• Lentali quritkichlar
  • Lentali quritkichning prinsipial sxemasi
  • Насослар, насосларнинг тузилиши ва иш унумдорлиги классификациялари




    Download 4.42 Mb.
    bet12/21
    Sana26.10.2022
    Hajmi4.42 Mb.
    #28184
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
    Bog'liq
    Rahimov Bekzod 9u-14
    Задачи copy, W, Qishloq xo’jaligida axborot texnologiyalari-fayllar.org, 4-mavzu, 2-амалий иш, Materiallarga elektr-kimyoviy va elektro-fizikaviy ishlov berish-fayllar.org, 4. АНАЛИЗ УПРАВЛЕНИЯ РУЧНОГО И АВТОМАТИЧЕСКОГО РЕГУЛИРОВАНИЯ ПИТАЮЩИХ ВАЛИКОВ ПИЛЬНОГО ДЖИНА, abn 1-kurs, ekspertiza maqola, rrrrrrr, aet tajriba, 1, Aralash funfsiyali birikmalar Reja, javlon tayyor
    Tunelli quritgichlar toori toortburchak kesim yuzasiga ega boolgan uzun kameradan (koridordan) iborat booladi (10-rasm). Kameraning balandligi 2,0÷2,5 m, uzunligi esa 25÷60 m gacha yetadi.
    Quritiladigan mahsulot maxsus kassetalarga joylashtirilgan holatda vagonetkalarga yuklanadi. Kamera ichiga oornatilgan temir yool izlari booylab vagonetkalar mexanik chiiriqlar yordamida sekin-asta harakatlantiriladi.

    10-rasm. Tunnelli quritgich sxemasi: 1- kamera; 2- vagonetka; 3- ventilator; 4- kalorifer.

    Quritish oldidan koridorga olib kiruvchi va undan chiqadigan eshiklar zichlab yopiladi. Kaloriferda qizdirilgan havo oqimi ventilatorlar vosita-sida nam materialga nisbatan toori yoki qarama-qarshi yoonalishda haydaladi. Kameradagi havo qisman resirkulyatsiya qilinadi.


    Tunnelli quritkichlar nisbatan katta oolchamli donador materiallarni atmosfera bosimi ostida quritish uchun ishlatiladi. Quritkichlarning tuzilishi sodda, ammo quritish tezligi kichik boolganligi sababli jarayon uzoq vaqt davom etadi va bir meoyorda bormaydi.
    Tunnelli quritkichlar kichik korxonalar sharoitida turli xildagi meva va sabzavotlarni quritish uchun qulay.
    Lentali quritkichlarda makaron mahsulotlari, kesilgan non boolaklari, tooralgan meva va sabzavot kabi nam materiallar atmosfera bosimi ostida uzluksiz ravishda quritiladi (11-rasm).
    Quritkich ichiga bitta yoki undan ortiq lentali transportyorlar oornatiladi.
    Transportyor lentalari metall simdan mayda koozli etib tooqilgan yoki perforatsiyalangan metall lenta koorinishida tayyorlangan boolishi mumkin.
    Qurituvchi agent quritkichning tubida joylashgan kalorifer orqali, kameraning butun yuzasi booylab yuqoriga, mahsulot qatlamiga perpendikulyar holatda kootariladi. Nam material esa quritkich korpusining yuqorisida joylashgan yuklash tuynugi orqali birinchi, eng yuqorida joylashgan lenta yuzasiga tushiriladi. Material lenta yuzasi booylab uzluksiz harakatlanadi va korpus devorlariga oornatilgan yoonaltiruvchi plastinkalar vositasida quyida joylashgan navbatdagi lenta yuzasiga tushiriladi. Quritilayotgan materialni bir lentadan ikkinchisiga tushirilishi paytida material qatlamlari oozaro almashinadi, yaoni uning ostki qatlami yuqoriga, yuqori qatlami esa quyiga tushib qoladi. Natijada material va qurituvchi agent oortasidagi kontakt yuza doimo yangilanib turadi. Bu esa quritish samaradorligini oshiradi.

    11-rasm. Lentali quritkichning prinsipial sxemasi: 1- korpus; 2- lentali konveer; 3- yetaklovchi barabanlar; 4- yetaklanuvchi barabanlar; 5- kalorifer; 6- materialni yuklash tuynigi.


    Quyidan yuqoriga tomon xarakatlanayotgan issiq quruq havo material yuzasidan bulanayotgan namlikka tooyingan holatda uskunaning yuqori qismidan chiqariladi.


    Lenta yuzasidagi mahsulot qatlamining qalinligi yuklash tuynugiga oornatilgan
    shiber vositasida rostlanadi. Lentali quritkichlarning gabarit oolchamlari katta, solishtirma ish unumdorligi kichik, solishtirma issiqlik sarfi esa katta. Lentali quritkichni ishlatish uchun yuqori kasb malakasi talab etiladi.

    Download 4.42 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




    Download 4.42 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Насослар, насосларнинг тузилиши ва иш унумдорлиги классификациялари

    Download 4.42 Mb.