• Ulug‘bek xazinasi”
  • Namozov Asliddin Turobovich intensiv kurs




    Download 0.97 Mb.
    bet58/125
    Sana16.10.2022
    Hajmi0.97 Mb.
    #27301
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   125
    Bog'liq
    aa69dea
    pardayev psixologiya, Kinematika qo\'shimcha
    Odil Yoqubov
    1. Quyidagi qaysi adibning otasi qatag‘on yillarida qamoqqa olinib, qaytib kelmagan?
    A) Oybek B) O.Yoqubov C) P.Qodirov D) S.Ahmad
    2. Quyidagi adiblardan qaysi biri ikkinchi jahon urushi qatnashchisi hisoblanadi?
    A) Oybek B) H.Olimjon C) O.Yoqubov D) P.Qodirov
    3. Odil Yoqubovning ilk asarini aniqlang.
    A) “Tengdoshlar” B) “Chin muhabbat” C) “Muqaddas” D) “Lahza”
    4. Odil Yoqubovning ilk romani qaysi javobda berilgan?
    A) “Diyonat” B) “Er boshiga ish tushsa” C) “Ko‘hna dunyo” D) “Ulug‘bek xazinasi”
    5. Quyidagi qaysi adib 2004-2005- yillarda Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati assambleyasining vitse-prezidenti vazifasini ado etadi?
    A) Ch.Aytmatov B) O.Yoqubov C) Erkin Vohidov D) X.Do‘stmuhammad
    6. 1982-1989- yillarda “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” haftaligining bosh muharriri bo‘lgan adib kim?
    A) O.Yoqubov B) P.Qodirov C) A.Qahhor D) O.Sharafiddinov
    7. O.Yoqubovning ilk asari bo’lmish “Tengdoshlar” qissasi qayerda yozilgan?
    A) tug‘ilgan qishlog‘ida B) harbiy xizmatda ekanida C) Toshkent SAGUda o‘qib yurganida D) to‘g‘ri javob berilmagan

    Ulug‘bek xazinasi”


    1. “Ulug‘bek xazinasi”romanida “bir paytlar uzoq Yassidan haqiqat izlab, Ulug‘bek taxtiga bosh urib kelgan va undan ko‘p yaxshiliklar ko‘rgan iste’dodli shoir, arslonyurak jangchi” kim?
    A) Nizomiddin Xomush B) Qalandar Qarnoqiy C) Xoja Salohiddin Zargar D) Ali Qushchi
    2. “Ulug‘bek xazinasi” romanida toju-taxtdan ayrilgan hukmdorning qimmatbaho xazinasi bo‘lmish kitoblarni asrab qolishda Mirzo Ulug‘bekning shogirdi Ali Qushchiga yordam bergan qahramonni aniqlang.
    A) Temur Samarqandiy B) Qalandar Qarnoqiy C) Xoja Salohiddin Zargar D) Nizomiddin Xomush
    3. “Ali Qushchi endigina mashhur temirchining g‘orida turganini tushundi. A.Temur lashkarida xizmat qilgan bu odam to‘g‘risida Ali Qushchi ko‘p g‘alat hangomalar eshitgan, lekin o‘zini ko‘rmagan edi”. “Ulug‘bek xazinasi” romanidan olingan ushbu parchadagi mashhur temirchining ismi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
    A) Salohiddin Zargar B) Temur Samarqandiy C) Qalandar Qarnoqiy D) Piri Zindoniy
    4. “Faqat ilm dargohida suv ichmaganman, ammo Hirot-u Bog‘dod-u Damashqda ko‘p donishmandlarning xizmatlarini qilganman, purhikmat suhbatlaridan bahramand bo‘lganmen”. “Ulug‘bek xazinasi” romanidagi ushbu so‘zlar muallifi kim?
    A) Temur Samarqandiy B) Qalandar Qarnoqiy C) Xoja Miskin D) Piri Zindoniy
    5. “Ulug‘bek xazinasi” romanida Ulug‘bekka Dorussaltana qo‘rg‘oni darvozalarini ochmagan amir qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
    A) Bobo Husayn B) Sulton Jondor C) Amir Iskandar D) Amir Idris tarxon
    6. Shaxzoda Abdullatif Mirzo Ulug‘bekni Makkai mukarramaga hajga yubormoqqa jazm qilgan. Lekin xutbada bir kimsa xonga yalinib, a’lohazratlaridan xun da’volagan. Bu kimsa nomi qaysi qatorda to’g’ri berilgan?
    A) Bobo Kayfiy B) Sayid Abbos C) Xoja Miskin D) Sulton Jondor
    7. “Uning taxtga o‘tirganiga necha oy bo‘ldi?.. Sha’bon oyi edi. Bukun rabiul avval… olti oy bo‘lmish…” “Ulug‘bek xazinasi” romanida keltirilgan “abbiyl avval” sanasi milodiy qaysi sanaga to‘g‘ri keladi?
    A) 1450- yil mart oyiga B) 1450- yil aprel oyiga C) 1450- yil may oyiga D) 1450- yil fevral oyiga
    8. “Qudratingga shak keltirib, har yo‘lidan toygan ul betavfiq galai saklarni qatli-om qilganimning… yorug‘u nedur”. “Ulug‘bek xazinasi” romanidan olingan ushbu parchadagi “galai saklarni” so‘zining ma’nosi qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan?
    A) itlar to‘dasi B) qashqirlar C) qadimgi saklar D) dashti qipchoqdagi ko‘chmanchi qabilalar
    9. “Filhaqiqat, ul jomiul ulum zoyicha ko‘rib, shaxzodaning taqdirini so‘zlab bermog‘i lozim”. “Ulug‘bek xazinasi” romanidagi ushbu parchada ishlatilgan jomiul ulum so‘ziga qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan?
    A) munajjim B) barcha ilm egasi C) avliyo D) barcha javoblar to‘g‘ri
    10. “Ulug‘bek xazinasi” romanida qaysi qahramonga “Jomiul ulum” deb ta’rif berilgan?
    A) Ali Qushchi B) Qozizoda Rumiy C) Mirzo Ulug‘bek D) A.Jomiy
    11. “Bazmda barcha amirlar va nufuzli beklar… shaxzodaning: eng yaqin muqarrablari yig‘ilgan emish.” “Ulug‘bek xazinasi” romanidan olingan ushbu parchadagi muqarrab so‘zining ma’nosini aniqlang.
    A) qarindosh B) sodiq qul C) yaqin do‘st D) saroy ayonlari
    12. “Nadomatlar bo‘lg‘aykim, murofaaga aqli zukko ulamolar emas, ilmu-ma’rifatdan yiroq johillar yig‘ilibdur…” “Ulug‘bek xazinasi” romanidan olingan ushbu parchadagi murofaa so‘zining izohi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
    A) majlis B) munozara C) hukmronlik davo qilish D) jangu-jadal
    13. “Uning taxtga o‘tirganiga necha oy bo‘ldi?... Shabon oyi edi. Bugun rabiul avval… olti oy… bo‘lmish!”…
    Shahzoda turgan joyida gilamga tiz chukib, sajdaga bosh qo‘yarkan, ko‘ksidan achchiq faryod aralash bir nido otilib chiqdi: Ushbu parcha qaysi asar xotimasida olingan?
    A) “Ulug‘bek xazinasi” B) “Mirzo Ulug‘bek” C) “Padarkush” D) “Yulduzli tunlar”



    Download 0.97 Mb.
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   125




    Download 0.97 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Namozov Asliddin Turobovich intensiv kurs

    Download 0.97 Mb.