|
Namuna tarjimayi hol
|
bet | 22/24 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 82,8 Kb. | | #158583 |
Bog'liq Namuna tarjimayi holMA’LUMOTNOMA
Biror tashkilot, korxona yoki muassasada bo`lgan voqea, mavjud holatlarni
aniq dalillar asosida tasdiqlash yoki ular haqida talab etilgan joyga ma’lumot berish
maqsadida tuziladigan, shuningdek fuqarolarning ish joyi, lavozimi, oylik maoshi
miqdori, o`qish joyi, mutaxassisligi, kursi, yashash joyi, turmush sharoiti, oilaviy
ahvoli kabilar to`g`risida ma’lumot beruvchi rasmiy hujjat. Ma’lumotnomalar ham
mazmuni va vazifasiga ko`ra ikki turga bo`linadi. 1. Xizmat ma’lumotnomalari. 2.
Shaxsiy ma’lumotnomalar.
Xizmat ma’lumotnomalari korxona yoki muassasa faoliyatiga oid voqea-
hodisalar, mavjud holat, ishlab chiqarish va boshqa sohalar bo`yicha turli-tuman
ma’lumotlarni qamrab oladi. Korxona, tashkilot yoki muassasa faoliyati bilan boqg`iq
xizmat ma’lumotnomalarini qamrab oladi. Korxona, tashkilot yoki muassasa faoliyati
bilan bog`liq xizmat ma’lumotnomalari talab etilayotgan mavzu doirasidagi dalillar,
raqamlar, ma’lumotlar asosida tuziladi.
Shaxsiy mazmundagi ma’lumotnomalarning ayrim turlari korxona, muassasa,
tashkilot, qishloq va mahalla kengashlari tomonidan avvaldan tayyorlab qo`yilgan
andozalarga to`ldirib beriladi. Ularga tegishli ma’lumotlar qayd etilib, imzolanadi va
muhr bosiladi. Bunday andozalarning qulayligi shundaki, uning o`zida qaysi tashkilot
tomonidan berilayotganligi yozib qo`yilgan bo`ladi. Shaxsiy ma’lumotnomalarda
fuqaro o`qiyotgan o`quv yurti, ishlayotgan korxona, tashkilot, muassasa ma’muriyati,
yashayotgan joyi bo`yicha mutasaddilar tomonidan uning qayerda, qaysi fakultet,
bo`lim, kursda o`qishi, qayerda va kim bo`lib ishlashi, oylik maoshi, yashash joyi,
uy-joy sharoiti, moddiy-maishiy ahvoli, oila a’zolari va boshqa shu kabilar to`g`risida
ma’lumot berilib, mavjud holat tasdiqlanadi. Shuningdek, tibbiy muassasalar ham
74
shaxsning salomatligi yoki betobligi haqida shaxsiy mazmundagi ma’lumotnomalarni
berishlari mumkin.
Shaxsiy ma’lumotnomalarning zaruriy qismlari:
- ma’lumotnoma beruvchi tashkilot nomi, uning manzili;
- ma’lumotnoma berilgan sana va uning tartib raqami;
- hujjat nomi - ma’lumotnoma;
- ma’lumotnoma berilayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;
- matn (unda tasdiqlanayotgan voqea, dalillar, ma’lumotlar, holat qisqa
ravishda bayon etiladi);
- hujjatning qayerga taqdim etilishi haqidagi qayd, ma’lumotnomani
tasdiqlovchi mutasaddilarning lavozimi, familiyasi, ismi, imzosi va muhr.
|
| |