• Muhabbatnoma”
  • Nazariy ma’lumot. Didaktik adabiyot haqida tushuncha




    Download 0.97 Mb.
    bet28/125
    Sana16.10.2022
    Hajmi0.97 Mb.
    #27301
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   125
    Bog'liq
    aa69dea

    Nazariy ma’lumot. Didaktik adabiyot haqida tushuncha
    1. “Sharqqa she’riyatni o’rgatib bo’lmaydi:” Sharq she’riyatiga yuqori baho berib aytilgan ushbu jumla kimga tegishli?
    A) Sakkokiy B) Abdulla Oripov C) Erkin Vohidov D) Fitrat
    2. Qaysi qatorda nasriy didaktik asarlar berilgan?
    A) “Kalila va Dimna”, “Guliston”, “Hayrat ul-abror” B) “Mahbub ul-qulub”, “Ming bir kecha”, “Qobusnoma” C) “Pantachatra”, “Qobusnoma”, “Miftoh ul-adl” D) “Guliston”, “Zarbulmasal”, “Gulshan ul-asror”
    3. Sa’diy Sheroziyning “Guliston”i ta’sirida dunyoga kelgan asarlarni aniqlang..
    A) “Mahbub ul-qulub”, “Gulshan ul-asror” B) “Gulzor”, “Miftoh ul-adl” C) “Maxzan ul-asror”, “Zarbulmasal” D) “Gulshan ul-asror”, “Gulzor”
    4. Nasriy-she’riy (usulda yozilgan) didaktik asar berilgan qatorni toping.
    A) Sa’diy Sheroziy “Guliston” B) Alisher Navoiy “Mahbub ul-qulub” C) Gulxaniy “Zarbulmasal” D) barcha javoblar to’g’ri
    5. Faqat she’riy-didaktik asarlar berilgan qatorni toping.
    A) “Qobusnoma”, “Guliston” B) “Qutadg’u bilig”, “Gulshan ul-asror” C) “Mahbub ul-qulub”, “Guliston” D) “Hayrat ul-abror”, “Zarbulmasal”
    6. Lirik merosimizning qaysi dostonida “ma’naviy fazilatlarning hayotiy hikoya-tasvirlar, mantiqiy tahlil-xulosalar, orqali berilishi, birinchidan, muallif nuqtai nazarini tiniqlashtiradi, uning aynan qanday g’oyani ilgari surayotganligini aniq bilib turasiz…”, kabi fikrlar ilgari surilgan?
    A) “Qutadg’u bilig” B) “Devoni hikmat” C) “Devoni lug’atit turk” D) “Hibat-ul haqoyiq”
    7. “Didaktik” so’zining ma’nosini aniqlang.
    A) ibratli B) xalq olqishi C) o’tmish siri D) meros siri
    Xorazmiy
    1. Zamonaviy o’zbek adabiyotida didaktik ruhdagi nasriy yo’lda yozilgan “Javohirlar sandig’i” kimning qalamiga mansub?
    A) Mirmuhsin B) Xayriddin Sultonov C) Shukrullo D) Xurshid Muhammad Do’st
    2. Oltin O’rda xoni Jonibekxonning Sirdaryo muzofatidagi hukmdorlaridan biri Muhammad Xo’jabek iltimosi bilan yozilgan asarni toping.
    A) “Muhabbatnoma” B) “Miftoh ul-adl” C) “Zarbulmasal” D) “Hibat ul-haqoyiq”
    3. Xorazmiyning tojik tilidagi to’plamlari el orasida qaysi nom bilan mashhur bo’lgan?
    A) “Shakartek til” B) “Xushro’y til” C) “Mohi til” D) “Ravshan til”
    4. Xorazmiy «Muhabbatnoma» ning nechanchi nomasida «tong nasimi»ga murojaatning go‘zal holatini bera olgan?
    A) 2-nomada B) 8-nomada C) 10-nomada D) 4-nomada
    5. XIV asr o‘zbek adabiyotida Xorazmiy qaysi janrlarning dastlabki namunalarini yaratdi?
    A) noma, g‘azal, tuyuq B) noma, ruboiy, tuyuq C) g‘azal, tuyuq, qit’a D) g‘azal, qit’a, fard
    6. «Muhabbatnoma»ning qaysi qismida Xorazmiy asar o‘n bir nomadan tarkib topganini aytadi?
    A) qit’ada B) «Xotimat ul-kitob»da C) munojotda D) masnaviyda

    Muhabbatnoma”


    1. Tun oqshomkim, ko’rundi bayram oyi … – davlat xumoyi. Nuqtalar o’rniga qaysi hukmdor ismi qo’yilishini aniqlang.
    A) Jonibekxon B) Muhammad Xojabek C) Shayboniyxon D) Shoh Muzaffar
    2. Kitobat boshladim anjoma yetgay … Misru Shoma yetgay. Gap qaysi asar haqida ketmoqda?
    A) “Muhabbatnoma” B) “Shayboniynoma” C) “Shohnoma” D) “Zarbulmasal”
    3. Qiloyin ikki bobin porsiy ham, – kim atlas to’n yarashur bo’lsa mu’lam. Bayt qaysi asardan olingan?
    A) “Miftoh ul-adl” B) “Mahbub ul-qulub” C) “Muhabbatnoma” D) “Gulzor”
    4. Niyozim bu turur sendin, nigoro,
    Unutma bandani bahri Xudoro. Ushbu bayt janrini aniqlang.
    A) fard B) qit’a C) masnaviy D) to’g’ri javob berilmagan
    5. 1432- yili Yazd shahrida Mir Jaloliddin degan kishi taklifi bilan Boqi mansur degan xattot uyg’ur yozuvida ko’chirgan asar qaysi asar edi?
    A) “Qutadg’u bilig” B) “Shohnoma” C) “Muhabbatnoma” D) “Hibat ul-haqoyiq”
    6. Xorazmiyning “Muhabbatnoma”si qaysi janrlardagi she’rlardan tashkil topgan?
    A) g’azal, masnaviy, soqiynoma B) ruboiy, qit’a, fard C) ruboiy, masnaviy, g’azal D) g’azal, masnaviy, fard
    7. Xorazmiy “Muabbatnoma”sining qaysi boblari forsiy tilda yozilgan?
    A) birinchi va beshinchi boblari B) ikkinchi va to’qqizinchi boblari C) to’rtinchi va sakkizinchi bobolari D) uchinchi va o’ninchi boblari
    8. Navoiy “Xamsa”sidan o’rin olgan “Farhod va Shirin” dostoni 17-bobi boshlanmasi bevosita qaysi asar boshlanmasi ta’sirida bitilgan?
    A) “Muhabbatnoma” B) “Xusrav va Shirin” (Jomiy) C) “Shohnoma” D) “Qutadg’u bilig”
    9. “Muhabbatnoma”ning arab yozuvi asosidagi turkiy alifboda ko’chirilgan nusxasi necha baytdan iborat?
    A) 456 bayt B) 493 bayt C) 483 bayt D) 473 bayt
    10. “Bo’yi birla sochini teng yaratdi” birikmasini turkiy she’riyatga kim qo’shgan?
    A) Mahmud Qoshg’ariy B) Lutfiy C) Yusuf Xos Hojib D) Xorazmiy
    11. “Muhabbatnoma” asarining necha nusxasi bizgacha yetib kelgan?
    A) yetti nusxasi B) uch nusxasi C) to’rt nusxasi D) ikki nusxasi
    12. “Muhabbatnoma”ning bizgacha qaysi alifbolarda ko’chirilgan nusxalari yetib kelgan?
    A) uyg’ur va arab B) turk va arab C) arab va fors D) uyg’ur va arab alifbosidagi turkiy alifbo
    13. “Muhabbatnoma”da uchraydigan janrlarni belgilang.
    A) noma, g’azal, soqiynoma, masnaviy, qit’a, fard B) noma, g’azal, soqiynoma, masnaviy, murabba C) noma, g’azal, soqiynoma, murabba, masnaviy, tuyuq D) noma, g’azal, soqiynoma, masnaviy, tuyuq, qit’a, fard
    14. “Muhabbatnoma”da qancha noma keltirilgan?
    A) o’n besh noma B) o’n uch noma C) o’n ikki noma D) o’n bir noma
    15. “Noma” janri asosida yaratilgan asarlarni belgilang.
    A) “Dahnoma”, “Muhabbatnoma”, “Latofatnoma”, “Humoyunnoma” B) “Dahnoma”, “Taashshuqnoma”, “Latofatnoma” C) “Humoyunnoma”, “Muhabbatnoma”, “Dahnoma” D) “Dahnoma”, “Humoyunnoma”, “Muhabbatnoma”, “Taashshuqnoma”



    Download 0.97 Mb.
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   125




    Download 0.97 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nazariy ma’lumot. Didaktik adabiyot haqida tushuncha

    Download 0.97 Mb.