Nazariy ma’lumot. Badiiy uslub




Download 0.97 Mb.
bet102/125
Sana16.10.2022
Hajmi0.97 Mb.
#27301
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   125
Bog'liq
aa69dea
pardayev psixologiya, Kinematika qo\'shimcha
Nazariy ma’lumot. Badiiy uslub
1. Adabiyot qaysi adabiy turlarni o‘z ichiga oladi?
A) epos, drama, lirika B) lirika, drama C) epos, tragediya D) komediya, lirika


Abdulla Qahhor
1. Ota kasbi temirchi bo‘lgan adibni ko‘rsating.
A) A.Qahhor B) Erkin Vohidov C) Xudoyberdi To’xtaboyev D) Mirmuhsin
2. A.Qahhor «O‘tmishdan ertaklar» asarining eng nurli bobini kimga bag‘shlagan?
A) otasiga B) onasiga C) ustozi Muhammadjon Qoriga D) rafiqasiga
3. «Bir qishloqda bolalarga endi qo‘shilib, o‘rtoq orttirganimda, boshqa qishloqqa ko‘chib, yana «ko‘chmanchining bolasi» bo‘lib qolar edim». Ushbu tarjimayi hol kimga tegishli?
A) Sh.Xolmirzayev B) O.Yoqubov C) A.Qahhor D) Cho‘lpon
4. «Kunlar g‘urbat bilan boshlanib, g‘urbat bilan tugaydi». Bolalik yillarining cheksiz azoblari aks etgan ushbu so‘zlar qaysi adibga tegishli?
A) G‘.G‘ulom B) Said Ahmad C) Mirtemir D) A.Qahhor
5. «Dadam birovning qo‘lidan bitta yong‘oq ham oldirmay o‘stirgan». Ushbu fikrlar qaysi adibning tarjimayi holiga tegishli?
A) H.Olimjon B) A.Qahhor C) Cho‘lpon D) Xudoyberdi To’xtaboyev
6. A.Qahhor ilk ta’limni kimdan oladi?
A) otasi B) onasi C) tog‘alari D) ustozi
7. «Adabiy asarning joni – uning mazmuni, lekin bu jonning jon bo‘lishi uchun jasad ham kerak. Jonni jasadsiz tasavvur qilish mumkin emas». Ushbu so‘zlar muallifini toping.
A) Sh.Xolmirzayev B) Fitrat C) Oybek D) A.Qahhor
8. 1925- yili «Qizil O‘zbekiston» gazetasiga ishga taklif qilingan adib kim edi?
A) Mirtemir B) A.Qahhor C) Mirmuhsin D) Jamol Kamol
9. A.Qahhorning 1934- yilda yozib to‘gatilgan qaysi asari unga shuhrat keltirdi?
A) Sarob B) O‘g‘ri C) Dahshat D) Bemor
10. A.Qahhorning 30- yillar oxirlarida yozila boshlagan asari 1947- yili dunyo yuzini ko‘radi va jiddiy tanqidga uchraydi. A.Qahhorning ushbu asari qaysi?
A) Bemor B) Dahshat C) Qo‘shchinor chiroqlari D) Tobutdan tovush
11. Qorason kasali bilan og‘rib hayotining eng gullagan davrini ijodga baxshida etolmagan adib kim?
A) Oybek B) Uyg‘un C) A.Qahhor D) Mirtemir
12. A.Qahhorning qaysi asari tugallanmay qolgan?
A) Sinchalak B) Zilzila C) Muhabbat D) Ming bir jon
13. A.Qahhorning o‘limidan keyin nashr etilgan asari qaysi?
A) Muhabbat B) To‘yda aza C) Mahalla D) Nurli chiroqlar
14. Rus adibi K.Simonov qaysi adib to‘g‘risida «…umuman, jasoratli mart kishi edi… chin inson edi» deb fikr bildirgan?
A) Abdulla Qodiriy B) A.Qahhor C) Cho‘lpon D) H.Olimjon
15. XX asr yangi o‘zbek adabiyotida realistik hikoya janrining shakllanishi va rivojlanishi qaysi adib nomi bilan bog‘liq?
A) A.Qahhor B) U.Nosir C) Mirtemir D) Qodiriy
16. «Babar» A.Qahhorning qaysi asari qahramoni?
A) O‘tmishdan ertaklar B) Bemor C) Dahshat D) Qo‘shchinor chiroqlari
17. A.Qahhor milliy adabiyotimizda kimlarga safdosh sanaladi?
A) Oybek, G‘.G‘ulom B) Hamza, Mirtemir C) Qodiriy, Oybek D) Oybek, Fitrat
18. Qaysi yozuvchining ijodiy faoliyati XX asrning eng fojiali sovet siyosati tazyiqi ostida kechdi?
A) Oybek B) H.Olimjon C) A.Qahhor D) Fitrat
19. «U kishining zargorona tarjimalari manaviy-ma’rifiy hayot tarixida o‘chmas iz qoldirdi». Ushbu fikrlar qaysi ijodkor haqida?
A) G‘.G‘ulom B) Oybek C) Cho‘lpon D) A.Qahhor
20. «Ko‘z ochib esini tanib turmushning hadsiz xo‘rliklarni ko‘radi». Bu fikrlar qaysi ijodkor haqida?
A) Fitrat B) G‘.G‘ulom C) A va B D) A.Qahhor
21. «Uyda menga «indamas», «ichimdagini top» deb dashtnom berdigan bo‘lishdi… Bunaqa ta’na-dashtnomlar meni battar «soqov» qilar edi». Ushbu tarjimayi hol qaysi adibga tegishli?
A) G‘.G‘ulom B) Oybek C) Mirtemir D) A.Qahhor
22. Qaysi adibning xarakteri shakllanishida otasining o‘rni katta bo‘lgan?
A) Oybek B) Hamza C) Abdulla Qodiriy D) A.Qahhor
23. «Ayniqsa Chexov asarlari uni o‘ziga maftun etdi». Ushbu jumlada kim nazarda tutilgan?
A) Abdulla Qodiriy B) Cho‘lpon C) A va B D) A.Qahhor
24. Stalin vafotidan so‘ng o‘n yildan ortiq vaqt hayoti va ijodiy faoliyati sermahsul bo‘ldi deya berilgan ta’rif qaysi ijodkor ijodiga nisbatan aytilgan?
A) Oybek B) G‘.G‘ulom C) H.Olimjon D) A.Qahhor
25. Qaysi adib Qodiriy tavalludining 70- yilligiga bag‘ishlangan anjumanda biz hali ham «kult davri qoqib ketgan temir qoziq atrofidan» yiroqlasha olmayotganimizni ta‘kidlaydi?
A) Oybek B) G‘.G‘ulom C) Cho‘lpon D) A.Qahhor
26. A.Qahhorning «Tobutdan tovush» asari qaysi janrda yozilgan?
A) komediya B) satira C) satirik komediya D) tragediya
27. «Ko‘pgina oilalarda bolalar o‘z ona tilini mutlaqo bilmaydi. Bu esa ota-onalarni zarracha tashvishga solmayotir», deya til xususida dangal gap ayta olgan ijodkorni aniqlang.
A) Abdulla Qodiriy B) Fitrat C) Oybek D) A.Qahhor
28. Abdulla Qahhor «Sarob»ni yoza boshlaganida necha yoshda edi?
A) 22 B) 24 C) 26 D) 28
5-DARS. SHO'RO DAVRI ADABIYOTI (davomi). (207-251-betlar)
Reja:
1. Maqsud Shayxzoda.
2. Hamid Olimjon.
3. Nazariy ma'lumot. Adabiy janrlar.
4. Mirtemir.



Download 0.97 Mb.
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   125




Download 0.97 Mb.