• Layli va Majnun” dostoni
  • Sab’ai sayyor” dostoni
  • Saddi Iskandariy” dostoni
  • Nazariy ma’lumot. Komil inson




    Download 0.97 Mb.
    bet47/125
    Sana16.10.2022
    Hajmi0.97 Mb.
    #27301
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   125
    Bog'liq
    aa69dea

    Nazariy ma’lumot. Komil inson
    1. “Qissasi Rabg‘uziy” da bir nafsning ishini qancha shayton eplolmasligi ta’kidlanadi?
    A) qirq shayton B) yuz shayton C) yetmish shayton D) barchasi
    2. Tasavvufda nafsni yengish quroli bu…
    A) ishq B) ilm C) sir D) kitob
    3. “Farhod va Shirin” dostonidagi Axraman dev, Temir odamlar qanday obrazlar hisoblanadi?
    A) xayoliy B) afsonaviy C) fantastik D) ramziy
    4. Tasavvufda qalb-ko‘ngil qanday vosita yordamida poklanadi?
    A) ishq B) ilm C) kitob D) to‘g‘rilik
    5. O‘zbek mumtoz adabiyotida komil inson haqidagi tasavvurlar qaysi adib ijodida aks etgan?
    A) Jomiy B) Navoiy C) Nizomiy D) Xayyom
    6. Tasavvufda inson poklanish yo‘lida o‘zining qaysi hislatini yengishi zazur?
    A) nafs B) ishq C) kibr-u havo D) g‘azab
    7. Navoiy asarlaridagi odam qiyofasidagi shaytonlar kimlar edi?
    A) Ahraman dev, temir odamlar B) Bahrom, Iskandari Maxduniy C) Xusrav, Sheruya D) barchasi to‘g‘ri
    Layli va Majnun” dostoni
    1. Majnunning telbanamo holatini ko‘rganlar unga qanday kuch ta’sir qilganini taxmin qilishadi?
    A) alvasti chalgan B) dev urgan C) davosiz dardga chalingan D) olloh ishqida kuygan
    2. “Layli va Majnun” dostonida Layli nega o‘z kanizlari oldida yer o‘padi?
    A) qo‘rquv tufayli B) andishadan C) muhabbati uchun D) iltimosga ko‘ra
    3. “Layli va Majnun” dostonida, Majnunning otasi o‘g‘liga bilim berish uchun uni kimga topshiradi?
    A) yirik donishmandga B) Luboti chinga C) Laylining otasiga D) Fitnaga
    4. “Layli va Majnun” dostonida har tun Majnun yo‘l oladigan qabila nomi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
    A) Omar qabilasi B) Hay qabilasi C) Tur qabilasi D) Bani omar qabilasi
    5. “Layli va Majnun” dostonida Majnunning zanjirband qilinishiga kim sababchi hisoblanadi?
    A) Qoran B) Majnunning otasi C) Xoxkan D) ustozi
    6. “Layli va Majnun” dostoni qanday tasvirlar bilan boshlanadi?
    A) chaqmoq va tun B) dovul tasviri C) tun tasviri D) dovul, quyosh yuzi to‘silgan haybatli to‘g‘lar tasviri
    7. “Layli va Majnun” dostonidagi atfol so‘ziga qaysi qatorda to‘g‘ri izoh berilgan?
    A) gul bo‘tasi B) saqlash C) sayr etuvchi D) bolalar
    8. “Majnun Laylini gulzorda ko‘rib, bir o‘tli ox tortdi va xushini yo‘qotib yiqildiki … go‘yo barobar bo‘ldi” nuqtalar o‘rnidagi so‘zni aniqlang.
    A) yer B) tuproq C) gul D) osmon
    9. Navoiyning qaysi qahramoni itdan ham g‘amliroq nola chekishga qodir.
    A) Ko‘hkan B) Luboti chin C) Qays D) Fitna

    Sab’ai sayyor” dostoni


    1. Ishq ila shohlig‘ muvofiq emas,
    Ishq lofida shoh sodiq emas. Ushbu misralar “Xamsa”ning qaysi dostonidan olingan?
    A) “Layli va Majnun” B) “Sab’ai sayyor” C) “Farhod va Shirin” D) “Saddi Iskandariy”
    2. Shoh Bahrom Sharq adabiyotida Bahrom go‘r nomi bilan mashhurdir, buning sababi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
    A) G‘o‘ristondan topilgani uchun B) qulon oviga haddan tashqari ruju qo‘ygaligi uchun C) jang-u jadal timsoli bo‘lgani uchun D) fitna yag‘molar timsoli bo‘lgani uchun
    3. “Sab’ai sayyor” dostoni qahramoni Bahrom, Diloromni ilk bor nima vositasida ko‘radi?
    A) Sehrli ko‘zgudan B) Moniy chizgan rasmdan C) Jomdagi suvdan D) Uzuk ko‘zidan
    4. Bahrom, Diloromni saroyga keltirish uchun qanday chora ko‘radi?
    A) Xitoyning bir yillik xirojini to‘laydi B) Saltanatning yarim boyligini beradi C) Diloromni olib qochadi D) Diloromning shartlarini bajarib, so‘ngra olib keladi
    5. Bahromning shanba kuni qora qasrda tinglagan hikoyasi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
    A) Zayd Zahhob haqida B) Dilorom haqida sarg‘uzasht C) Mehr va Suhayl D) Farrux va Axiy
    6. Bahrom Juna va Saxiy Mas’ud haqidagi hikoyani qaysi rangdagi qasrda tinglaydi?
    A) yashil B) moviy C) gulgun D) sariq
    7. Bahrom Diloromning daragini qayerlik musofirdan eshitadi?
    A) Shahrisabz musofiridan B) Xorazm musofiridan C) Chin musofiridan D) Arman musofiridan
    8. Navoiyning “Sab’ai sayyor” dostoni qahramoni Bahrom qanday o‘lim topadi?
    A) g‘orga kirib qaytib chiqmaydi B) mulozimlari zaharlaydi C) o‘z ajali bilan o‘ladi D) yer yutadi
    9. Navoiy “Xamsa”sining “Sab’ai sayyor” dostonida yurtimizdagi qaysi shaharlar haqida ma’lumot berilgan?
    A) Xorazm, Shahrisabz B) Samarqand, Shosh C) Shosh, Xorazm D) Buxoro, Shahrisabz
    10. “Sab’ai sayyor” dostonida Bahrom Diloromga qanday oshiq bo‘lib qoladi?
    A) Xorazmdan kelgan musofir hikoyasidan so‘ng B) Jahongashta Moniy chizgan rasmdan ko‘rib C) birinchi iqlimdan kelgan musofirdan Diloromning daragini eshitib D) barcha javoblar to‘g‘ri
    11. “Sab’ai sayyor” dostonida Bahrom “Farruh va saxiy Axiy” haqidagi hikoyani qachon, qayerda eshitadi?
    A) juma kuni, oq qasrda B) shanba kuni, qora qasrda C) yakshanba kuni, sariq qasrda D) dushanba kuni, yashil qasrda

    Saddi Iskandariy” dostoni


    1. “Saddi Iskandariy” mazmunan qanday doston hisoblanadi?
    A) ishqiy sarguzasht doston B) qahramonlik doston C) falsafiy doston D) ishqiy doston
    2. Zulqarnayn so‘zi qanday ma’no anglatadi?
    A) boshida muguzi (shoxi) bor B) adolat va diyonat rahnamosi C) kun chiqish va kun botish rahnamosi D) A, C
    3. Navoiy “Xamsa” sidagi hajm jihatidan eng katta doston qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
    A) “Hayrat ul-abror” B) “Sab’ai sayyor” C) “Saddi Iskandariy” D) “Farhod va Shirin”
    4. “Saddi Iskandariy” dostonida Iskandar devorining qurilish sababini aniqlang.
    A) qirvonliklarni yajuj-majujlardan himoya qilish B) bosib olgan o‘lkalarga chegara bo‘lib xizmat qilishi uchun C) sel kelganda mamlakatni himoya qilish uchun D) barchasi to‘g‘ri
    5. “Saddi Iskandariy” dostonida mag‘ribzamin deb qayer nazarda tutilgan?
    A) butun dunyo B) sharq mamlakatlari C) g‘arb mamlakatlari D) Iskandar bosib olgan yerlar
    6. Eshitdiki, Iskandari nomdor,
    Chu bo‘ldi jahon ahlig‘a komgor, Ushbu jumladagi komgor so‘zining ma’nosi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
    A) xo‘rlik B) yuksak C) saroy D) baxtli
    7. “Saddi Iskandariy”dostonida yajuj- majujlar kimlar edi?
    A) hunarmandlar B) vahshiylar C) odamxo‘rlar D) devlar

    3-DARS. O‘ZBEK ADABIYOTI TARIXI (davomi). (106-156-betlar)


    Reja:
    1. Zahiriddin Muhammad Bobur.
    2. “Boburnoma”.
    3. Nazariy ma’lumot. Memuar asar.
    4. Boborahim Mashrab.
    5. Mashrab she’riyatidan.
    6. Qissai Mashrab.
    7. Nazariy ma’lumot. Tasavvuf va tasavvuf atamalari.
    8. Muhammad Rizo Ogahiy.
    9. Nazariy ma’lumot. Tashxis.



    Download 0.97 Mb.
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   125




    Download 0.97 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nazariy ma’lumot. Komil inson

    Download 0.97 Mb.