Namozov Asliddin Turobovich intensiv kurs




Download 0.97 Mb.
bet71/125
Sana16.10.2022
Hajmi0.97 Mb.
#27301
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   125
Bog'liq
aa69dea
pardayev psixologiya, Kinematika qo\'shimcha
Ahmad Yassaviy
1. Qaysi adib Yassaviyni “Piri Turkistoniy” deb atagan?
A) Navoiy B) Bobur C) Boqirg‘oniy D) Fariduddin Attor
2. Qaysi adibYassaviyni “Shayxul mashoyix” deb ta’riflaydi?
A) Navoiy B) Xizr ibn Ilyos C) Avliyo Chalabiy D) Attor
3. Qaysi olim Yassaviy haqida ilk bor ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan?
A) Fitrat B) E.Rustamov C) F. Ko‘pruluzoda D) A va C
4. Rivoyatlarga ko‘ra, Ahmad Yassaviyga bolaligida Arslonbob degan shayx unga Muhammad payg‘ambarning omonatini topshiradi. Ushbu omonot nima edi?
A) anor B) anjir C) xurmo D) uzum
5. Ibrohim, Mansur, Gavhari Shahnoz qaysi adibning farzandlari hisoblanadi?
A) Yassaviy B) Ahmad Yugnakiy C) Atoyi D) Pahlavon Mahmud
6. Rus turkologi V.A.Gordlovskiy va Ko‘pruluzoda Yassaviyning necha yil umr ko‘rgan deb taxmin qilishadi?
A) 123 va 122 yil B) 125 va 120 yil C) 126 va 120 yil D) 125 va 119 yil
7. Yaldo kechasini shami shabiston etgan,
Bir lahzada olamni guliston etgan,
Bir mushkil ishim tushubdir, oson etgin,
Ey, barchani mushkulin oson etgin. Amir Temur “Anqara jangi” oldidan ushbu to‘rtlikni necha marta takrorlagan edi?
A) 68 B) 73 C) 70 D) 69
8. Yassaviy qanday ta’limot asoschisi sanaladi?
A) Naqshbandiya B) Zohidlik C) Yassaviya D) Ava B
9. Kimning ma’lumotiga ko‘ra, Yassaviy o‘z masjidi tepasiga “Talabul ilm farizatun ala kulli muslimin va muslimatin” hadisini yozib qo‘ygan?
A) E.Rustamov B) I.Sultonov C) L.Qayumov D) Q.Karimov
10. Tasavvufda faqir nega 4 bosqichni o‘tashi lozim.
A) Olloh visoliga yetish uchun B) Pirning tilagi uchun C) Ollohga yaqin bo‘lish uchun D) A va B
11. Yassaviy 63 yoshida yer ostiga uzlatga chekinadi. Adib buning sababini nima bilan izohlaydi?
A) nafsni davolash B) yer yuzida nodonlar ko‘pligi C) payg‘ambardan ortiq yashamaslik D) B va C
12. Qadim sharq falsafasiga ko‘ra inson nimalardan yaratilgan?
A) havo, yaxshilik, nafs B) shamol, aql, olov C) tuproq, suv, shamol D) yaxshilik, shamol, nafs
13. Yassaviy hikmatlarida tuproq nimaning ramzi hisoblanadi?
A) nafs, kibr B) quvonch, g‘ayrat C) sabr-toqat D) aql, ilm
14. Tariqatning asosiy unsurlaridan hisoblangan tafrid so‘zining ma’nosini aniqlang.
A) uzlatga chekinish B) umid C) qo‘rquv D) nodonlikdan xalos bo‘lish
15. “Ilmsiz tirik o‘likdir,
O‘zi hayot bo‘lsa ham
Nomi o‘likdir”. Ushbu hikmat muallifini aniqlang.
A) Yassaviy B) Buxoriy C) Ahmad Yugnakiy D) Koshg‘ariy
16. “Ko‘ni bo‘l, ko‘nilik qil, atan ko‘ni,
Ko‘ni tiyu bilsun xaloyiq seni”. (Ahmad Yugnakiy) Ushbu misradagi ko‘ni so‘zining ma’nosini izohlang.
A) ezgulik B) to‘g‘ri C) rostgo‘y D) bilimli
17. … mol-dunyoga quldir,
…-ga mol dunyo quldir. Tushirib qoldirigan so‘zlarni aniqlang?
A) insofli, insofsiz B) bilimli – bilimsiz C) halol, nohalol D) baxil, saxiy
18. Aruzning “mutaqorib” bahrida yaratilgan asarni ko‘rsating.
A) “Hibat ul-haqoyiq” B) “Qutadg‘u bilig” C) A va B D) “Devoni lug‘otit-turk”
19. Yassaviyning ilk ustozi kim edi?
A) Sulaymon Buxoriy B) Arslonbob C) Hasan Andoqiy D) G‘ijdivoniy
20. Yassaviy haqida ikki kitobdan iborat roman yozgan adibni aniqlang.
A) Abdulla Qodiriy B) B.Boyqobilov C) Sa’dulla Sayoyev D) Mirkarim Osim
21. Jadid adabiyoti vakillaridan qaysi biri Yassaviy va uning ijodiy qiyofasi haqida maqola yozgan?
A) Fitrat B) E.Rustamov C) Muhammad Fuod Ko‘pruluzoda D) Cho‘lpon
22. Qaysi shahar “Madinat ul-bayzo” nomi bilan mashhur bo‘lgan?
A) Koshg‘ar B) Buxoro C) Samarqand D) Sayram
23. Turkiy xalqlar orasidan yetishib chiqqan birinchi so‘fiy, tasavvufning buyuk vakilini aniqlang.
A) Ahmad Yugnakiy B) Navoiy C) Yassaviy D) Yusuf Xos Hojib
24. Yassaviy hikmatlari asosan qaysi vaznda yozilgan?
A) aruz B) barmoq C) aruzning mutoqorib bahrida D) sarbast
25. Tasavvufda soim deb kimni atashadi?
A) yil bo‘yi ro‘za tutuvchi kishini B) alloh yo‘lida jon bergan kishini C) zakot beruvchini D) A va B
26. Tariqat so‘zining lug‘aviy ma’nosini aniqlang.
A) yo‘l, usul B) chiziq, chegara C) ustoz, pir D) umid, ishonch



Download 0.97 Mb.
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   125




Download 0.97 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Namozov Asliddin Turobovich intensiv kurs

Download 0.97 Mb.