritishga qaratilgan. Shuningdek, shaxsiy ma'lumot mavjudligi reklama kampaniyalarida aniq tarketing (butun auditoriyadan berilgan mezonlarni qoniqtiradigan qismini ajratish) o‘tkazishga imkon beradi.
Raqamli marketing bu Internetda an'anaviy marketingning barcha jihatlaridan foydalanish amaliyoti bo‘lib, u marketingning barcha asosiy elementlari – narx, mahsulot, sotish joyi va reklamaga dahldordir.
2.Raqamli marketing tarixi.
Raqamli marketing vujudga kelishi internet rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liq. Internet o‘z foydalanuvchilariga tarmoqda xarid qilish, sotish va axborot almashish, reklama xabarlarini tarqatish va
ko‘pgina boshqa imkoniyatlarni berdi.
1990 yilgacha internetdan tijorat faoliyati uchun foydalanish AQSh qonunchiligi tomonidan taqiqlangan edi. 1992 yilda internet ustidan
nazoratni xususiy qo‘llarga o‘tkazgandan keyingina undan biznes uchun foydalanish mumkin bo‘ldi. Shu tariqa, 1992 yilda tadbirkor Charlz Stek internetda
kitob sotadigan dastlabki internet-magazinni ochdi.1994 yilda First Virtual kompaniyasi tovarlarni internet-magazinda sotib olganda to‘lov qiladigan birinchi to‘lov tizimiga aylandi.
1995 yilda Amazon kompaniyasi o‘zining internet-magazinini ochdi.1996 yilda Master Card va Viza to‘lov tizimlari standart SET - Internetda plastik kartalar yordamida hisob-kitob qilishning himoya tizimini yaratdilar.Tabiiy (nativ) reklama – bu kontent hisobidan brend yoki kompaniyaga diqqatni jalb qilish vositasi bo‘lib, u shakli va mazmuni bo‘yicha maydondagi boshqa kontentdan farq qilmaydi.
3.Raqamli marketingning xususiyatlari.
Elektron bozor taqdim etgan imkoniyatlardan samarali foydalanish uchun ushbu bozorga chiqish qarorini qabul qilgan kompaniyalar o‘z marketing faoliyatida muayyan harakatlarga tayyor turishlari kerak.
Samarali marketing faoliyati uchun kompaniyalar shuni anglashi lozimki, qanday qilib biznes mijozlariga kerak bo‘lgan qo‘shimcha iste'molchilik qiymatni yaratishga yordam beradi. Elektron bozordagi iste'molchilik qiymati real jismoniy bozordagi oddiy tovar va xizmatlar
qiymatidan hech qanday farq qilmaydi: iste'molchiga nima kerakligini bilish va buni raqobatchilardan
durustroq tarzda taqdim etish joiz.Iste'molchilik qiymati tushunchasiga iste'molchilarning tovardan, uning o‘ziga xos xususiyatlaridan, brendi va tovarni sotishda sotuvchi taqdim etgan qo‘shimcha xizmatlardan olgan manfaatlarni idrok etishlari kiradi. Tovar qiymatini belgilashda iste'molchilar shuningdek tovarga sarflangan moliyaviy va vaqt xarajatlarini ham hisobga olishadi. Internet muhitida zamon ko‘lami oddiysidan ancha farq qiladi. Internet kommunikativ jihatlarining yuqori samaradorligi hamkorlarni izlashga, qarorlar qabul qilishga, bitimlarni amalga oshirishga, yangi mahsulot ishlab chiqishga va hokazolarga ketadigan
vaqtni qisqartirishga imkon beradi.
Internetdagi axborot va xizmatlar kecha-kunduz davom etadi.Bundan tashqari, uning kommunikativ xususiyatlari taqdim etilgan
ma'lumotni oson o‘zgartirish va bu bilan vaqtni kechiktirmasdan va
tarqalishga ketadigan xarajatlarsiz uning dolzarbligini ushlab turish imkonini beradigan yuksak darajada moslashuvchanlikka ega. Ko‘rsatilgan samaralar tranzaksion xarajatlar, ya'ni kompaniya, uning buyurtmachilari va ta'minotchilari o‘rtasidagi o‘zaro ta'sirni yo‘lga
qo‘yish va qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq xarajatlarning aaytarli qisqarishiga ham olib keladi.
4. Raqamli marketingning biznes uchun ahamiyati.
An'anaviy iqtisodiyotning raqamli iqtisodiyotga bo‘lgan
transformatsiyasi davrida Internet-marketingning zamonaviy marketingdagi roli oshadi. U muvaffaqiyatli biznes olib borishni istagan kompaniyalar marketing siyosatining muhim qismiga aylanmoqda.
Zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari (AKT) tufayli Internet-marketing kompaniya biznesini Internetda ilgari surish uchun muhim vosita bo‘lib qolmoqda.
Internet-marketing kompaniyalarga potensial mijozlarni an'anaviy
marketingdagiga qaraganda ancha tezroq va ko‘proq jalb etishga imkon berdi. Internet global tarmog‘i tufayli kompaniyalar butun yer shari
bo‘ylab har qanday vaqtda, tanaffus va dam olish kunlarisiz, 365/7/24
tamoyili bo‘yicha o‘z tovarlari va xizmatlarini targ‘ib qilish imkoniga
ega bo‘ldilar. An'anaviy marketingga qaraganda
raqamli marketing orqali tovar va xizmatlarni targʻib
qilish ancha yaxshi samara beradi.
Xulosa qilib aytganda, Internet-marketingning biznes uchun
ahamiyati shundaki, u biznes uchun moslashuvchanroq va yetishishi
osonroq bo‘lib, an'anaviy marketingdan ancha tezroq natija beradi.
Lekin eng muhimi – bu tadbirkorlarga o‘z bizneslarini muvaffaqiyatli
yuritishlari uchun eng yaxshi yo‘llarni topishga imkon beradigan
vositalarning keng tanlovidir.
Download 1 Mb.




Download 1 Mb.