Nazariy ma’lumot. Adabiy janrlar




Download 0.97 Mb.
bet105/125
Sana16.10.2022
Hajmi0.97 Mb.
#27301
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   125
Bog'liq
aa69dea
pardayev psixologiya, Kinematika qo\'shimcha
Nazariy ma’lumot. Adabiy janrlar
1. Roman o‘zbek adabiyotida ilk bor qachon paydo bo‘lgan?
A) XX asrning 40- yillarida B) XX asrning 20- yillarida C) XX asrning 30- yillarida D) XX asrning 10- yillarida


Mirtemir
1. Qaysi shoir ijodida oddiy xalq hayoti yetakchilik qiladi?
A) Mirtemir B) Hamza C) Muhammad Yusuf D) U.Nosir
2. O‘zbek she’riyatida realistik yo‘nalishni yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqqan shoirni ko‘rsating.
A) H.Olimjon B) Oybek C) Mirtemir D) Erkin Vohidov
3. «Kommuna» va «Bong» she’riy to‘plamlari qaysi shoir qalamiga mansub?
A) R.Parfi B) Mirtemir C) M.Shayxzoda D) H.Olimjon
4. Dastlab bobosi qo‘lida xat-savod o‘rgangan, so‘ngra Asfandiyor degan «no‘g‘oy domla»ning maktabida ta’lim olgan ijodkorni ko‘rsating.
A) A.Qahhor B) U.Nosir C) Oybek D) Mirtemir
5. Qaysi shoirning 1926- yil yoshlar gazetasida «Tanburim tovushi» nomli ilk she’ri e’lon qilingan?
A) Mirtemir B) Oybek C) H.Olimjon D) R.Parfi
6. Mirtemir ijodidagi «Surat» asarining janrini aniqlang?
A) hikoya B) qissa C) lirik qissa D) sonet
7. Mirtemir NKVD xodimlari tamonidan qayerda qamoqqa olingan?
A) Farg‘ona B) Toshkent C) Buxoro D) Samarqand
8. Mirtemir qachon «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlanadi?
A) 2000- yil B) 2001- yil C) 2002- yil D) 2003- yil
9. «Manas» Qirg‘iz eposining 1-kitobini mahorat bilan o‘zbek tiliga o‘girgan shoirni aniqlang.
A) Mirtemir B) H.Olimjon C) M.Shayxzoda D) E.Vohidov
10. «Savdogar Kalashnikov haqida qissa» nomli asar muallifini aniqlang.
A) A.S.Pushkin B) N.A.Nekrasov C) M.Y.Lermontov D) M.Gorkiy
11. «Ruslan va Ludmila» asari kimning qalamiga mansub?
A) M.Y.Lermontov B) N.A.Nekrasov C) A.S.Pushkin D) M.Gorkiy
12. 1943-1944- yillarda opera va balet teatrida adabiy emakdosh vazifasida ishlagan shoir qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) Hamza B) Mirtemir C) Oybek D) U.Nosir
13. Mirtemirning «Ajdar» nomli dostoni qachon yozilgan?
A) 1935- yilda B) 1936- yilda C) 1937- yilda D) 1938- yilda
14. «Dilkusho» va «Suv qizi» dostonlarining muallifi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) Mirtemir B) H.Olimjon C) Oybek D) E.Vohidov
15. Qaysi ijodkor A.Umariy bilan hamkorlikda Shota Rustavelining «Yo‘lbars terisini yopingan pahlavon» dostonini o‘zbekchalashtirgan?
A) Abdulla Oripov B) Mirtemir C) G‘.G‘ulom D) R.Parfi
16. «Onaginam» she’ri muallifini aniqlang.
A) Abdulla Oripov B) Oybek C) Mirtemir D) H.Olimjon
17. Mirtemirning qaysi dostoni qurilish hayotidan olingan?
A) Suv qizi B) Nomus C) Ajdar D) Qo‘zi
18. Pablo Neruda, Abay, Samad Vurg‘un kabi adiblarning asarlarini o‘zbek tiliga o‘girgan shoirni ko‘rsating.
A) Abdulla Oripov B) H.Olimjon C) Mirtemir D) E.Vohidov
19. «Tagorga ergashib…» deya izoh berilgan she’r nomini belgilang.
A) O‘zim bilaman… B) Surat C) Lolazordan o‘tganda D) Vaqt
20. «Kleopatra» mansurasi kimga tegishli?
A) Mirtemir B) Cho‘lpon C) Fitrat D) U.Nosir
21. «Raqamlik sevgi» she’rida Cho‘lpon qanday obrazlardan foydalanadi?
A) pardalangan B) hayotiy C) shifrlangan D) ideal
22. Qulog‘imda yangrar doim bir nido,
Xo‘rsinaman, ko‘z yoshimni silaman.
Shu nidoga ne sababdan jon fido –
Bitta o‘zim bilaman. She’r muallifini aniqlang.
A) Oybek B) Hamza C) H.Olimjon D) Mirtemir
23. Xalqchil va milliy shu bilan birga she’r yozish texnikasini mukammal egallagan shoirni aniqlang.
A) Fitrat B) Cho‘lpon C) Mirtemir D) Oybek
24 Go‘zallikda Leonardo Davinchining sirli mo‘yqalamidagi «Jokonda» bilan tenglasha oladigan ayol ismini aniqlang.
A) Oysuluv B) Patti C) Norbuvi D) Toshbu
25 Mertemir Oysuluvning go‘zal qiyofasini kimning nigohi orqali tasvirlaydi?
A) Toshlon B) Oysuluv C) Yo‘lchi D) Po‘lat
26. Sen kelgin tong chog‘ida,
Sen kelgin naq tong misol.
Tong balqib yanog‘larda,
Ko‘zlarni o‘ynata ol!.. Ushbu misralar qaysi dostondan olingan?
A) Suv qizi B) Surat C) Ajdar D) Yor hajri
27. «Farg‘ona» nomli lirik doston muallifini aniqlang.
A) Mirtemir B) Abdulla Oripov C) H.Olimjon D) Oybek
28. Mirtemirning «Kipriklarim» she’rida kipriklar obrazi orqali kimlarni tasvirlaydi?
A) shogirdlar B) yosh shoirlar C) ustozlar D) farzandlari
29. Mirtemir vafotidan keyin 2002- yilda qanday orden bilan taqdirlandi?
A) Buyuk xizmatlari uchun B) Jaloliddin Manguberdi C) Mustaqillik D) Sog‘lom avlod uchun
30. Mirtemirning «Ona tilim» nomli she’ri O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilishidan necha yil oldin yozilgan?
A) 13 B) 15 C) 17 D) 19
31. «She’rda biron so‘zni o‘ynata olmagan ijodkor shoir, shoir emas», deya ta’kidlagan shoirni aniqlang.
A) G‘.G‘ulom B) Erkin Vohidov C) Mirtemir D) R.Parfi
32. Qaysi shoir Mirtemirning erkalanib she’r yozishini yoqtiraman, deya ta’kidlaydi?
A) G‘.G‘ulom B) Said Ahmad C) Oybek D) A.Qahhor
33. Cho‘lpon 1919- yil sohibjamol bir qizni tasodifan ko‘rib qolib, o‘zining qaysi she’rini yaratgan?
A) Go‘zal B) Yong‘in C) Pardalik D) Hurliqo
34. Mirtemirning qaysi she’ri «Pardalik she’ri» bilan bir yilda yozilgan?
A) Hurliqo B) Go‘zal C) Qarqaralik D) Ona tilim
35. Petrarka yoki Shekspir sonetlarida kuylangan ayol singari viqor to‘la qiyofa kimning she’rida gavdalanadi?
A) Mirtemir B) Abdulla Oripov C) M.Shayxzoda D) R.Parfi
36. «Paranjili ayol bilan uchrashuv» nomli maqola muallifini toping.
A) Mitemir B) O.Sharafiddinov D) Zulfiya C) Cho‘lpon
37. Mirtemirning «Pardalik» she’ri nechanchi yilda yozilgan?
A) 1961 B) 1962 C) 1963 D) 1964
38. «Patti», «Norbuvi», «Toshbu» sigari ayollarga bag‘ishlangan she’rlar muallifini aniqlang.
A) Hamza B) G‘.G‘ulom C) Mirtemir D) M Shayxzoda
39. Bug‘doy o‘rog‘ida Turkiston shahriga qarashli Iqon qishlog‘ida dunyoga kelgan ijodkorni aniqlang.
A) H.Olimjon B) Mertemir C) U.Nosir D) M.Shayzoda
40. Yurak yaralari hayotning boshqa voqealari tasirida malham topadi, ammo ittifoqo chiqib qolqan yorning surati Toshlon qalbidagi eski jarohatni tag‘in yangilab yuboradi. Ushbu parcha qaysi dostondan olingan?
A) Surat B) Farg‘ona C) Suv qizi D) Qo‘zi
41. Mirtemir qaysi bilim yurtida tahsil olgan?
A) SamDU B) ToshDU C) O‘lka o‘zbek bilim yurti D) Turkiston bilim yurti
42. Mirtemirning ilk she’rini aniqlang.
A) Dilkusho B) Suv qizi C) Bong D) Tanburim tovushi
43. Mirtemir ijodiga mansub Toshlon va Oysuluv qaysi asar qahramonlari?
A) Farg‘ona B) Qoraqalpoq daftari C) Suv qizi D) Surat
44. Mirtemirning qaysi she’ri «Xotin-qizlar masalasi» jamiyatning og‘riqli nuqtalaridan biri bo‘lib turgan paytda yozilgan?
A) Pardalik B) Qaynashlar C) Zafar D) Suv qizi
45. Mirtemirni yoshlar orasida mashhur qilgan ilk she’riy to‘plami qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
A) Bong B) Shu’lalar qo‘ynida C) Zafar D) Suv qizi
46. «Farg‘ona» lirik dostoni kimning qalamiga mansub?
A) M.Shayxzoda B) Mirtemir C) Hamza D) G‘.G‘ulom
47. Mirtemir 1929- yili bilim yurtini tugatib qayerga o‘qishga kiradi?
A) ToshDU B) Samarqand pedogogika akademiyasi C) Markaziy Osiyo Davlat Universiteti D) O‘zbek Milliy Universiteti
48. Mirtemirning she’riy to‘plamlari to’g’ri berilgan qatorni toping.
A) Tanburim tovushi, Ajdar B) Dikusho, Oysaraning to‘yida C) Kammuna, Bong D) Qo‘zi, Suv qizi
49. Mirtemirning Qo‘yliqdagi mehnat-tuzatuv lagerida ekanida onasi va jajji qizi vafot etadi. Shunda onaizoriga bag‘ishlab yozilgan she’rini aniqlang.
A) Onaizor B) Onaginam C) Dilkusho D) Toshbu
50. Mirtemir Rustavillining «Yo‘lbars terisini yopingan pahlovon» dostonini kim bilan hamkorlikda tarjima qilgan?
A) Abdulla Qahhor B) G‘.G‘ulom C) A.Umariy D) M.Shayzoda
51. Qaysi ijodkor Pushkinning «Ruslan va Ludmila» asarini o‘zbekchaga tarjima qilgan?
A) Erkin Vohidov B) Mirtemir C) G‘.G‘ulom D) P.Qodirov
52. Mirtemir qaysi xalq eposini o‘zbek tiliga tarjima qilgan?
A) Qozoq B) Hind C) Qirg‘iz D) Turk
53. Mirtemirning 1960- yilda yozilgan she’ri qaysi satrlar bilan boshlanadi?
A) Umidvorman ishonmay ne qilaman B) Dunyoga qaytib kelishimga ko‘zim yetsaydi C) Ey sochlari to‘lqin tun singari D) Men seni injitmayman va lekin tinchitmayman
54. «Ey sochlari to‘lqini tun singari sim – siyoh» Ushbu misrada t tovushi qanday ma’no anglatadi?
A) Lirik qahramoning bo‘zlayotgan holati B) Lirik qahramon jo‘rlik qiloyotgan holati C) Yot kishilar nazaridek, oraga suqulib kirishi bilan lirik qahramon bo‘zlashdan to‘xtaydi. D) Yot kishilar bo‘zlashdan to‘xtaydi ma’nosida
55. Seni izlab keldim… Sog‘inganman-da.
Esingdami bahor beg‘ubor kunduz… Mirtemirning qaysi she’ri yuqoridagi misralar bilan boshlanadi?
A) Go‘zal B) Pardalik C) Suv qizi D) Oysaraning to‘yida
56. Biror kishining yoki joyning nomi shoirga bir olam ilhom bag‘ishlab uni she’r yozishga undaydi. Mirtemirning shunday mazmun ifodalangan she’ri qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
A) Go‘zal B) Pardalik C) Qarqaralik D) Qarqara
57. Mirtemirning «Qarqaralik» she’ri qaysi she’r bilan bir yilda yozilgan?
A) Suv qizi B) Betoblikda C) Onaginam D) Pardalik
58. Mirtemir she’rida uchraydigan qarqara so‘ziga berilgan to‘g‘ri izohni aniqlang.
A) Qozog‘istondagi qishloq nomi B) Qozog‘istondagi shahar nomi C) tog’da yashaydigan qush nomi D) Tojikistondagi viloyat nomi
59. Quyinlarda qolganimda, changga o‘ralganimda,
Ohangaron to‘zonidan zanji qoralganimda… Ushbu misralar Mirtemirning qaysi she’rida uchraydi?
A) Kipriklarim B) Betoblikda C) Pardalik D) Qarqaralik
60. «Shu kungacha o‘zini men cheklab bo‘ldim». Mirtemirning O‘z dilidagi dard-u alamlari, orzu havaslarini to‘la bayon eta olmagani kundek ravshan bo‘lgan ushbu misra uning qaysi she’ridan olingan?
A) Kipriklarim B) Betoblikda C) Ona tilim D) Pardalik
61. Mirtemirning bir necha lirik she’rlardan tashkil topgan lirik qissasini aniqlang.
A) Surat B) Qaraqalpoq dostoni C) Qirg‘iz she’rlari D) Betoblikda

6-DARS. MUSTAQILLIK DAVRI O‘ZBEK ADABIYOTI. (252-289-betlar)


Reja:
1. Istiqlol adabiyoti.
2. Odil Yoqubov.
3. Nazariy ma 'lumot. Badiiy asarda mistifikatsiya hodisasi.
4. Pirimqul Qodirov.
5. Nazariy ma'lumot. Roman.



Download 0.97 Mb.
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   125




Download 0.97 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Nazariy ma’lumot. Adabiy janrlar

Download 0.97 Mb.